Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan
Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo`yicha vazifalari va majburiyatlari
Download 301.72 Kb.
|
Xurshidbek hisobot
Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo`yicha vazifalari va majburiyatlari
Yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta`limi muassasasi, shu jumladan maktab direktori fondining byudjet mablag’larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi. Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta`limi muassasalarini moliyalash bo`limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: pedagog xodimlar tarifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab shtat jadvali va harajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro`yxatga olish; belgilangan tartibda ro`yxatga olingan xarajatlar smetasini, tovarlar va xizmatlar etkazib berish bo`yicha shartnomalarni faqat O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish; belgilangan standartlarga muvofiq umumta`lim maktabi buxgalterlik hisob – kitobi va hisobotini olib borishini ta`minlash; to`lovlar, oylik maoshni belgilash va to`lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to`lovlarni o`z vaktida amalga oshirish, shuningdek maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qat`iy rioya qilishni ta`minlash. Byudjetdan ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari topilgan mablag’lar xarajatlar smetasining tuzilishini tahlil qilish va tasdiqlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishni xodimlarga ish haqi “Direktor jamg’armasi”dan o`qituvchilarga ustamalarni xolisona tayinlanishi, mukofot va moddiy yordam pullarini asoslangan holda to`lanishi, noqonuniy xarajatlarga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rishi lozim. Ta`lim muassasasining tovar moddiy-boyliklarining saqlanishini ta`minlash, rivojlantirish, ta`lim muassasasida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qaroriga asosan servis xizmati ko`rsatish faoliyatini tashkil etish, yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta`lim muassasasining moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yo`naltirish va undan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etadi. Markazlashtirilgan tartibda ta`lim muassasasiga beriladigan (jihozlar, maktablarga beriladigan maktab hujjatlari, kam ta`minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki kiyim-bosh, Prezident sovg’asi, ko`mir, va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnomalar beradi, qabul qiladi, har bir o`quvchiga etkazilishini ta`minlaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiradi. Ta`lim muassasasi binolarining texnik holatini, ya`ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o`quv ko`rgazmali jihozlar)ning saqlanishini nazorat qiladi. har o`quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta`mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta`mirlash, jihozlash, yangi o`quv yiliga taxt qilib, ro`yxat bo`yicha jihozlash, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o`quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olishni; kommunal xizmat ko`rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g’aznachilik bo`limlaridan ro`yxatdan o`tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etilishini ta`minlaydi. Kommunal to`lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiklik energiyasi) bo`yicha hisoblagichlarni kundalik ko`rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanishni; telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo`linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko`rishni; ta`lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo`lishida farroshlar, binoni qo`riqlashda qorovullar, atrof-muxitni obodonlashtirishda bog’bonlar ishining to`g’ri tashkil qilinishini; muassasada xodimlar o`rtasida shanbaliklarni, ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni; qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko`rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo`lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo`lmagan kunlarda xizmat ko`rsatuvchi tashkilotga ma`lum qilish hamda ushbu kunlarni ro`yxatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to`lab beriladigan mablag’larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishini; kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, issitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta`mirlab, tayyor holga keltirilishini ta`minlaydi. Download 301.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling