Aholi sogʻlom turmush tarzini tashkil etishda jismoniy mashgʻulotlar va va notogʻri ovqatlanish bilan bogʻliq bólgan muammolar va ularning tahlili Annotatsiya


Key words: population, lifestyle, physical activity, unhealthy diet, minerals. Kirish


Download 29.1 Kb.
bet2/2
Sana21.10.2023
Hajmi29.1 Kb.
#1714353
1   2
Bog'liq
Aholi sogʻlom turmush tarzini tashkil etishda jismoniy mashgʻulotlar

Key words: population, lifestyle, physical activity, unhealthy diet, minerals.
Kirish
Respublikamizda sogʻliqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda.
Jumladan, 2025-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, 2022-yilga qadar yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyalari hamda sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan olingan saboqlar kasallikning ogʻirligi va oʻlim holatlarining katta qismi notoʻgʻri turmush tarzi tufayli kelib chiqadigan yoʻldosh kasalliklar bilan chambarchas bogʻliqligini koʻrsatdi.
Aholining sogʻlom ovqatlanishi va jismoniy faolligini taʼminlashda davlat siyosatini yana-da mustahkamlash, yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yana-da oshirish, har bir fuqaroda sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish maqsadida:
Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
a) 2021-yil 1-iyundan boshlab, 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan, 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar “A” vitamini bilan. 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlanadi;
b) 2022-yil 1-iyuldan boshlab, Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan, 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlanad.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur platformani ishlab chiqishda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda unda, jumladan, insonning tana vazni indeksini hisoblash, uning hayot tarzini hisobga olgan holda kunlik ovqatlanish meʼyorini tavsiya etish hamda isteʼmol qilinayotgan taom, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarning kaloriyasini hisoblash imkonini beruvchi toʻgʻri ovqatlanish boʻlimini yaratish bo`yicha 2021-yildan boshlab bir qancha islar amalga oshirilgan.
Homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar uchun amaldagi shtatlar doirasida alohida patronaj hamshirasini biriktirish;
Ushbu patronaj hamshirasi tomonidan umumiy holati qoniqarli va xavf guruhidagi aholini aniqlash hamda ular sogʻligʻining umumiy holatini differensiallashgan yondashuv asosida kuzatib borish;
Umumiy holati qoniqarli boʻlgan barcha homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalarni yagona meʼyor asosida bevosita kuzatish, ruhiy tushkunlik holati, bolaning toʻgʻri ovqatlanishi va rivojlanishi uchun sogʻlom muhitni taʼminlashda qiyinchiliklari mavjud xavf guruhidagi homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarning har biriga individual reja asosida kengaytirilgan yordam koʻrsatish.
“Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari, aholiga toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boradi.
Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tuman (shahar) boʻlinmalari shtatlari qayta koʻrib chiqildi.
Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiy xodimlari uchun diyetologiya boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini, aholi uchun ovqatlanish boʻyicha maslahatchi tayyorlash kurslarini tashkil etish bo`yicha bi qancha ishlar amalga oshirildi.
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutiga qoʻshimcha ravishda sogʻlom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosining asosiy turlarini kengaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini mikronutriyentlar bilan boyitish, aholining yoshi, jinsi, fiziologik holati, kasbi va kasalliklaridan kelib chiqqan holda sogʻlom va parhezli ovqatlanish hamda profilaktik tibbiyot masalalari boʻyicha canitariya qoidalari va meʼyorlarini tayyorlash, oʻquv dasturlarini ishlab chiqilib ilmiy tadqiqotlar olib borila boshlandi. 2021-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti bilan birgalikda aholining yoshi, jinsi, fiziologik holati va kasbiga koʻra guruhlari uchun tavsiya etiladigan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari hamda jismoniy mashqlar kompleksi ishlab chiqildi.
Markaz (B. T. Odilova) targʻibot ishlarini taniqli madaniyat vakillari va sportchilarni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda videorolik shaklida, aholi orasida infografik tarqatma materiallardan foydalangan holda olib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin. Bunda, ayniqsa, notoʻgʻri ovqatlanish va kam harakatlanishning inson salomatligiga salbiy taʼsiri, xususan buning oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar va ularning asoratlari hamda kasalliklar profilaktikasi va uni davolashda meva va sabzavotlarning xususiyatlari, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishning inson salomatligiga foydasini yoritishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi
Moliya vazirligi (T. A. Ishmetov, J. I. Abruyev) 2021-yildan boshlab toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha keng koʻlamli targʻibot ishlarini, jumladan, aholi va tibbiyot xodimlari uchun tarqatma materiallarni tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlarni moliyalashtirish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Davlat byudjetidan mablagʻlar ajratila boshlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Yu. Abduraxmonov) ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, xususan sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalarning tanlovlar asosida shakllantirilishini taʼminlasin.
Bir qator rivojlangan mamlakatlar, jumladan, G'arbiy Yevropa, AQSh, Yaponiyada o'tgan asrning 70-yillaridayoq, aholi salomatligining keskin yomonlashuvi sababli vujudga kelgan jiddiy vaziyatdan chiqish uchun aholining turmush tarzini o'zgartirish lozim degan xulosaga kelinib, aholi o'rtasida ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirishga kirishiladi. Ommaviy ravishda tamaki chekish, alkagolli ichimliklar ichish kabi zararli odatlardan voz kecha boshlandi. AQShda esa sigaret, aroq va boshqa spirtli mahsulotlarni reklama qilish taqiqlandi. Bu mamlakatlarda tana tuzilishi go‘zalligi, mustahkam sog‘liq, sport bilan shug‘ullanish va shu" kabilarga kundalik hayot me’yori, madaniylik belgisi deb qaraladi. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishning tashabbuskorlari (vrachlar, siyosatdonlaming) irodasi yagona shiorga: “Agarda biz jismoniy mashg'ulotlar bilan shug‘ullanmasak, o‘z organizmimizni chiniqtirmasak, ovqat sifatida kerakli va tabiiy xossaga ega mahsulotlarni iste’mol qilmasak, barchamiz infarkt, insult, diabet, ruhiy xastaliklar, allergiya kabi kasalliklaming qurboni bo‘lamiz” degan chaqiriqqa yo‘naltirildi. Buning natijasida AQSh va boshqa rivojlangan Yevropa mamlakatlarida millionlab aholining yugurish, piyoda yurish kabi mashg'ulotlarga jalb etilganligini ko'rsatib o'tishning o‘zi kifoya.
Turonzaminda bundan taxminan 3000 yil avval shakllangan va qaror topgan zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy kitobi hisoblangan “Avesto” (Abisto)da yaxshilik, insonparvarlik, axloq-odob, yurish-turish, saranjom-sarishtalik, poklik, soflik va tozalik, o'simlik va daraxt ko'kartirish beqiyos darajada ulugianadi. Bu nodir asar bundan o‘ttiz asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida - mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o `lkada buyuk davlat, buyuk m a’naviyat, buyuk madaniyat boiganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi. “Avesto” umuman koinot va zamin, inson va hayot, olim va abadiyat singari butun insoniyatga taalluqli jum boqlar, gunohlar va saboqlar haqida hikoya qiladi.
“Avesto”da dunyoning yaratilishi, insonning xalq bo`lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar Ellan kurashishi, erkinlik, ijodkorlik va bunyodkorlik yo`lidagi orzulari o‘z ifodasini topgan. “Avesto” - faqat odamnigina emas, balki bir hovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik havoning ham muqaddas ekanligi haqidagi kitob. “Avesto” - Yerning daryolar-u bog`lar, ko`lu sahrolar, ot-u tuyalar uyuri, o'simlig-u giyohlar, shahar va manzilgohlarning bunyod etilish tarixiga oid asar. U ko'rning ko'zini, karning qulog‘ini ochadi, zanglagan ko'ngillarni iymon suvi ila yuvadi, umidsiz bandalarga abadiyat chirog'ini tutqazadi. Qisqasi, hayot va oxirat ma’nosini odamlarga tushuntiradi.
O‘rta Osiyo xalqlari turmush tarzini va salomatligini baholashda, o'ziga xos geografik-iqlim sharoitlarida, asrlar davom ida yashab kelayotgan xalqlarning tarixi, milliy madaniyati, urf-odatlari va an’analari nuqtai nazaridan kelib chiqish birdan-bir to‘g‘ri yo`l hisoblanadi. o‘z umrlarini inson salomatligiga bag‘ishlagan buyuk allomalar AbuBakr Ar-Roziy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil Jurjoniy va boshqalar o‘zlari yashagan hududda tirikchilik qilgan xalqlarning turm ush tarzlarini mukammal o‘rganib, sog`lom turmush tarzining sharqona an’analarini shakllantirishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. O 'rta Osiyo mintaqasida o'ziga xos geografik iqlim sharoitlariga ko'ra ota-bobolarimiz dehqonchilik, chorvachilik kabi sermashaqqat - osiyocha ishlab chiqarish usuli bilan asrlar davomida shug'ullanib kelishgan, qo'riq yerlami o'zlashtirish, kanal qazib suv chiqarish, shaharlar qurish jarayonida turli xil m illat vakillari ahil bo'lib yashashgan. Dehqonchilik bilan bog`langan an’analar ota-bobolarimiz turmush tarzining ajralmas qismi bo'lib kelgan. Bunday mehnat ularga rizq ulashgan, salomatlik baxsh etgan. Ota-bobolarimiz o'zlarining hayotiy ehtiyojlarini, orzu-umidlarini aynan ana shu xildagi osiyocha ishlab chiqarish usuli orqali amalga oshirib kelganlar. Osiyocha ishlab chiqarish usuli ularning turmush tarzini belgilagan. Dehqonchilik mehnatiga bo'lgan bunday ehtiyojlarning qondirilishi olkamizni gullab-yashnagan vodiyga, bog'-rog'larga , tokzorlarga, gulzorlarga, bepoyon dala-yu, obod yaylovlarga aylantirib yuborgan. Bunday bog'-rogiar, bug‘doyzor-u sholizorlar, suruv-suruv qo'ylar, yilqilar odamlarga rizq berib qolmasdan, ularning salomatligiga, umrining uzoqligiga ta’sir ko'rsatgan, ularda o 'z davriga xos osiyocha sog'lom turmush tarzini shakllantirgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Sog`lom turmush tarsi asoslari, Rahmonov Arziqulov,

  2. https://xs.uz/uz

Download 29.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling