Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan
Ta`lim muassasasi rahbarining xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosarining yoki xo`jalik mudirining moddiy javobgarlik bo`yicha vazifalari va majburiyatlari
Download 301.72 Kb.
|
Xurshidbek hisobot
Ta`lim muassasasi rahbarining xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosarining yoki xo`jalik mudirining moddiy javobgarlik bo`yicha vazifalari va majburiyatlari
Maktab direktorining ma`muriy-xo`jalik ishlar bo`yicha o`rinbosari maktab direktorining taqdimotiga ko`ra tuman xalq ta`limi bo`limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va bo`shatiladi. Maktab direktorining ma`muriy-xo`jalik ishlar bo`yicha o`rinbosari bevosita maktab direktoriga bo`ysunadi. Maktab direktorining ma`muriy-xo`jalik ishlar bo`yicha o`rinbosari o`z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini amalga oshiradi: Ta`lim muassasasi binolarining texnik holatiga, ya`ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o`quv ko`rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir. Ta`lim muassasasidagi xo`jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda hisobxonaga, ishchi-xodimlarni ishga kelganligi xaqida tabel’ topshirish. Hisobxonaga oy oxirida kirim, chiqim kilingan moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo`jalik va kantselyariya mollarini kirim qilish, ularni o`z vaqtida tarqatish, ro`yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish. Har o`quv yili boshlanguncha barcha jihozlarni ta`mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta`mirlash, jihozlash, yangi o`quv yiliga taxt qilib, ro`yxat bo`yicha jihozlar, mebellarni sinf raxbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o`quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish. Kommunal xizmat ko`rsatadigan xar bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda xududiy g’aznachilik bo`limlaridan ro`yxatdan o`tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etish. Kommunal to`lovlar (gaz, suv, elektr va issiklik energiyasi) bo`yicha hisoblagichlarni kundalik ko`rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish. Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo`linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko`rish. Ta`lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo`lishida farroshlar, binoni qo`riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog’bonlar ishini to`g’ri tashkil qilish. Bir yilda bir marta muassasa hisobchisi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo`yicha inventarizatsiya qilish. Muassasada xodimlar o`rtasida shanbaliklarni, ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va ularda faol qatnashish. Qish mavsumida issiklik tizimidan foydalanishda xizmat ko`rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo`lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo`lmagan kunlarda xizmat ko`rsatuvchi tashkilotga ma`lum qilish hamda ushbu kunlarni ro`yxatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to`lab beriladigan mablag’larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish. Kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, issitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta`mirlab, tayyor holga keltirish. Yakka tartibda isitiladigan ta`lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg’i materiallarini vaqtida etkazish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta`minlash. Yong’in xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo`lishini nazorat qilish. Ta`lim muassasasi rahbarining xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosarining zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda: Ta`lim muassasi kassiri nakd pullarni davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo`yicha kassa operatsiyalari O`zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi. Kassa operatsiyalari hisobini O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiklangan shakl buyicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa daftarini o`chirishlar va tuzatishlar qilishga yo`l qo`ymasdan olib boradi. Ta`lim muassasasi xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar (ya`ni xizmat safari xarajatlari kasallik varaqalari, suyunchi pullari, qarilik nafaqalari 2 yoshgacha bolasiga qarayotgan onalarga to`lanayotgan nafaqalar) bo`yicha bankda naqd pulga buyurtma beradi va naqd pul oladi hamda xodimlarga o`z vaqtida berilishini ta`minlaydi. Kundalik tarqatilgan naqd pullar haqida ta`lim muassasasi rahbariga hisobot berib boradi. Kassaga doir barcha moliyaviy hujjatlar va kassa kitobini yuritadi. Kassada pul mablag’larining saqlanishi va tarqatilmagan pul mablag’larini bank muassasasiga qaytib topshirishga javobgar hisoblanadi. Download 301.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling