8-MAVZU: RAQOBAT VA MONOPOLIYA.
1. Raqobatning iqtisodiy mazmuni va rivojlanish bosqichlari
2. Monopoliya, uning vujudga kelishi va turlari
3.Monopoliyaning afzalliklari va kamchiliklari
Reja:
RAQOBAT TURLARI
Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat:
Tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish, yuqori narxlarda sotish va bozordagi mavqeini mustahkamlash orqali eng ko‘p foyda olishga qaratiladi.
Resurs egalari o‘rtasidagi raqobat:
O‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish orqali ko‘proq omilli daromadga ega bo‘lishga qaratiladi.
Iste'molchilar o‘rtasidagi raqobat:
Daromadlarning mavjud darajasida ko‘proq miqdordagi tovarlarni sotib olishga, ya'ni sarflagan puli evaziga ko‘proq naflilikga ega bo‘lishga qaratiladi.
Raqobatchilik muhiti-bu raqobat uzluksiz va cheklanmagan xolda borishi uchun kerakli shart sharoitning mavjudligidir bunday muxit erkin raqobatli bozorga xosdir. Raqobat usullari – raqobat kurashida qo‘llaniladigan vosita va dastaklardan iborat bo‘lib, bunda raqobat narx vositasida va narxsiz raqobatlashish usullari orqali amalga oshiriladi. Raqobatning rivojlanish bosqichlari: 1. Oddiy tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan raqobatchilik, bosqichi. 2. Sof yoki erkin raqobatga asoslangan bosqich. 3.Monopolistik raqobat bosqichi. 4.Xozirgi zamon madaniy jixatdan rivojlangan raqorbatchilik bosqichi.
1.Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning bozordagi mavqeiga ko‘ra:
- sof yoki erkin raqobat;
- oligopoliya
- sof monopoliya
2.Miqyosiga ko‘ra:
- tarmoqlar ichidagi raqobat;
- tarmoqlar o‘rtasidagi raqobat;
- milliy xo‘jalik doirasidagi raqobat;
- jahon xo‘jaligi doirasidagi raqobat.
Do'stlaringiz bilan baham: |