Aholi geografiyasining boshqa


Download 51 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi51 Kb.
#1708269
1   2   3
Bog'liq
Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi

Demografiya – grekcha – demos – “xalq” va grafiya – “tasvirlash” so’zlaridan iborat bo’lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, xududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o’zgarishi va bu o’zgarishning sabablarini, aholidagi o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning aloqalarini o’ziga xos istedodlar bilan o’rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi. Ko’rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya o’rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin. Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o’rganadigan va aholiga taluqli bo’lgan demografik statistika tomonidan to’planadigan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya ham o’z navbatida o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi geografik farqlar va u farqlarning sabablariga qiziqadilar. Shunday qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o’rtasida birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qator muammolar vujudga keladiki, bularni faqatgina ana shu ikki fan chegarasida vujudga kelgan yo’nalish – demogeografiya hal qiladi.
Aholi geografiyasi etnografiya bilan ham chanbarchars bog’liq. Etnografiya – xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy – tarixiy aloqalarini o’rganadi.
Etnografiya xalqlarning etnik birligi urug’, qabila, elat, millat, xalqlarning geografik tarqalishi bilan ham qiziqadi. Xalqlarning geografik tarqalishi masalalarini etnografiya o’rganadi. Etnografiyani ayni vaqtda etnografiya ham, aholi geografiyasiga ham kiritish mumkin, to’g’rirog’i, ular chegarasida vujudga kelgan yo’nalishidir.
Shunday qilib, aholi geografiyasining demografiya va etnografiya fanlari bilan aloqasi va hamkorligi juda yaqin va kengdir. Shu narsani qayd qilish kerakki, aholi geografiyasi aholini demografiya va etnografiyaga nisbatan chuqurroq va har tomonlama o’rganadi. Chunki, aholi geografiyasi aholini o’rganayotganda uning xo’jalik va tabiat bilan aloqalarini chuqur tahlil qiladi, bu o’zaro aloqa va munosabatlarning o’rganilayotgan har bir tumanda vujudga kelish xususiyatlarini aniqlaydi, aholi geografiyasi muammolarini shular bilan bog’lab tushuntiradi.
3) Antropologiya – odamlarning paydo bo’lishi, kishi organizmining evolyusiyasi va undagi jismoniy o’zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek irqlarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o’rganadigan fan. Aholi geografiyasining asosiy o’rganish ob’ekti bo’lgan kishilarning mehnat faoliyati, turmush sharoiti va madaniyati, aholi punktlarining xududiy shakllaridagi farqlar bilan bog’liq emas. Aholi geografiyasining mehnat resurslari va ulardan foydalanishini o’rganadigan yo’nalishni iqtisodiyot fanining mehnat iqtisodiyoti va uni tashkil qilish yo’nalishi bilan yaqindan aloqadordir. Jumladan, geograflar mehnat resurslarni o’rganishda iqtisodchilarning mehnat balansi tuzish kabi ayrim qo’llanmalaridan keng foydalanadi. Ammo iqtisodchilar va geograflar mehnat resurslaridan o’rganishida bir-birlarining tadqiqotlarini takrorlamaydilar. Ma’lumki, iqtisodchilar mehnat unumdorligi kabi masalalarni ayrim korxonalar yoki ayrim xo’jalik tarmoqlari miqyosida o’rganadilar. Geograflarning asosiy vazifalari esa, mehnat resurslarining xududiy tashkil topishi va ulardan foydalanishning regional masalalarini taxlil qilishdan iborat.
Nihoyat, aholi geografiyasi bir qator ilmiy-amaliy fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Shuningdek, aholi geografiyasi har bir tumanning tabiiy – iqtisodiy sharoitlarini e’tiborga olgan xolda, ularning rivojlanish istiqbollari haqida asosli takliflar berishi mumkin. Aholi geografiyasi o’z navbatida, ilmiy-amaliy fanlarning ayrim qo’llanmalaridan foydalanadi.


Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling