Mavzu: Ijtimoiy ne`matlar: samarali va raqobatli ta`minot


Download 46.12 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi46.12 Kb.
#1270625
Bog'liq
макроиктисодиет


Mavzu: Ijtimoiy ne`matlar: samarali va raqobatli ta`minot
Reja:

  1. Ijtimioy ne`matlar haqida

  2. Samarali ta`minot

  3. Raqobatli ta`minot


Ijtimoiy nematlar— kishilarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishga, ularga naf berishga qodir boʻlgan jami narsalar. Neʼmatlar isteʼmol N. lari (kishilarning bevosita ehti-yojlarini qondiradi), resurslar (isteʼmol Neʼmatlarlari i. ch. uchun zarur Neʼmatlar)ga; oʻz tuzilmasiga koʻra, xususiy va ij-timoiy Neʼmatlarga boʻlinadi. Xususiy Neʼmatlar yakka isteʼmol etiladigan, ijtimoiy Neʼmatlar butun jamiyat foydalanishi mumkin boʻlgan, isteʼmolda cheklash boʻlmagan N. dir (q. Moddip farovonlik). Neʼmatlar isteʼmolga ochikligi jihatidan meʼyoriy (isteʼmolchilarning da-romadlari oʻsishiga qarab isteʼmol qilinishi, talab ortib boradigan N.) va cheklangan (noyobligi yoki miq-dori cheklanganligi sababli i. ch. va taqsimlash zarur boʻlgan N.)ga boʻlinadi. Cheklangan N. ga talab ularning miqdoridan ancha ortiq boʻlgani uchun ham ular narxga ega boʻladi. Havo, quyosh nuri kabilarni istisno qilganda amalda barcha N. cheklangan N. sirasiga kiradi.Ijtimoiy ishlab chiqarish — jamiyat yoki milliy iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarni qondirish uchun kerak boʻladigan neʼmatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui. Bu faoliyat natijasida yalpi milliy mahsulot, shu jumladan, yalpi ichki mahsulot va milliy daromad ishlab chiqariladi. I.ch.ning ijtimoiy tavsifi turli neʼmatlar i.ch.da jamiyat aʼzolarining mehnat kooperatsiyasi asosida oʻzaro aloqada, birgalikda iqtisodiy faoliyat koʻrsatishlarini anglatadi.I.i.ch. yaratilgan neʼmatlarning kishilar ehtiyojlarini qondirish xususiyatlariga koʻra, moddiy va nomoddiy i.ch. sohalariga boʻlinadi. Moddiy i.ch., oʻz navbatida, moddiy neʼmatlar i.ch. va moddiy xizmatlar koʻrsatish sohalarini oʻz ichiga oladi. Xuddi shuningdek, nomoddiy i.ch. ham nomoddiy neʼmatlar i.ch. va nomoddiy xizmatlar koʻrsatish sohalariga boʻlinadi (qarang Ishlab chiqarish).Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan va faoliyat koʻrsatayotgan ijtimoiy jamgʻarmalar (2002 yil sentyabr)"Navroʻz" xalqaro xayriya jamgʻarmasiImom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi"Ekosan" xalqaro Oʻzbekiston ekologiya va salomatlik jamgʻarmasi"Sogʻlom avlod uchun" xalqaro xayriya jamgʻarmasiBobur nomidagi xalqaro jamgʻarmaSharof Rashidov nomidagi xalqaro jamgʻarmaFan va madaniyat xalqaro jamgʻarmasiOrolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiAmir Temur xalqaro xayriya jamgʻarmasiTolibjon Sodiqov nomidagi xalqaro musiqiy xayriya jamgʻarmasiIbn Sino xalqaro jamgʻarmasi"Minnatdor xotira" xalqaro xayriya jamgʻarmasiButun jahon kurashni rivojlantirish jamgʻarmasi"Meros" ilmiy-amaliy ekspeditsiya xalqaro xayriya jamgʻarmasiAkademik Habib Abdullayev nomidagi xalqaro jamgʻarma"Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi"Sharq ayoli" xalqaro ayollar jamgʻarmasi Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasining Rus pravoslav cherkovi "Blagovest" xalqaro xayriya jamgʻarmasiOʻzbekiston "Mahalla" xayriya jamgʻarmasi"Abdulla Qodiriy" jamgʻarmasiAlisher Navoiy jamgʻarmasiToshkent avtomobil yoʻllari intining "Talaba" jamgʻarmasiOʻzR ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasiOʻzbekiston Bolalar jamgʻarmasi"Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi" xalqaro jamoat harakatini rivojlantirish jamgʻarmasiIlmiy-texnika jamgʻarmasiOʻzbekistonda futbolni rivojlantirish jamgʻarmasiOʻzbekistonda tennisni rivojlantirish jamgʻarmasiOʻzbek Badiiy akademiyasi maxsus jamgʻarmasi"Us toz" respublika jamgʻarmasi"Nuroniy" jamgʻarmasiMuzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika "Oʻzbek muzey" jamgʻarmasiDehqon va fermer xoʻjaligi xayriya jamgʻarmasiOʻzbekiston "Artmadad" maxsus jamgʻarmasiOʻzbek milliy raqs jamgʻarmasiToshkent islom universitetini rivojlantirish jamgʻarmasiJahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini rivojlantirish jamgʻarmasiShahidlar xotirasi xayriya jamgʻarmasiAfgʻon urushi nogironlari respublika xayriya jamgʻarmasiOʻzbekiston koʻzi ojiz va zaif bolalarni hamda yoshlarni reabilitatsiya qilish boʻyicha "Panoh shuʼlasi" jamgʻarmasiOʻzR boksni rivojlantirish, qoʻllabquvvatlash jamgʻarmasi"Ofarin" Oʻzbekiston jamgʻarmasiKoreys tadbirkorlarini qoʻllabquvvatlash jamgʻarmasiEstrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasiOʻzbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashuvchi xayriya jamgʻarmasiOʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi faxriylari xayriya jamgʻarmasiAdabiyot jamgʻarmasi"Semurgʻ" xayriya jamgʻarmasi[1] Sof ijtimoiy ne’mat- bu barcha fuqarolar tomonidan, jamoa tomonidaniste’mol qilinadigan ne’mat bo’lib, ushbu iste’mol alohida insonning ushbu ne’matuchun pul to’lashi yoki to’lamasligiga bog’liq emas. Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi. R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega. R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi. Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi."Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992-yil 3 avgust) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26 aprel) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dekabr) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o’ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda. Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta‘minlash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Xususan, Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish qat’iy belgilab qo’yildi.
Ushbu majmuani tayyorlashda ma‘ruza va seminar mashgulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda, fanning predmeti va asosiy vazifalari, fanni Namangan davlat universitetida o’qitish xususiyatlari e‘tiborga olingan, hamda mualliflarning o’quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan foydalanilgan.O’quv uslubiy majmuaning maqsadi - talabalarga hozirgi zamon raqobat nazariyalari tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish tendensiyalari ҳamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.O’quv uslubiy majmua yordamida o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarning milliy iqtisodiyot amal qilishining mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo’jaligi faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma‘ruza materiallarini o’zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiyotiga oid nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish, O’zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlari, uning natijasi, milliy iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy xo’jaligi uchun maqsadga muvofiq faoliyat yo’nalishlarini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi hamda milliy iqtisodiyotning amal qilishi, korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog’liq ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo’lishi nazarda tutiladi.«Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» iqtisodiy fan bo’lishi bilan birga amaliy iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o’rganadi, milliy iqtisodiyot rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu fanni o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.Talabalarning «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari » fanini dastur doirasida yetarli saviya va darajada o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy interfaol usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda, fan bo’yicha bilim berishda va o’qitishda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari tahliliy materiallari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan statistik va tahliliy to’plamlar materiallari ishlatiladi. Yashab turgan davrimizning xususiyati har bir sohaning tubdan va sifat jihatidan yangilanish, oldimizga qo’yilgan maqsadga erishishning aniq vazifalarini ifoda etadi. bu esa har birimizdan qilayotgan ishimizni qayta ko’rib chiqishni va yangicha yondoshuvni talab qilmoqda. «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» fani davlatning iqtisodiy siyosatini asoslab berish bilan birga, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan bir davrda yoshlarimizning iqtisodiy bilimga chanqoqligini qondirishdagi asosiy nazriy fandir. Tadbirkorlik sohasi, boshqaruv tizimi bevosita ishlab chiqarish va biznesda ham chuqur nazariy va amaliy bilimlarsiz harakat qilish tahlikali va samarasizdir. Hozirgi kunda daromadning miqdori ham ishchi kuchining malakasi va tajribasiga bog’liq bo’lib qolmoqda.SHu borada « Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» fanidan olgan bilimlarni yanada chuqurroq o’zlashtirishi va talabni mustaqil ishlashga undash maqsadida quyidagi masalar to’plami taklif qilinmoqda. Tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish orqali samarali raqobat muhitini yaratish maqsadida mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish, narxni ortiqcha tartibga solishdan voz kechish va davlatning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, oldimizda davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar monopoliyasining iqtisodiyot raqobatbardoshligiga salbiy ta’sirini yanada kamaytirish, imtiyoz va preferensiyalar berish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tartibga solish yukini pasaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar turibdi. Tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni ta’minlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: imtiyozlar, preferensiyalar va faoliyatni amalga oshirish uchun eksklyuziv huquqlar shaklida ko‘rsatilayotgan davlat ko‘magining samaradorligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish hamda ular raqobat muhitiga salbiy ta’sir etgan taqdirda, ularni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish;Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda alohida tartib o‘rnatilgan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning xaridlari ustidan davlat nazoratini olib borish;davlat organlarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzuvchi qarorlarini bekor qilish va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan chora qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish; maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi.Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo‘jaliklaming tar­moq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilami kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo‘ladi. Bozor xo‘jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bo­zor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo‘ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;2) raqobatni himoya qilish. Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelibchiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega:1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;2) resurslami qayta taqsimlash;3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qi­lish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shartsharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi.Bozor iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosnita’minlash quyidagi tadbirlaming amalga oshirilishini taqozo qiladi: xususiy. korxonalaming huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash;korxonalar,resurslami yetkazib bemvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlami tartibga soluvchi qonuniy bitimlami ishlab chiqish va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida» va «Aksionerlik jamiyatlari to‘g‘risida»gi qonunlari hamda ularga kiritilgan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur huquqiy asosnita’minlashga qaratilgan.Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o‘z ichiga ichki tartibni saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchash standartlarini belgilash, tovar va xizmatlarayirboshlashni yengillashtirish uchun milliy pul tiziminimuomalaga kiritish kabilami oladi.Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo‘lib xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar yoki iste’molchilaming ehtiyojlariga ishlab chiqamvchi va resurs yetkazib beruvchilami bo‘ysundiradi. Raqobat sharoitida ko‘plab xaridorlar tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilaming taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurs yetkazib bemvchilar iste’molchilaming faqat bozor orqali hisobga olinadigan xohishlariga moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga bo‘ysunuvchi, raqobatlashuvchi ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o‘z mavqelarining mustahkamlanishini kutadi, kim bozor qonunlarini buzsa, zarar ko‘radi vaoxir-oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida xaridor bu xo‘jayin, bozor ulaming gumashtasi, korxona esa ularning xizmatkori hisoblanadi.Iqtisodiyotda sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘mini monopoliyalar egallaganda, ulaming bozorga ta’sir ko‘rsatish yoki undagi narxlami o‘z manfaatlarini ko‘zlab o‘zgartirishimkoniyati paydo bo‘ladi. Monopoliyalar o‘zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ularga ancha yuqorinarx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishimumkin.Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o‘matiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli bozor mavjud bo'lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga standartlami o‘matadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi.Bozor tizimi kishilaming tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va mala- kasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ulaming yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo'lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo‘lmagan a’zolari, qariyalar,nogironlar, ishsizlar yolg‘iz va qaramog‘ida bolalari bo‘lgan ayollar juda kamdaromad oladi yoki bo­zortizimi doirasida ishsizlar kabi umumandaromadga ega bo‘lmaydi.Qisqasi,bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jami­yat a’zolari o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklami keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi.Buvazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan,transfert to‘lovlarimuhtojlami, nogironlami vabirovning qaramog‘ida bo‘lganlami nafaqalar bilan, ishsizlami ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionyerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag‘larini jamiyatning kam daromad olgan yoki umuman daromadga ega bo‘lmagan a’zolari hisobiga qayta taqsimlaydi. Ikkinchidan, davlat bozomi tartibga solish yo‘li bilan, ya’ni talab va taklif ta’sirida o‘matiladigan narxlami o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlaming taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Me’yordagi oziqovqat tovarlariga o‘matiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining ma’lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarining yana bir misolidir.Davlat jamiyat a’zolari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.Bozormexanizmining resurslami qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki holatda ko‘rinadi, ya’ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma’lum tovarlar va xizmatlaming kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslaming har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi. Resurslaming qaytataqsimlanishi tovarlami ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish bilan bog‘liq foyda yoki zarar uchinchi tomonga,ya’ni bevosita xaridor yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga «siljigan» chog‘da vujudga keladi. Bu qo‘shimcha samara deb ataladi,chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar hissasiga to‘g‘ri ke­luvchi foyda yoki zarami ifodalaydi. Bunga atrof-muhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin.Kimyo korxonasi o‘zining sanoat chiqindilarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu ushbu suv havzasida cho‘miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi aholiga zarar keltiradi. Ishlab chiqaruvchi esa atrof-muhitni muhofazalovchi inshoot va qurilmalar o‘matmaslik hisobiga o‘z ishlab chiqarish xarajatlarining ancha past darajasini ta’minlaydi. Resurslaming nomutanosib taqsimlanishinatijasida vujudga keladigan bunday holatlami tartibga solish uchun davlat qonunchiliktadbirlarini qo‘llaydi yoki maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi. Masalan, atrof-muhitva suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki cheklovchi qonunlar ishlab chiqaruvchilami o‘zlarining sanoat chiqindilarini ishlab chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va o‘matish bilan yo‘qotishga majbur qiladi. Shuningdek, davlat maxsussoliqlami kiri­tish orqali atrofmuhitning ifloslanishidan boshqalarga kelishi mumkin bo‘lgan zarami korxonalarning o‘ziga yuklashga harakat qiladi. Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslaming nomutanosib taqsimlanishi keltirib chiqaradigan oqibatlami yumshatishga ham harakat qiladi.Birinchidan, iste’molchilaming muayyan tovar va xizmatlami xarid qilish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ulaming talabi kengaytiriladi.Masalan, respublikamizda bozormunosabatlariga o‘tishning dastlabki davridaoziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi past daromadli oilalaming oziqovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini oshirdi va shu orqali resurslaming nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qildi. Ikkinchidan, davlat taklifhi oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchi laming zararlarini qisqartiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslaming yetishmasligi muammosini bartaraf qiladi. Uchinchi- dan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlaming ishlab chiqaruvchisisifatida chiqadi.Bunday tarmoqlar davlat mulkiga asoslanadi va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ulami moliyalashtirishni davlat o‘zzimmasiga oladi. Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro‘y beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.Davlat byudjet mablagiari hisobiga resurslami xususiy sohada qollanilishdan bo‘shatadi hamda ulami ijtimoiyne’mat va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltirishi mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti tarkibida muhim o‘zgarishlami amalga oshirish maqsadida resurslami qayta taqsimlaydi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta’minlash, to la bandlik va narxlaming barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o ‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisob­lanadi. Bozor tizimi kishilaming tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ulaming yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo'lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo‘lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar,ishsizlar yolg‘iz va qaramog‘ida bolalari bo‘lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bo­zor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‘lmaydi. Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklami keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan,transfert to‘lovlari muhtojlami, nogironlami va birovning qaramog‘ida bo‘lganlami nafaqalar bilan, ishsizlami ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionyerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag‘larini jamiyatning kam daromad olgan yoki umuman daromadga ega bo‘lmagan a’zolari hisobiga qayta taqsimlaydi.Ikkinchidan, davlat bozomi tartibga solish yo‘li bilan, ya’ni talab va taklif ta’sirida o‘matiladigan narxlami o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlaming taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Me’yordagi oziqovqat tovarlariga o‘matiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining ma’lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgantadbirlarining yana bir misolidir. Davlat jamiyat a’zolari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.Bozor mexanizmining resurslami qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki holatda ko‘rinadi, ya’ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma’lum tovarlar va xizmatlaming kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslaming harqandayturini ajratish holatida bo‘lmaydi.Resurslaming qaytataqsimlanishi tovarlami ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish bilan bog‘liq foyda yoki zarar uchinchi tomonga, ya’ni bevosita xaridor yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga «siljigan» chog‘da vujudga keladi. Bu qo‘shimcha samara  deb ataladi,chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar hissasiga to‘g‘ri keluvchi foyda yoki zarami ifodalaydi. Bunga atrofmuhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o‘zining sanoat chiqindilarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu ushbu suv havzasida cho‘miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi aholiga zarar keltiradi.Ishlab chiqaruvchi esa atrof-muhitni muhofazalovchi inshoot va qurilmalaro‘matmaslik hisobiga o‘z ishlab chiqarish xarajatlarining anchapast darajasini ta’minlaydi.Resurslaming nomutanosib taqsim- lanish natijasida vujudga keladigan bunday holatlami tartibga solish uchun davlat qonunchiliktadbirlarini qo‘llaydi yoki maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi. Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki cheklovchi qonunlar ishlab chiqaruv- chilamio‘zlarining sanoat chiqindilarini ishla chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va o‘matish bilan yo‘qotishga majbur qiladi. Shuningdek, davlat maxsus soliqlami kiri­tish orqali atrof-muhitning ifloslanishidan boshqalarga kelishi mumkin bo‘lgan zarami korxonalarning o‘ziga yuklashga harakat qiladi.Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslaming nomutanosib taqsimlanishi keltirib chiqaradigan oqibatlami yumshatishga ham harakat qiladi. Birinchidan, iste’molchilaming muayyan tovar va xizmatlami xarid qilish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ulaming talabi kengaytiriladi. Masalan, respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi past daromadli oilalaming oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini oshirdi va shu orqali resurslaring nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qildi. Ikkinchidan, davlat taklifhi oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilaming zararlarini qisqartiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslaming yetishmasligi muammosini bartaraf qiladi. Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlaming ishlab chiqaruv­chisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlardavlat mulkiga asoslanadi va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ulami moliyalashtirishni davlat o‘zzimmasiga oladi. Fan, ta’lim, sog‘liqnisaqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro‘y beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.Davlat byudjet mablagiari hisobiga resurslami xususiy sohada qollanilishdan bo‘shatadi hamda ulami ijtimoiy ne’mat va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltirishi mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti tarkibida muhim o‘zgarishlami amalga oshirish maqsadida resurslami qayta taqsimlaydi.Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta’minlash, to la bandlik vanarxlaming barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o ‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisob­lanadi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini astasekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan bu yo‘nalishda faol harakat qilishni talab etdi. Shu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida «Marketing asoslari» fanini o‘rganishga kirishishdi. «Marketing asoslari»ni o‘rganish hamda o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing asoslari» fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o‘rganilayotgan bo‘lsa, shunday qabul etishga urinamiz. Tabiiyki u holda, biz turli to‘siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat, iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada qabul ham eta olmaydi. Chunki, O‘zbekistonda bozor munosabatlari so‘nggi davrlarda rivojlana boshladi. Shuning uchun ham biz «Marketing asoslari» fani rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlariga ko‘proq e’tiborni qaratib, uning shunday bosqichlarini topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiyoti faoliyati darjasiga ko‘proq javob bersin. Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko‘pgina mutaxassislar marketingdan faqat bozor tovarlarga mo‘l-ko‘l bo‘lgandagina unumli foydalanish mumkin, deb hisoblaydilar. Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo‘lganda samaralidir. Lekin, «Marketing asoslari» fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi ahamiyati juda katta. Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o‘rgatadigan asosiy fan. Marketing eng avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. «Marketing asoslari» - bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilarni o‘rganadigan fandir. Iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovar yoki xizmatni vujudga keltirish va mijozni unga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bugungi kun marketingi nazariyasi hamda 15 amaliyotining mohiyatini tashkil etadi. Zamonaviy marketingni maqsadi, mijozlar ehtiyojini qondirishdan iborat. Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir. Hozirgi kunda, oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni «Marketing» fani orqali singdiriladi. Faqat «Marketing asoslari» fanigina hammamiz uchun juda murakkab bo‘lgan «raqobat» tushunchasini to‘g‘ri yoritadi. Biz raqobatni tushunib etishimiz va uning qurshoviga tushganda ham dadil va samarali ishlashni o‘rganishimiz zarur. «Marketing asoslari» fani shu bilan bir qatorda iste’molchi xulqini modellashtirish, tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‘batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o‘rganadi. «Marketing asoslari» fani bozorni xo‘jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya’ni ularni u erda namoyon bo‘lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. SHu tufayli barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u erda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak. Shuni qayd etish lozimki, «Marketing asoslari» bo‘yicha xorijiy tajribani korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish juda cheklangan. Bizning korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‘liq holda, ya’ni bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati o‘rtasidagi prinsipial farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada masalaga milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos xusiyatlarini, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda yondashish zarur. «Marketing asoslari» fani keng qirradagi oliy ma’lumotli zamonaviy raqobatbardosh iqtisodchilarni (marketologlarni) shakllantiradigan asosiy mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi talabalarga marketingni asosiy uslublarini va tamoyillarini o‘rgatishdan iboratdir. Mazkur darslik uchinchi marta qayta nashr etilmoqda. Avvalgilaridan farqli ravishda ushbu darslik 13 ta bobdan iborat bo‘lib, unda marketing asosari fanining 16 predmeti, mazmuni va vazifalari, marketingni rivojlanish evolyusiyasi va konsepsiyasi, marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari, marketing faoliyatini axborot ta’minoti, marketing tizimi va sohasi, marketing faoliyatini rejalashitirish, talabni qondirishni tadqiq qilish va prognoz qilish, bozor segmentasiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya siyosatlari, raqobat va raqobatbardoshlik kabi bob va mavzular qayta ishlandi, tubdan takomillashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjatning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. So‘nggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, suv iste’molini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilgan holda suvdan foydalanish, shu jumladan, suv ta’minoti va suv chiqarish sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.Suvdan foydalanishni samarali tartibga solishni ta’minlash uchun suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yangi tuzilmalar yaratilgan, suv ta’minoti va suv chiqarish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.Biroq global iqlim o‘zgarishi tufayli respublikada quruq fasllarning davomiyligi oshib bormoqda, tog‘larda qor zaxiralari maydoni kamaymoqda, kamsuvlik takrorlanishi tobora ko‘paymoqda, bu esa, o‘z navbatida, suv tanqisligi kelib chiqish xavfining oshishiga olib keladi.Shu bilan birga, mamlakat suv balansini boshqarishda vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish zarur darajada olib borilmayapti, shuningdek, suv resurslari sifati va xavfsizligi monitoringini amalga oshirishning samarali tizimi yaratilmagan.
Suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining xavfsiz va sifatli suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, suv balansini boshqarishning samarali tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) tomonidan yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining suv ta’minoti va suv chiqarish tizimini rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasi ishlab chiqilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin:respublikaning Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlashning yagona markazlashtirilgan tizimini yaratish, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish;
respublika suv ta’minoti korxonalari negizida suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlari ob’ektlarini ekspluatatsiya qilishda yagona operator funksiyasini bajarishni amalga oshiradigan alohida korporativ tuzilmani tashkil etish;respublikaning suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishni va ushbu sohadagi barcha biznes jarayonlarini raqamli formatga o‘tkazishni ta’minlaydigan “Raqamli suv ta’minoti korxonasi” tizimini joriy etish;soha korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni amalga oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb etish;zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.Vazirlik Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlashni muvofiqlashtirish sohasida, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlarning ma’lumotlarini to‘plash, umumlashtirish va tizimlashtirish orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etish;suvni hisobga olishning holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi monitoringini o‘tkazish, zarur bo‘lganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;toza ichimlik suvining strategik zaxiralarini yaratishni tashkil etish, shu jumladan, katta hajmdagi zaxira manbalarini barpo etish;suvdan foydalanish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, suvning miqdori va sifatini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtirish, ularning respublika suv balansining yagona axborot tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash.Vazirlikning markaziy apparati tarkibiga Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlash, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni tashkil qilish va muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.Vazirlik markaziy apparati tarkibida:Yagona suv balansini shakllantirish va monitoring qilish bosh boshqarmasi;Yagona davlat suv fondi suvlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash boshqarmasi;Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi tuzilsin.Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlikda yangi tashkil etilayotgan boshqarmalarning shtatlari soni Vazirlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining tegishli shtatlar sonini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etib, amaldagi vazifa va funksiyalarini, shuningdek, moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Vazirlik tarkibiga o‘tkazish;“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish va uning ustav kapitalini mazkur Farmonning 1-ilovasida ko‘rsatilgan Vazirlikning davlat unitar korxonalari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini topshirish hisobiga shakllantirish, shuningdek, ushbu korxonalarni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tuzish;2020 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining ko‘rsatilayotgan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha funksiyalarini “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:Vazirlik tomonidan Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi respublika suv balansining yagona axborot tizimi yuritiladi;O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarini tizimli ravishda Vazirlikka taqdim etib boradi;Vazirlik suvni hisobga olishning to‘g‘riligini, uning xavfsizligi va sifatini tasdiqlangan va yangilangan ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasiga kiritgan holda monitoring qiladi, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi hamda ularni suvdan foydalanishni tartibga solish sohasidagi vakolatli organlar va tashkilotlarga jo‘natadi;Vazirlik tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga suvni hisobga olish holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash, shuningdek, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish to‘g‘risidagi hisobotni aniq takliflar bilan taqdim etib boradi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom va respublika aholisini suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.Moliya vazirligi Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda suv ta’minoti korxonalarining xalqaro moliya institutlari oldidagi qarzdorligini xatlovdan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga moliyaviy yukni kamaytirgan holda uni qoplash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda kelgusi yillarda xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan suv ta’minoti va suv chiqarish tizimini yaxshilash bo‘yicha loyihalar ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, past rentabelli loyihalar va taqdim etilayotgan xizmatlardan kredit qoplanishi 50 foizdan kam bo‘lgan loyihalarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymagan holda ular bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishni ta’minlasin.

Poydalanilgan adabiyotlar


OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
www.ziyonet.uz
Download 46.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling