Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R
Download 364.08 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinfda aniqlovchini orgatish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi mashq majmuasi.
- Quvnoq daqiqalardagi so’zli o’yinlar.
- Dars – bu jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining tizimli shakli bo’lib sinflarda dars jadvali asosida o’quv dasturi mavzularini o’qitish jarayonidir
- Jismoniy tarbiya darsining vazifalari
- Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish talablari
- Jismoniy tarbiya darsini tuzilishi
- Jismoniy tarbiya darslariga qo’yiladigan talablar.
- Yangi materialni o’zlashtirish darsi
- Mustahkamlash va takomillashtirish darslar.
1.mashq. D.h. Qo’llar yelkada. Qo’llarni yuqoriga ko’tarish va barmoqlarni yuqoriga
cho’zib yuqoriga qarash, oldinga engashish, d.h. ga qaytish. 2.mashq. D.h. Qo’llar bosh orqasida. O’ngga burilish, o’ng qo’lni o’ng tomonga cho’zish, d.h. ga qaytish. Shuning o’zini chap qo’l bilan boshqa tomonga bajarish. 3.mashq. D.h. Qo’llar yelkada. O’ngga engashish, tirsaklarni yon tomonga ko’tarish, d.h. ga qaytish. Shuning o’zini chap tomonga bajarish. 4.mashq. D.h. Qo’llarni o’rindiqqa tirab o’tirish. Oyoqlarni oldinga cho’zish, d.h. ga qaytish. Oltinchi mashq majmuasi. (Partada o’tirgan holda). 1.mashq. D.h. Qo’l barmoqlarini bir-birining orasiga kiritib, bosh orqasiga tutish. Qo’l kaftlarini ustma-ust qo’yib yuqoriga ko’tarish, qo’llarga qarash, so’ngra oldinga engashib, qo’lni oldinga uzatish va d.h. ga qaytish. 2.mashq. D.h. Qo’llar bosh orqasida, tirsaklar parta ustida. Qadni rostlash, tirsaklarni yon tomonga ochish, d.h. ga qaytish.
67 3.mashq. D.h. Oyoqlar oldinga uzatilgan, qo’llar o’rindiq orqa tomonining chetiga qo’yilgan. Oyoqlarni bukmagan holda yuqoriga ko’tarish, yelkani orqaga egish, d.h. ga qaytish. 4.mashq. D.h. Qo’llar yelkada. Boshni o’nga burish, d.h. ga qaytish. Shuning o’zini boshni chap tomonga burib bajarish. Quvnoq daqiqalardagi so’zli o’yinlar. Quvnoq daqiqalarni she’rxonlik yo’li bilan o’tkazilsa, bolalar ham dam oladi, ham bilimi boyiydi. Chunonchi: Bir,ikki, uch, Barmoqlarga kirsin kuch. Bunda qo’llar oldinga uzatilgan holda barmoqlar harakatlantiriladi. Yerta turaman deydi, Maktab boraman deydi, Rasm solaman deydi, Dono bo’laman deydi. Bunda qo’llar har xilharakatlarni bajaradi. Yelakda un yelandi, Supra unga belandi, Xamir qildik ko’pgina, Kulcha yopdik tezgina. Bunda bolalar sherni aytish jarayonida yelakda un elash, xamir qorish va non yopish harakatlarini bajaradilar. Men ertalab turaman, Quyosh tikka chiqmasdan, Yuz-qo’limni yuvaman, Erinchoqlik qilmasdan, Derazamni ochaman, Havo toza bo’lsin deb. Mashqlarimni qilaman, Tanim kuchga to’lsin deb. Qo’llar bilan so’zlarga mos harakatlar qilinadi. To’p-to’p, to’p-to’p, Futbolchilar tepar to’p. Darvozabon ko’p shoshar, Ishqibozlar qarashlar. To’p deganda oyoq harakatlantiriladi. Ana, go’l bo’ldi, Hisob bir-u nol bo’ldi 68 (barmoq bilan ko’rsatiladi). O’qituvchi: Jiring-jiring, Jiring-jiring, Chalingan narsani toping! O’quvchilar panjalarini qo’ng’iroq chalayotgandek harakat qildiradilar. Qo’limizda besh barmoq, Maqsadimiz besh olmoq. Barmoqlar ko’rsatiladi, qo’llar bilan harakat qilinadi. Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy shakli hisoblanadi. Shuning uchun ham 1-4 sinflarda jismoniy tarbiya darslari uslubiy qo’llanmaning dastlabki qismida ……. sifatida kiritilgan jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi, o’quv qo’llanmaga asosan boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari va darsga qo’yiladigan talablar yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar berildi va bu bitim boshlang’ich sinflar jismoniy tarbiya darslari deb nomlandi. I-IV sinflar uchun jismoniy tarbiyadan belgilangan me’yorlar. 2-sinf. Sinov turlari va me’yorlari. T/N Sinov turlari O’lchov birligi
O’g’il bolalar
O’g’il bolalar
Qiz bolalar Qiz
bolalar
Hisob Nishon Hisob Nishon 1 Moksimon yugurish 3x10 m
Soniya 9,8 9,7 10 9,8 2 Arg’amchida sakrash (1 daqiqa) Marta 50 60 60 70 3 Kichik koptokni 1x1 m li nishonga 10 metrdan uloqtirish 5- imkoniyanitdan 3 4 2 3 4 Joyida turib uzunlikka sakrash
Sm 110 120 95 110 5 Gimnastik devorga tirmashib chiqish (tepaga-pastga) Soniya
6 4 7 5 6 Ag’darilgan gimnastik o’rindiq ustidan yurish (muvozanatda) Metr
4 5 5 6 7 Suzish (suzda o’yinlar) Daqiqa 15 17 12 15 8 Sayirga chiqish 1,5-2km
Yordam qilish malakalarini egal lash 9 To’pli harakatli o’yilar Daqiqa 15 12 10 Yestafetalar Vaqtsiz (3-sinf). 9-10 yoshli bolalarga mo'ljallangan me'yorlar. 69
Sinov turlari O'lchov birligi
O'g'il bolalar
O'g'il bolalar
Qiz bolalar
Qiz bolalar
hisob
nishon hisob
nishon 1. 2.
30 m ga yuguris Arg'amchida sakrash (1 daqiqa) Kross 1000 m
Joyida turib uzinlikka sakrash Kichik koptokni yurib kelib uzoqqa uloqtirish. Kichik topni 1x1 li nishonga 12 Metrdan uloqtirish.
Arqonga tirmashib chiqish (hohlagan usulda)
soniya
marta
daqiqa soniya sm
metr
marta harakat
metr 5,7
65
7.50 150
22
3
2.0 5,2 75
7.20
130
25
4
2.5 5,9 80
8.30
130
16
2
1.5 5,4 90
8.00
110
20
3
1.5 8.
9. Turnikda osilgan holda qo'llarni chalkashtirib harakat qilib yurish Sayirga chiqish.
Mala 8
kalari 10
ni 5
egal 7
lash
10. Suzish. metr 17
20 15 18
11. To'pli harakatli o'yinlarda ishtirok etish. harakat texnikasini to'g'ri bajarish malakalarini egallash.
4-sinf. Sinov turlari va me’yorlari. T/N
Sinov turlari O’g’il
bolalar a’lo
O’g’il bolalar
yaxshi O’g’il
bolalar o’rta
Qiz bolalar a’lo
Qiz bolalar yaxshi
Qiz bolalar o’rta
1. 30m yugurish (soniya) 5.3 5.8
6.3 5.5
6.0 6.5
2. 60m ga yugurish (soniya) 10.5
11.0 11.5
10.8 11.3
11.8 3. 4x10m ga imkon qadar yugurish (soniya) 11.0 11.5 12.0 11.5 12.0 12.5
4. 1000mgayugurish 6.20 6.30 7.00 7.00 7.30
7.50 70 (daqiqa,soniya) 5. Turgan joyidan uzunlikka sakrash (sm) 150 130 110 130 110
90 6. Yugurib kelib uzunlikka sakrash (sm) 300 260 220 260 220 190
7. Yugurib kelib balandlikka sakrash (sm) 80 75 65 70 65
60 8. Baland-past turnikda tortilish (marta) 4 3 2 10 7 5 9.
sakrash (marta) 30 25 20 35 30 25
10 Tennis to’pini uloqtirish (metr) 25 22 18 22 18 13
11 nishonga loqtirish (6 metrdan 5 imkoniyatda) 4 3 1 4 2 1 Boshlang’ich sinflar jismoniy tarbiya darslari. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimida umumiy o’rta ta’lim eng asosiy bo’g’in hisoblanadi. Aynan ana shu bo’g’inda o’quvchilar xar tomonlama (jismonan, aqliy, axloqiy, etuk, estetik v.b.) garmonik rivojlanadi, shakllanadi. Jismoniy rivojlanish eng mas’uliyatli va samarali boskichni amalga oshiradi. Maktab yoshining 6-7, 10-11, yoshlarida(1-4 sinflarda boshlangich ta’limda bolalar organizmi tabiiy ravishda tez sura’atda rivojlanadi. Markaziy nerv sistemasida boshkarish funksiyalari, harakat tayanch apparati, yurak qon tomir, nafas olish organlari ish faoliyati, kaddi komati shakllanadi. Bu biologik jarayonni to’g’ri samarali o’tkazishda bolalarni jismoniy tarbiya bilan shug’ullantirish katta ahamiyatga ega. V-IX sinflarda o’quvchilarni (12- 15 yoshlarda) jismoniy sifatlarini rivojlanishiga jismoniy mashqlar samarali ta’sir ko’rsatadi. V-IX sinflarda umumiy o’rta ta’limga doir asosiy bilimlar, ko’nikma va malakalar egallanadi o’quvchilar ta’limning keyingi bosqichlariga har tomonlama tayyorlab beriladi. Umumiy o’rta ta’limni samarali kechishida jismoniy tarbiyaning o’rni hisobga olingan holda o’quv rejasida jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor karatilgan va uni tashkil 71 etish usullari umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarida (DTS) aniq belgilab berilgan. Bugungi kunda umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasi qo’yidagi shakllarda amalga oshiriladi: - jismoniy tarbiya darslari; - darsdan va sinfdan tashqari ishlar (darsgacha gimnastika mashqlari, tanafusdagi o’yinlar, jismoniy tarbiya daqiqalari, sport bayramlari, musobakalar, o’yinlar v.b); - maktabdan tashqari muassalardagi jismoniy tarbiya ishlari; Bolalar va o’smirlar sport maktablarida, sport inshootlari va suv hovzalarida, madaniyat saroylarida, mahallalarda yo’lga qo’yilgan sport to’garaklarida mashg’ulotlar o’tkaziladi. - Oilada jismoniy tarbiya: Uy sharoitidagi jismoniy mashqlar bilan shugullanishi, mustakkil va ota-onalar xamkorligida, oilaviy sayohatlar, o’yinlar asosida uyushtiriladi. Maktab yoshidagi o’quvchilarni jismoniy tarbiyasi yuqorida keltirilgan kuplab uyushmallarda amalga oshirilsada, eng asosiy shakl bu jismoniy tarbiya darslari hisoblanadi. Dars – bu jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining tizimli shakli bo’lib sinflarda dars jadvali asosida o’quv dasturi mavzularini o’qitish jarayonidir. Ya’ni jismoniy tarbiya darslari umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartiga ko’ra o’quv dastur asosida o’qitiladi. Umumta’lim maktablari o’quv rejasida belgilanganidek haftasiga 2 soatdan bir o’quv yiliga 68 soat jismoniy tarbiya darslari o’qitilishi belgilab qo’yilgan. Ta’kidlaganimizdek dasturlarida 1 – 4 – sinflarda jismoniy tarbiya darslari imkoniyatiga qarab maktab hisobidagi soatlardan 3 – 5 soatgacha ko’paytirish mumkinligi alohida ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek milliy mintalitet, milliy qadriyatlarni hisobga olib 8 – 9 – sinf qizlariga dars alohida o’tkazilishi yo’lga qo’yildi. Ammo bu imkoniyatlardan ba’zi bir maktablargina foydalanayotganligini ta’kidlab o’tish zarur. 72 Jismoniy tarbiya uslubiyatida jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy shakli bo’lib, har bir darsda alohida vazifalar hal etilishi ko’rsatib o’tilgan. Jismoniy tarbiya darsining vazifalari Jismoniy tarbiyaning ta’lim berish, tarbiyalash, sog’lomlashtirishdek umumiy vazifalaridan kelib chiqib har bir dars uchun aniq hususiy vazifalar qo’yiladi. Vazifalar “o’rgatish”, “takrorlash”, “mustahkamlash”, “nazorat olish”dek mazmunga ega bo’lishi nazarda tutiladi. Ta’limning ayrim vazifalarini bajarish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma- ket darslar jarayonida amalga oshiriladi. Ba’zi vazifalar esa bir darsda hal etilishi mumkin. Masalan turnik yoki brusda berilgan mashqlar majmuasi ketma-ketlik bilan qator darslarda o’zlashtiriladi. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida nafaqat harakat malaka va ko’nikmalari, jismoniy fazilatlar tarbiyalanadi, balkim aqliy, ahloqiy, etik, estetik tarbiya kabi tarbiyaning boshqa turlarini ham tarbiyalash nazarda tutiladi. Shuningdek turli o’yinlar, musobaqalar orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar singdirib boriladi. Masalan bitta o’yin orqali milliy iftixor, millatparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini singdirish mumkin. Jismoniy tarbiya darslarida mashqlarni to’g’ri tashkil etish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali sohlomlashtirish vazifasi hal etiladi.
Jismoniy tarbiya darsining samarali o’tlishi o’qituvchining dars rejasini to’g’ri tuzilishga bog’liq. Shuningdek o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini tashkil etishdagi tanlagan uslubiyatiga, dars uchun zarur bo’lgan jihozlarning mavjudligiga, sport inshootlarining holatiga va umrdan samarali foydalana olishga bog’liq. Tushunarli kilib aytilganda darsni samarali tashkil etish va o’tkazish uchun to’laqonli ta’minlangan bo’lishi kerak. Dars o’tkazishni ta’minlanishi quyidagilardan iborat. 1.Dars uchun tabbiy va gigiyenik sharoitni yaratish unga rioya qilish. Ya’ni dars utiladigan joyni tozaligi, havo temperaturasini normal ekanligi, sport zal yoqi maydonni 73 toza havo bilan ta’minlanganligi, o’qituvilarni sport kiyinlarida bo’lishi kabilar nazarda to’tiladi. 2.Darsni moddiy texnik jihatdan ta’minlanganligi. Darsni moddiy texnik ta’minlash bu dars samaradorligi ta’minlashga imkon beradigan, qo’yilgan vazifalarni to’liq hol qilish uchun xizmat qiladigan jihozlar, anjomlar va dars joyi tushuniladi. 3.O’qituvchi tomonidan darsda o’quvchilar faoliyatini tashkil etishni eng to’g’ri samarali usullarni ko’llay olishi, dars zizligini oshiradi, samaradorligini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq masalalarning eng asosiylaridan biri bu darsning tuzilishidir. Darsning to’zilishi, dars strukturasi degan atamalar 1940 yillarda pedagogikaga kirib kelgan. Darsning tuzilishi – bu dars qismlari soni, ularni ketma ketligi va mazmuni, davomiyligidir – deb ta’rif berish mumkin. Darsni tuzilishiga oid maxsus-ilmiy adabiyotlarda mutaxasislar tamonidan turiga fikrlar bildirilgan. Masalan ba’zi mutaxasislar darsni kirish – tayyorlov – asosiy – yakuniy qismlardan iborat deb biladilar. Yana bir qator mutaxassislar jismoniy tarbiya darslari tashkiliy – asosiy – yakuniy qismlardan iborat deb hisoblanadi. Ammo bunday baxs – munozara va fiqrlarga chek qo’yilgan. Bugungi kunda jismoniy tarbiya darslarituzilishiga ko’ra uch qismdan iborat va ular darsning tayyorlov qismi, darsni asosiy qismi, darsni yakuniy qismi deb nomlanadi. Darsning tayyorlov qismida o’quvchilarni har tomonlama darsni asosiy qismida bajarilishi lozim bulgan asosiy vazifalarga tayyorlab olishdan iborat bo’lib bu qismga 8 – 12 minut ba’zan ko’prok vakt rejalashtiriladi. Darsning asosiy qismida o’qituvchi tomonidan to’zilgan dars ishlanmasiga ko’ra sinfda jismoniy tarbiyadan o’quv dasturida belgilangan yangi mashqlar o’qtiriladi, yoqi avval o’qitilgan mashqlar takrorlanadi, takomillashtiriladi. Jismoni tarbiya darslarini asosiy qismi uchun 25-30 daqiqa vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsni asosiy qismini tashkil etish turli xil bo’lishi mumkin. Ya’ni jismoniy tarbiya bo’yicha DTS va o’quv dasturi bo’limlari (gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash, 74 sport o’yinlari, harakatli o’yinlar) ni o’quv materialini o’qitish darsni asosiy qismini turli usullarda tashkil etishni talab etadi. Darsni yakuniy qismi uchun 3-5 daqiqa sarflanadi. Unda darsni asosiy qismida o’quvchilar olgan jismoniy nagruzka holati pasaytiriladi, yengil mashqlar bilan yakunlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi, lozim bo’lsa topbeh beriladi, baholanadi va uyga vazifa beriladi. Uyushgan holda dars utilgan joydan chikib ketiladi. Dars qismlarini to’g’ri tashkil etilishi darsni uzliksizligini va samaradorligini ta’minlashga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
-Jismoniy tarbiya darsiga vazifalar aniq qo’yilgan bo’lishi kerak; -Dars uslubiy va tarbiyaviy tomondan to’g’ri tashkil etilishi; -Oldingi o’qitilgan materiallarni izchil davom ettirish va ayni paytda ma’lum darajada kelgusi darsning vazifasiga bog’lik bo’lishi kerak; -O’quvchilarni yoshi, jinsi jismoniy tayyorgarlik darajasi, siyosatligi hisobga olgan xolda ularni jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi jismoniy mashqlarni to’g’ri tanlash; -Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar uchun kizikarli bo’lishi va uquv faoliyatini faollashtirishga xizmat kilishi kerak; -Jismoniy tarbiya darslarida tarbiyalishi boshqa turlarini ham amalga oshirib borish zarur;
-Jismoniy tarbiya darsini o’quv kun tartibidagi boshqa fanlar bilan muvofiq olib borilishi darsga qo’uyiladigan asosiy talablardan xisoblanadi. Jismoniy tarbiya darsining pedagogik vazifalariga ko’ra tasniflanishi
Jismoniy tarbiya darslari tashkil etilishna, ta’lim tarbiyaning yo’nalishiga qo’yilgan pedagogik vazifalariga ko’ra tasniflanadi (turlanadi). Unga kura jismoniy tarbiya darslari “Kirish”, yangi materiallarni uyushtirish, “aralash”, “takomillashtirish”, “yakuniy darslar” deb turlanadi.
75
uchun rejalashtirilgan dasturning yangi bo’limi boshlanishidagi darslardan iborat. Ular ma’ruza, suhbat, muloqot tarzida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda o’qituvchi masalan o’quv dasturi talablari haqida o’quvchilarga o’quv yilida kilinadigan ishlar talablar haqida ma’lumot berishi mumkin. Yangi materialni o’zlashtirish darsi O’quv dasturining yangi mavzularini o’zida mujassamlashtiradi, oldingi o’qitilgan darslar mavzularini nihoyasi bilan bog’lanadi.
Aralash dars mazmuniga ko’ra tushintirish, o’zlashtirish, mustaxkamlash va takomillashtirish kabi etaplarini o’z ichiga oladi.
- Kirish, yangi materiallarni o’zlashtirish darslaridan keyin harakat masalalari o’zlashtirilgandan so’ng, uzlashtirilgan jismoniy mashqlarni mukammal bajarish maqsadida tashkil etiladi. Yakunlash darslari – mazmuniga ko’ra va pedagogik vazifasi nuqtai nazaridan to’rlanayotgan darslardan butunlay farqlanadi. Bu darslarda o’quv choragi, o’quv dasturidagi turkum darslarga, o’quv yili davomidagi darslarga yakun yasaladi. Yakuniy darslar o’quvchilarning bilimlari va ko’nikmalarini baholash tarzida amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan jismoniy tarbiya dars turlaridan tashqari. Darslarni tashkil etish xarakteriga kura ham turlanadi. Ular:1.Aksentli (urg’uli) darslar 2.Aralash darslar. 3.Majmuaviy darslar deb nomlanadi. Aksentli darslar mazmuniga ko’ra dasturining alohida ajratilgan bo’limi bo’yicha tashkil etish demakdir. Ya’ni aksentli dars diqqat gimnastika, yengil atletika, voleybol, basketbol va h.k.ga yo’naltirilgan. Darsni o’qitish jarayoni diqqat shu bo’lim materialini o’rganish, takrorlash yoqi takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi.
76 Aralash darslar mazmuniga ko’ra o’quv dasturi tarkibidagi bir necha bo’lim materialini o’qitishni, o’zlashtirilmagan, o’zlashtirilib, takomillashtiriladigan materialni o’qitishga qaratiladi. Bunday darslarda o’quvchilar bir necha guruhlarga bo’linib, dars davomida o’zlashtirmagan mavzulari ustida o’qituvchi nazarati va rahbarligida ishlaydilar. Majmuaviy darslarning mazmuni o’quv dasturining tartibidagi bir necha bo’lim materialar bo’yicha tashkil etiladi. Ya’ni aniq pedagogik vazifalarga ko’ra bir darsni o’zida bir necha mavzu (voleybol, yengil atletika, kurash, gimnastika va x.k.) o’qitiladi. Bunday darslar amalda kam tashkil etiladi. Download 364.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling