Aholi royxati: moxiyati,kategoriyalari va ko’rsatkichlar
Aholining takror barpo bo‘lishi
Download 94 Kb.
|
Aholi royxati moxiyati,kategoriyalari va ko’rsat
Aholining takror barpo bo‘lishi
Aholining takror barpo bo‘lishi jamiyat davomiyligini ta’minlovchi asosiy jarayon bo‘lib, inson avlodining muntazam yangilanib turishidir. Inson dunyoga kelib yashaydi, balog‘at yoshiga yetib, farzand ko‘radi, nasl qoldiradi. Bu uzviy jarayon tufayli jamiatda avlodlar almashadi, aholi takror va takror barpo bo‘laveradi. Aholining takror barpo bo‘lishi jamiyatning mavjudligini, aholi sonini o‘sib borishini ta’minlovchi jarayondir. Lekin, u bevosita ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Insonlar o‘z hayotlari davomida boshqa insonlarni dunyoga kelishiga omil bo‘ladi. Aholini takror barpo bo‘lish jarayoni ijtimoiy muhit uchun ham muhim omil sanaladi. Ayni vaqtda insonlar o‘z hayotlari uchun zarur narsalarni (oziq-ovqat, turar-joy va kiyim-kechak va h.k.) yaratib, ishlab chiqarishni rivojlantiradilar. Bu jarayonda insonning bilim, ilm darajasi, malakasi, hayotga, uzoq umr ko‘rishga bo‘lgan intilishi, harakati kuchayib boradi. Demak dunyoga kelgan inson jamiyatda yashashi bilan uning sifatiy xususiyatlari ham rivojlanadi. Mutaxassislar aholi takror barpo bo‘lishini aholining uch asosiy: tabiiy, hududiy (migratsiya) va sosial harakatlari yig‘indisi sifatida tahlil etadilar. Aholining takror barpo bo‘lishida uning tabiiy harakati, ya’ni tug‘ilish va o‘lim asosiy omil hisoblanadi. Tug‘ilishning yuqori bo‘lishi aholi takror barpo bo‘lishi jarayonini kuchaytiradi va aholi sonini ko‘payib borishiga olib keladi. Avlodlarning almashinuvi, ularning uzoq yashashi esa o‘lim jarayoniga bog‘liqdir. O‘z navbatida inson hayotida o‘limning sodir bo‘lishi qator endogen va ekzogen omillar, hamda jamiyatdagi sosial muhit bilan bog‘liqdir. Inson hamisha uzoq umr ko‘rishga intiladi. Har bir jamiyatda insonning uzoq umr ko‘rishi, avlodlar salomatligi uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi. Natijada insonlarning uzoq umr ko‘rishiga: o‘lim hollarini esa sotsial chora tadbirlar bilan boshqarishga erishiladi. Avlodlarni uzoq-umr ko‘rishi, tashqi muhit bilan uzoq muloqotda bo‘lishi uning demografik mayliga ham ta’sir ko‘rsatadi. Aholi tez sur’at bilan kamayib borishiga ham omil bo‘ladi. Natijada avlodlar o‘rtasida tug‘ilishni, ya’ni nasl qoldirishni boshqarish hollari keng tarqala boshlaydi. Demak, aholining takror barpo bo‘lishi uning tabiiy harakatiga bog‘liq. Aholi tabiiy harakati esa o‘z navbatidagi sosial muhit ta’sirida o‘zgarib boradi. Ma’lum hudud va davlat aholisining takror barpo bo‘lishida aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, ya’ni hududiy harakati ham ahamiyatlidir. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rasatishicha aholi takror barpo bo‘lishining asosi bo‘lgan tug‘ilish, shahar turmush tarzi ta’sirida kamayib borgan. Aksincha, qishoq turmush tarzi ta’siri tug‘ilishni nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishga olib kelgan. Aholining shahardan qishloqqa, yoki qishloqdan shaharga kelib yashashi bevosita uning reproduktiv mayliga ta’sir etib, tug‘ilishni kamayishi yoki ko‘tarilishiga olib keladi. Xuddi shunday aholining sosial harakati uning ma’lumotlilik darajasini oshib borishi, ilm malaka talab etgan xizmat doirasida faoliyat ko‘rsatishi, tibbiy bilimlardan ko‘proq xabardor bo‘lishi, uning uzoq umr ko‘rishiga, nasl qoldirish-farzandlar ko‘rishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling