Aholi daromadlari va turmush tarzi tushunchalari va ularning mohiyati
Aholi daromadlari va turmush tarzini yaxshilashning xorijiy mamlakatlar tajribasi
Download 196.63 Kb.
|
aholi
1.2. Aholi daromadlari va turmush tarzini yaxshilashning xorijiy mamlakatlar tajribasi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015-2030-yillar uchun mo„ljallangan “Barqaror rivojlanish maqsadlari” dasturida 17 ta global maqsadning birinchisi etib “Mamlakatlarda aholining kam ta‟minlanganlik darajasini pasaytirish” maqsadini belgiladi. Shuningdek mazkur hujjatda 8-maqsad sifatida “Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta‟minlash asosida barqaror va keng qamrovli iqtisodiy o„sishga ko„maklashish maqsadi belgilandi. Jahon bankining 2017-yildagi hisobotiga ko„ra dunyo aholisining 9,7 foizi yoki 740 million kishi kuniga $1,90 dan kam daromad topishadi (2017 yil). Bu ko„rsatkich yildan yilga o„sib bormoqda (manba: The world by income and regionWorld Bank 2021). Xususan 2012-yilda bu ko„rsatkich 450 millionni 2008-yilda esa 300 millionni tashkil etgan. Bu albatta tashvishlanarli hol. [6]Yuqoridagi mavzuga doir raqamlar va ma‟lumotlar ilk bor O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o„tgan 2020-yil 27-fevraldagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag„allikni qisqartirish”ga qaratilgan chora-tadbirlar bo„yicha video selektor yig„ilishida ma‟lum qilindi. Yig„ilishda dastlabki hisob kitoblarga ko„ra aholimizning 12-15 foizi yoki 4-5 million qismi kambag„al ekanligini ta‟kidladi yurtboshimiz. Ushbu ko„rsatkichning 2/3 qismi qishloq hududlari aholisiga to„g„ri kelishi achinarli hol.8 Tadqiqotda mamlakatlararo aholi jon boshiga to„g„ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati 1995-2019-yillar kesimida taqqoslandi. Shu bilan birga mamlakatimizda kambag„allik darajasini hududlar kesimida taqsimlanishi va ularda qishloq hududlari aholisini ulushi iqtisodiy tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan qishloq hududlarida aholini o„zini o„zi bandligini ta‟minlashdagi muammolar yuzasidan o„tkazilgan so„rovnoma ma‟lumotlari tahlil qilindi. Hozirgi kunda dunyo aholisi 7,8 milliard kishini tashkil etmoqda. Bunday shiddat bilan o„sib borayotgan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash butun dunyo mamlakatlarida dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Dunyoda ocharchilikda yashayotgan aholi soni esa 864 million kishiga yetgan. Bundan ko„rinib turibdiki aholi soni oshgani sayin oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlashda va daromadini oshirish bo„yicha bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.9 Quyidagi jadvalda MDH mamlakatlari va qit‟amiz ayrim mamlakatlatlarining 1995-2018-yillar oralig„ida YaIMning aholi jon boshiga ulushi keltirilgan 6-jadval Jadvaldaning birinchi ustunida mamlakatlar, ikkinchi ustunida 1995-yilda aholi jon boshiga to„g„ri keladigan yalpi ichki mahsulot, uchinchi ustunda 2019-yilda aholi jon boshiga to„g„ri keladigan yalpi ichki mahsulot hamda to„rtinchi ustunida esa necha barobar o„sish kuzatilgani o„z aksini topgan. Ushbu jadval orqali mamlakatlarni 25 yilda ko„rsatgan iqtisodiy ko„rsatkichlarini ko„rishimiz mumkin. Yuqoridagi yillar davomida O„zbekiston eng past natija ko„rsatgan mamlakatlar qatorida turibdi. Buning asosiy sabablaridan biri mamlakatdagi iqtisodiy ko„rsatkichlar ya‟ni aholi daromadi pastligi, bandlik darajasinig yuqori bo„lmaganligi, inflyatsiya darajasi yuqoriligi va intensiv samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga fan texnika taraqqiyoti yutuqlari hamda innovatsiyalarni kam jalb qilinganligi deya baho berishimiz mumkin.10 Download 196.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling