1. Menejmentning klassik maktabi g'oyalariga tushuncha bering


Download 17.73 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.73 Kb.
#184600
Bog'liq
Menejment 2-topshiriq


1.Menejmentning klassik maktabi g'oyalariga tushuncha bering.

Maktab qarashlarining maqsadi - boshqarishning umumiy printsiplarini shakllantirishdan iborat. Klassik menejment maktabining asosiy namoyondalari Andre Fayol, Marks Veber hamda Genri Ford kabi olimlar hisoblanadi. Klassik maktab asoschilari tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning universal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratishgan: 1)tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo’linmalar yoki ishchi guruhlarga bo’lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan; 2)tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo’lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo’ysunishi lozim degan g’oyani ilgari surishgan.



2.F.Teylor nazariyasining mohiyati nimada?

“Ilmiy” menejment maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish”ning ilmiy tizimi deb atalgan. F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usullarni izlash. Teylorning prinsiplariga asosan: mehnatning har bir jarayoni, uning ko’lami va ketma-ketligi aniq, puxta ixtisoslashtirilishi shart; har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim; har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak; yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim; ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo’yilishi shart; boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to’g’ri taqsimlash shart. F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasida taklif etgan hamda ishlab chiqarishda qo’llagan bu tamoyillari mehnat unumdorligining ikki baravar o’sishiga olib kelgan. Uning nazariyasiga ko’ra, rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi. F.Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta, hamda arzon usulda bajarish san’ati” deb baholagan.



3.G.Emerson qanday ilmiy prinsiplarni ishlab chiqqan?

Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha yirik mutaxassislardan bo’lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari “Mehnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan. Ular:



  • Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar

  • Oqil va sog’lom fikr

  • Jozibali va e’tiborli mahsulot

  • Intizom

  • Xodimga nisbatan e’tiborli bo’lish

  • Tezkor, ishonchli, to'liq, aniq va muntazam hisobot

  • Dispetcherlash

  • Me'yor va jadvallar

  • Sharoit bilan ta'minlash

  • Jarayonlarni me'yorlash

  • Standart yo'riqnomalar tayyorlash

  • Unumdorlikni rag'batlantirish

4.O'zbekistonda boshqaruv rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini ayting.

Bizga tarixdan ma’lumki, yurtimiz uzoq yillik davlatchilik asoslariga ega. Eng qadimgi davrlarda ham vatanimiz hududida Xorazm, Sug’diyona, Parfiya, Baqtriya davlatlari hukm surgan. Keyinchalik Amir Temur davriga kelib o'zbek davlati dunyoning eng kuchli mamlakati bo’lgan. Hozirgi kunda ham yurtimiz o’zining boshqaruv prinsiplariga ega davlat hisoblanadi. Misol tariqasida marhum yurtboshimiz Islom Karimovning muallifligi asosida ishlab chiqilgan O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish rejasi – “O’zbek modeli”ni aytib o'tish mumkin. Ushbu model 5ta asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi:



  • Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi;

  • Davlat – bosh islohotchi;

  • Qonunning barcha sohalarda ustuvorligi;

  • Kuchli ijtimoiy siyosat;

  • Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

Download 17.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling