Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Aholi zichilgi deganda nimani tushinasiz? 2. Dunyo aholisining o’rtacha zichligi qancha? 3. Aholining hududiy joylashuviga qaysi omillar ta’sir ko’rsatadi? 4. Dunyoda aholi zich joylashgan qanday regionlarni bilasiz? 5. Sanoat ta’sirida ahohlining hududiy joylashuvini aniqlang? 6. Dunyoning qaysi qisimlarida aholi siyrak? 7. Saushkin fikricha aholi qaysi hududlarda zich bo’ladi? 8. O’zbekistonda aholining zichligi o’rtacha qancha? 9. O’zbekistonning qaysi hududlarini aholi zich hudud hisoblanadi? 10. Nima uchun Respublikamizning Qizilqum, Mirzacho’l, Ustyurt qisimlarida aholi siyrak? - 56 - AHOLI MANZILGOHLARI R E J A: 1. Ahloi geografiyasi fanining muhim kotegoriyasi. 2. Shahar va qishloq tushunchalari. 3. Pokshishevskmyo ―Formalari‖. 4. Aholi manzilgohlarini shaharlarga aylanishi. Ma’lum bir formaga ega bo’lgan, aholining hududiy joylanishi aholi manzilgohlari deyiladi. Aholi manzilgohlari aholi geografiyasi fanining muhim kotegoriyasi bo’lib, aholining yashayotgan joylarigina bo’lib qolmay, balki moddiy va ma’naviy boyliklari ishlab chiqariladigan va iste’mol etiladigan butun ijtimoiy hayotning asosiy markazlari hisoblanadi. Aholi punktlarini geografik jihatdan o’rganishda va xarakterlashda har bir aholi manzilgohlarida yashaydigan aholining sonini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki aholi manzilgohlari, birinchi navbatda, aholining soniga qarab (bir necha kishi yashaydigan mayday qishloqlarda tortib, to bir necha million kishilik aholi bo’lgan eng yirik shaharlargacha) klassifikatsiyaga ajratiladi. Aholi manzilgohlarini geografik jihatdan o’rganishda unda yashaydigan aholining umumiy soniga emas, balki uning tartibini, xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishini, shuningdek har bir aholi manzilgohining bajaradigan funktsiyasini, mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati, uning boshqa aholi manzilgohlari bilan aloqasi, tabiiy geografik o’rnini analiz qilish muhimdir. Shunday qilib, aholi punktlari aholi yashaydigan joy sifatidagina qiziqtirmasdan, balki ishlab chqarish, markazlari, xo’jalik markazlari, madaniy – siyosiy markazlar, iqtisodiy aloqalarning asosiy tugunlari sifatida ham qiziqtiradi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling