Aholi daromadlari va turmush tarzi tushunchalari va ularning mohiyati
Aholi daromadlari va turmush tarzini yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlari
Download 196.63 Kb.
|
aholi
2.2 Aholi daromadlari va turmush tarzini yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlari.
Mustaqillik yillardan boshlab mamlakatimizda aholi daromadlarini oshirish, ta'lim va sog’liq saqlash xizmatchilarning sifatini yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash,ijtimoiy qulayliklar yaratish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.Bu ishlarning mohiyati Prezidentizning ma’ruzalari va asarlarida batafsil yoritib berilmoda. Mazkur tadbirlarning natijasi bugungi kunda odamlarning xayot darajasi ijobiy o‘zgartirish orqali namoyon bo‘lmoqda. Shunga qaramay,bu orada mamlakatimizdagi imkoniyatlar bundanda ko‘proq ,mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun aholi turmush darajasini oshirish bilan bog’liq masalalarni chuqur o‘rganish va bu bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni berish bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mamlakat hukumatining iqtisodiy strategiyasi asosan eng muhim uch vazifani hal etishga yo‘naltirildi: 1. Ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish; 2. Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroitisodiy barqorlikka erishish; 3. Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish. Aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali mеxanizmlaridan biri mеhnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish hamda uni tartibga solish hisoblanadi. By - ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi uzviy aloqalar va ziddiyatlarni hamda ular hamkorligining samaradorlik mеzonlarini aniqlashga, ishchilarni kasb malakasini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini bеlgilashda hamda jonli mеhnat rеsurslarini «ortiqcha» va ish joylari «taqchil» sharoitlarida ishchi kuchiga talab va taklifni makroiqtisodiy tartibga solishga pirovardida iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tadbirlarni maqsadga muvofiq ravishda ishlab chiqarishga samarali imkon bеradi To‘liq ish bilan ta’minlash–bu kasbga oid mehnat bilan ta’minlash bo‘lib, ushaxsga daromad keltiradi va o‘zi, hamda, oilasining munosib turmush kechirishga sharoit yaratadi. Aholini ish bilan oqilona ta’minlash ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatiga erishishni bildiradi. Erkin tanlangan ish bilan ta’minlash shuni nazarda tutadiki, o‘zining mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatiga (ish kuchiga) egalik qilish huquqi faqat uning egasiga, ya’ni xodimning o‘ziga tegishli. Mazkur tamoyil har bir xodimning ish tanlashida to‘g’ri yo‘l tutishini, har qanday ma’muriy tarzda ishga jalb qilishni taqiqlashni kafolatlaydi. Hozirgi vaqtda ish bilan band aholiga barcha yollanib ishlayotgan xodimlar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda o‘zini o‘zi mustaqil ravishda ish bilan ta’minlaydigan fuqarolar va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan fuqarolar kiritilgan. Aholining ish bilan bandlari: a) pul bilan to‘lanadigan yoki natura holidagi haq evaziga yollanib, shuningdеk o‘z faoliyati evaziga qancha muddat haq yoki daromad olishidan qat’i nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat ish bajarganlar; O‘zbekistan islohotlar endigina boshlangan 1992 yildayoq Prezident Islom Karimov O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar barqarorlik vaziyatida o‘tishi kerakligini alohida takidlagan edi. Buning uchun ham u o‘zining "O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yo‘lida" (1992) nomli kitobida hukumat siyosati xususiylashtirish va raqobat vaziyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, Milliy valyutani mustaxkamlashga, iqtisodiy tizimda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga kuchli ijtimoiy kafolatlar beradigan huquqiy demokratik davlatni shakklantirishga qaratilgan deb uqtiradi. Respublika doimiy aholi o`rtacha soni 2000-2017 yillarda 31,4 % oshganiga qaramay, oxirgi 17 yil davomida aholi daromadlarining muntazam o`sishi moliyaviy imkoniyatlarning mustahkamlanishini va aholi tomonidan asosiy oziqovqat mahsulotlarini iste`mol qilish hajmining oshishini ta`minladi. Jumladan, 2017 yil yakunlari bo`yicha sabzavotlar – 2770 kg, mevalar – 145,2 kg, tuxum – 215 dona, go`sht va go`sht mahsulotlari – 43,2 kg, sut va sut mahsulotlari – 270,0 l. ni, kartoshka – 55,2 kg, shakar – 31,0 kg, o`simlik yog`i – 24,0 l.ni tashkil etdi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida aholining kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 2017 yilda 55,7 % ni tashkil etdi. Jami kuzatilgan aholidan 48,7 foizi erkaklar va 51,3 foizi ayollarni tashkil qildi.Shuningdek , uzoq o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarning ulushi 25,5 foizni, o‘n olti yesh va undan kattalarning ulushi 74,5 foizni tashkil etib, respublika bo‘yicha mehnatga layoqatli aholining ulushi jami aholiga nisbatan 58,8 foizni tashkil qildi. 9-jadval O‘tgan davr mobainida aholi jon boshiga to‘g'ri keladi daromadning ish o‘sishi kuzatildi va 2017 yilda 2000 yildagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda ular 13,2 barobar ko‘paydi. Shu davr o‘rtacha ish haqi va pensiyalar 24,3 va 18,6 martda ortdi.O‘znavbatida,daromadlar tarkibida mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlarning ulush va 68,5% ni (2010 yilda 71,6%), transfertlar kurinishida olingan. Daromadlarning ulushi 25,2% ni (2010 yilda - 24,3%) tashkil qildi.Mulkchilikdan olingan daromadlarning ulushi 4,1% ni (2010 yilda - 2,3%),o‘ziste'mol uchun o‘z hizmatlaridan olingan daromadlarning ulushi 2,2% ni(2010 yilda 1,8%) tashkil etdi. Umuman,mamlakatimizda keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish suratlari oshib borib,aholi turmush darajasi oshib bormoda. Bu bo‘yicha ayrim ko‘rsatkichlarining o‘zgarib borishi quyidagi jadvalda keltirilgan 10-jadval “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “O‘zbekiston: jamoatchilik fikri — 2020” mavzusida kompleks sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Unda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi haqida fuqarolarning fikri o‘rganildi, o‘zbekistonliklarning ijtimoiy kayfiyati hamda davlat va jamiyat hayotining asosiy sohalarida erishilgan natijalardan aholining qoniqish darajasi aniqlandi. So‘rov jarayonida 62,9 foiz so‘rov ishtirokchilari 2020-yildagi murakkab sanitar-epidemiologik sharoitlarga qaramasdan yangi ish o‘rinlari yaratish, bandlikni ta’minlash muammolarini hal qilish va fuqarolarning real daromadlarini oshirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilganini qayd etgan. Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, jamoatchilik fikrida aholining dolzarb muammolarini hal qilish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatiga ijobiy baholar ustuvorlik qiladi. Masalan, mamlakatning 62,3 foiz aholisi ularning ishini “yaxshi” deb baholagan, so‘ralganlardan uchdan bir qismining hisoblashicha, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini “qoniqarli” deb baholash mumkin.15 Xulosa Fuqarolar daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko‘rsatkichidir. U jamiyatning har bir a`zosining dam olish, bilim olish, sog’liqni saqlash, zaruriy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga yordam beradi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy kuzatib boradi. Turmush darajasini sifatli tahlil qilish masalalari aholi turmush darajasini doimiy asosda monitoring qilishni davom ettirish, shuningdek, hayot darajasini monitoring qilish Milliy tizimini doimiy takomillashtirish bilan chambarchas bog'liqdir. Mamlakatda aholi daromadlarining oshib borishi o‘z navbatida ular turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Xulosa qilib shuni aytishimiz umkinki Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida ta’riflash mumki. Turmush darajasini sifatli tahlil qilish masalalari aholi turmush darajasini doimiy asosda monitoring qilishni davom ettirish, shuningdek, hayot darajasini monitoring qilish Milliy tizimini doimiy takomillashtirish bilan chambarchas bog'liq. Uzoq muddatli istiqbolda inson kapitalining to‘planishini faollashtirish va dinamik rivojlanayotgan mamlakatlarga mos keladigan maqsadli iste'mol parametrlariga yaqinlashishi kerak bo‘lgan mehnat unumdorligi darajasini yetarli darajada oshirmasdan turmush darajasini oshirish mumkin emas. Download 196.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling