Aholi turmush darajasi statistikasi
Aholining madaniy-ma’rifiy darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
Download 91.73 Kb.
|
30 мавзу.AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI
Aholining madaniy-ma’rifiy darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarAholining madaniy- ma’rifiy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: Maktabgacha tarbiya muassasalari soni va ulardagi bolalar soni; Umumiy o‘rta ta’lim va litseylar soni va ulardagi o‘quvchilar soni; o‘rta maxsus kasb – hunar kollejlari va ularda o‘qiyotganlar soni. Oliy o‘quv yurtlari va ulardagi talabalar soni. Kutubxonalar, kitob fondi va kitobxonlar soni; Jurnal, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar soni; Tibbiyot va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar, bir shifokorga to‘g‘ri keladigan aholi soni, 10000 kishiga to‘g‘ri keladigan shifoxona o‘rinlari, vrachlar va shu kabilar. O‘zbekistonda yoshlarni tarbiyalashga, bolalarni sog‘lom qilib o‘stirishga, komil inson qilib tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi paytda yosh bolalarni maktabgacha tarbiya muassasiga jalb qilish qishloqdagiga nisbatan shaharda yuqoriroq O‘zbekistonda aholini tabiiy ko‘payishi yuqori darajada bo‘lganligi sababli, umumiy o‘rta ta’lim maktablardagi bolalar soni ham yildan – yilga ko‘payib bormoqda. Masalan: 1997 yili 5257 ming o‘quvchi bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib, o‘rta maktabdagi o‘quvchilar soni 5765 ming o‘quvchiga yetdi. Statistik malumotlar 2016/2017- yilda 9758 ta umum ta’lim muasasalari bo’lib ularda o’quvchilar soni 4825,0 ming kishini tashkil etdi. Hozirgi paytda oliy o‘quv yurtlari va boshqa ilmiy muassalarda ta’lim olayotgan mutaxassislarning sifatiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda 70dan ko`proq oliy o‘quv yurti bo’lib ularda 268,3 ming yaqin talabalar mutaxasislika o’qitilmoqda. Respublika budjetidan ta’lim sohasiga ajartilayotgan mablag‘lar mutloq summasida yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Masalan: 2016-yilda budjetdan maorif sohasiga 13831,7 mlrd so’m sarflangan bo’lib Davlat budjetining 34% ko’prog’ini tashkil etadi. O‘zbekiston hukumati aholining sog‘ligini himoya qilishga katta ahamiyat bermoqda. Sog‘liqni saqlashga davlat budjeti xarajatlarining 14,4%ni yani 2016 yilda 5811,6 mlrd so’m sarflanmoqda. Download 91.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling