Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
OILANI O’RGANISH. Oila jamiyat rivojlanib borar mas’uliyatlari ham demografik taraqiyoti va uni maxsuli sifatida tashkil topar ekan, uning jamiyat oldidagi o’z oshib boradi. Bu mas’uliyat. Oila zimmasiga yuqorida aytilanidek, inson naslini, jamiyatni davom ettiruvchi avlod yaratish, ularni tarbiyalash, kamolga yetkazishdek vazifalarni yuklaydi. Oila ushbu vazifalarni bajarar ekan, o’zi ham ma’lum ma’noda taraqqiy etib boradi. Oilaning taraqqiy etishini u bajarayotgan vazifalar mohiyatiga binoan uch yo’nalishda belgilash maqsadga muvofiqdir. Oilaning demografik taraqqiyoti. Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti. Oilaning iqtisodiy taraqqiyoti. Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti oila a’zolarining ma’lumotlilik darajasi, ijtimoiy mavqei, salomatligi borasidagi hamda ularning ta’lim - tarbiya, urf -odat, fan va madaniyat, tabiat va jamiyatga bo’lgan munosabatlarinint takomllashib borishidir. Oilaning oziq-ovqat, kiyim - kechak, uy -joy va boshqa yashash uchun zarur bo’lgan narsalar bilan ta’minlanish darajasining o’zgarib borishi, uning iqtisodiy taraqkiyotini belgilaydi Oilaning demografik taraqqiyoti deganda esa, oilaning tashkil topishi, miqdori, demografik tarkibi va faoliyatining ma’lum davrlarda o’zgarib borishi tushuniladi. Ko’rinib turibdiki, oila o’z mohiyati bilan jamiyat xayotining turli qirralarini aks ettiradi. Shuning uchun xam oila qator ijtimoiy fanlarning o’rganish mavzusidir. Demografiya oilani o’rganar ekan, asosiy e’tiborni uning avlod yaratuvchilik, jamiyatni davom ettiruvchilik faoliyatiga qaratadi. Oilaning demografik taraqqiyoti, asosan statistik ma’lumotlar yordamida o’rganiladi. Bunday ma’lumotlar esa, oilani muntazam ro’yhatga olib borish va aholi o’rtasida sobiologo-demografik - 29 - tadqiqotlar o’tkazish yo’li bilan to’planadi. Oila xaqidagi statistik ma’lumotlar, ularning tuzilish tizimi jaxondagi hamma davlatlarda ham aynan bir xil emas. U xar bir davlat statistikasi uchun qayd etilgan oilaning statistik tushunchasiga va o’tkazilayotgan aholi ro’yxati dasturiga bog’liqdir. Dastur tuzishda aholining oilaviy tarkibi, oilaviy yashash turlari asos qilib olinadi. Qator iqtisodiy rivojlangan davlatlarda oiladagi farzandlar kamolot yoshiga yetib oila qurgach, ular iqtisodiy jixatdan mustaqil yashaydilar va aloxida oila hisoblanadilar. Ba’zi davlatlarda esa 20 yoshdan oshgan xar bir yigit qiz oila qurmasa xam, o’zi aloxida oila xisoblanadi. Yana boshqa davlat statistikasida turmush qurib ota - onasi oilasiga qaytib kelsa xam ularni aloxida oila yoki yolg’iz yashovchilar qatorida hisoblanadi. Ba’zi xollarda qarindosh, qondosh bo’lmagan begona kishilar ham bir oila bo’lib yashaydilar. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling