Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/51
Sana06.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1433133
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Bog'liq
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
OILANI O’RGANISH. 
Oila jamiyat rivojlanib borar mas’uliyatlari ham demografik taraqiyoti va
uni maxsuli sifatida tashkil topar ekan, uning jamiyat oldidagi o’z oshib boradi. Bu 
mas’uliyat. Oila zimmasiga yuqorida aytilanidek, inson naslini, jamiyatni davom 
ettiruvchi avlod yaratish, ularni tarbiyalash, kamolga yetkazishdek vazifalarni 
yuklaydi. Oila ushbu vazifalarni bajarar ekan, o’zi ham ma’lum ma’noda taraqqiy 
etib boradi. Oilaning taraqqiy etishini u bajarayotgan vazifalar mohiyatiga binoan uch 
yo’nalishda belgilash maqsadga muvofiqdir. 
Oilaning demografik taraqqiyoti. 
Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti. 
Oilaning iqtisodiy taraqqiyoti. 
Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti oila a’zolarining ma’lumotlilik darajasi, ijtimoiy 
mavqei, salomatligi borasidagi hamda ularning ta’lim - tarbiya, urf -odat, fan va 
madaniyat, tabiat va jamiyatga bo’lgan munosabatlarinint takomllashib borishidir. 
Oilaning oziq-ovqat, kiyim - kechak, uy -joy va boshqa yashash uchun zarur 
bo’lgan narsalar bilan ta’minlanish darajasining o’zgarib borishi, uning iqtisodiy 
taraqkiyotini belgilaydi 
Oilaning demografik taraqqiyoti deganda esa, oilaning tashkil topishi, miqdori, 
demografik tarkibi va faoliyatining ma’lum davrlarda o’zgarib borishi 
tushuniladi. 
Ko’rinib turibdiki, oila o’z mohiyati bilan jamiyat xayotining turli qirralarini 
aks ettiradi. Shuning uchun xam oila qator ijtimoiy fanlarning o’rganish mavzusidir. 
Demografiya oilani o’rganar ekan, asosiy e’tiborni uning avlod yaratuvchilik, 
jamiyatni davom ettiruvchilik faoliyatiga qaratadi. Oilaning demografik
taraqqiyoti, asosan statistik ma’lumotlar yordamida o’rganiladi. Bunday ma’lumotlar 
esa, oilani muntazam ro’yhatga olib borish va aholi o’rtasida sobiologo-demografik


- 29 - 
tadqiqotlar o’tkazish yo’li bilan to’planadi. 
Oila xaqidagi statistik ma’lumotlar, ularning tuzilish tizimi jaxondagi 
hamma davlatlarda ham aynan bir xil emas. U xar bir davlat statistikasi uchun qayd 
etilgan oilaning statistik tushunchasiga va o’tkazilayotgan aholi ro’yxati dasturiga
bog’liqdir. Dastur tuzishda aholining oilaviy tarkibi, oilaviy yashash turlari asos 
qilib olinadi. Qator iqtisodiy rivojlangan davlatlarda oiladagi farzandlar kamolot 
yoshiga yetib oila qurgach, ular iqtisodiy jixatdan mustaqil yashaydilar va aloxida 
oila hisoblanadilar. Ba’zi davlatlarda esa 20 yoshdan oshgan xar bir yigit qiz oila
qurmasa xam, o’zi aloxida oila xisoblanadi. Yana boshqa davlat statistikasida
turmush qurib ota - onasi oilasiga qaytib kelsa xam ularni aloxida oila yoki yolg’iz 
yashovchilar qatorida hisoblanadi. Ba’zi xollarda qarindosh, qondosh bo’lmagan 
begona kishilar ham bir oila bo’lib yashaydilar. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling