Aholi turmush darajasi statistikasi


O‘zbekiston Respublikasida


Download 91.73 Kb.
bet7/9
Sana15.06.2023
Hajmi91.73 Kb.
#1476662
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
30 мавзу.AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI

O‘zbekiston Respublikasida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol
qilinishi (aholi jon boshiga, kilogramm hisobida) 15.3-jadval

Ko‘rsatkichlar

Yillar

2011 yilda
1991 yilga

1990

2000

2010

2016
















nisbatan
foizda

Non va non mahsulotlari

170

167

160

167

98,2

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari

31

34

38

44,5

143,5

Sut mahsulotlari

183

162

239

279,6

152,8

Tuxum (dona)

97

47

138

214

220,6

Sabzavot va poliz ekinlari

107

128

238

277,2

259,0

Kartoshka

29

36

45

56,4

194,5

O‘simlik yog‘i va boshqa moylar

12

12

13

24

200,0

Shakar

12

16

17

18

150,0

Meva, jumladan, uzum

23

42

83

85

369,5

Aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining ko‘payishida qishloq xo‘jaligining rivojlanishining muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor berilib fermerlik faoliyatini rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imtiyozlar berildi. Fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari 50 yil muddatga ijaraga berildi. Ular yangi texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish va lizing yo‘lga qo‘yildi. G‘alla maydonlari kengaytirildi. Yerlarning melirativ holatini yaxshilash ularning unumdorligini oshirish bo‘yicha budjetdan mablag‘lar ajratildi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarning yangi tezpishar, hosildor navlari yaratildi.
Natijada qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirish ko‘paydi.15.4-jadval
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarning asosiy turlarini yetishtirish dinamikasi

Mahsulot turlari.

O‘lchov birligi

1990

2000

2010

2016

2016 yil
1990 yilga nisbatan,%

Don

ming tn.

2038,2

4101,4

7504,3

8261,3

405,3




Kartoshka

ming tn.

336,4

731,1

1694,8

2958,4

879,4

Sabzavot

ming tn.

2842,5

2644,7

6346,5

11275,8

396,6

Poliz ekinlari

ming tn.

1000,0

451,4

1182,4

2044,9

204,5

Meva

ming tn.

660,4

790,9

1710,3

3042,8

460,7

Uzum

ming tn.

744,7

624,2

987,3

1735,8

233,1

Go‘sht
(tirik vaznda)

ming tn.

789,1

841,8

1461,4

2172,5

275,3

Sut

ming tn.

3034,2

3632,5

6169,0

9703,4

319,8

Tuxum

ming tn.

1231,8

1254,4

3061,2

6152,5

499,5

Jadval malumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mustaqillik yillarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish barcha turlari bo‘yicha kamida 2 barobardan ko`proq ko‘paygan. Ayniqsa don ekin maydonning ko‘payishi va hosildorligining ortishi natijasida don mahsulotlari yetishtirish 2016 – yilda 1990 yilga nisbatan 4 barobarga ko‘paygan. Shuningdek, ushbu davrda kartoshka yetishtirish 8,5 barobarga, meva va sabzavot yetishtirish 4,0 barobardan ko‘proqga, tuxum tayyorlash 5,0 barobarga, go‘sht va sut tayyorlash esa qariyib 2 barobarga ko‘paygan. 2016 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan yuqori hosil olingan bo‘lib, 8 million 261 ming tonna g‘alla, 3 million tonnaga yaqin kartoshka, 131 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz mahsulotlari tayyorlangan.


Aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bilan bir vaqtda, nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli ham o‘rganiladi. Ayniqsa, bunda aholining madaniy – maishiy ehtiyojini qondiradigan tovarlar miqdori ko‘payib borsa, turmush tarzining yaxshilanib borayotganligini bildiradi. Shuning uchun har bir oilaga yoki 1000 kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan televizorlar, muzlatkichlar, yengil mashinalar, kir yuvush mashinalari kabi tovarlarning to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning o‘zgarishi aholining turmush darajasini ifodalaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama, faqat paxta xom ashyosini qisman qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, xalq ehtiyoji uchun tayyor mahsulotlarning ko‘p qismi chetdan keltirilar edi. O‘sha davrda O‘zbekistonda iste’mol qilinayotgan kiyim – kechaklarning 25 % , trikotaj buyumlari va ip gazlamaning 30 %dan ko‘prog‘i, poyafzalning deyarli 50 % chetdan keltirilar edi .1
Shuning uchun ham Hukumatimiz o‘z faoliyati boshidanoq respublikamizning xalq iste’moli mollari jihatidan bunday qaramligini tugatish uchun sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratdi. Natijada O‘zbekiston mustaqillik yillarida ( 1990-2016 yillar ) yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,6 marta ko‘paydi. Hozirgi paytda to‘qimachilik sanoati korxonalari soni 2200 tadan ko‘proq bo‘lib, ular zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.
O‘zbekiston sanoati mustaqillik yillarida mutlaqo yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Bunday mahsulotlarga raqamli televizorlar, mobil telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuterlar, elektron texnikalar, avtomashinalarni kiritish mumkin.Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, yengil aftomobillarga bo‘lgan yehtiyojini to‘liq ta’minlab ularni chetga eksport ham qilmoqda. Mamlakatimizda televizorlar, muzlatkichlar, konditsionerlar va shu kabi tovarlar ishlab chiqarish hajmi yildan – yilga oshib bormoqda. Shu bilan bir vaqtda aholi daromadlarining oshib borishi ularning uzoq muddat ishlatiladigan madaniy – maishiy tovarlarni ko‘proq Xarid qilishida namoyon bo‘lmoqda.


15.5-jadval Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanishi
(har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan tovarlar soni)

Ko‘rsatkichlar

1990 y

2000
y

2010
y

2016
y

2016 y 1990
yilga nisbatan%

Televizorlar

90

88

132

153

170,0

Muzlatgich va muzxonalar

80

86

99

101

126,3

Konditsionerlar

9

11

18,5

34

377,8

Elektro changyutgichlar

29

30

37

54

186,2

Shaxsiy kompyuterlar

-

0,2

12

49

25 marta (2000y)

Videomagnitofon, videopleyer va DVD pleyerlar

-

31

64

108

348,3
(2000 y)

Kir yuvish mashinalari

67

69

75

80

119,4

Mobil aloqa vositalari

-

18

145

246

14 marta
(2000 y)

Har 100 ta xonadonga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni, birlikda

11,9

20,1


27,1


43


361,3


Jadval ma’lumotlaridan respublika aholisining uzoq muddatli madaniy – maishiy tovarlarni Xarid qilishi ko‘payib , mustaqillik yillarida xonadonlarning bunday tovarlar bilan ta’minlanishi ortgan. Ayniqsa mustaqillikgacha bo‘lmagan shaxsiy kompyuterlar , mobil aloqa vositalari, video magnitafonlar kabi tovarlarning aholi tomonidan xarid qilinishi jadal sur’atlar bilan ko‘paygan. Natijada bunday tovarlar bilan xonadonlarning ta’minlanishi keyingi 10 yilda ( 2000 yildan – 2016 yilgacha) 14-


20 marotaba ko‘paygan.


    1. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari


Aholiga har tomonlama qulay, milliy urf-odatlarimizni hisobga olgan holda uy-joy bilan ta’minlashga e’tibor berilmoqda.Viloyat, tuman markazlari katta shaharlarning asosiy ko‘chalari rekonstruksiya qilinib, tuzilgan loyiha bo‘yicha yangi zamonaviy barcha talablarga javob beradigan asosan ko‘p qavatli binolar qurilmoqda.
Qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlar olib borilmoqda. Buning uchun Respublika Prizidenti
I. Karimovning 2009-yil 27-yanvardagi qaroriga asosan “Qishloq qurilish loyiha MCHJ” tashkil etildi. Bu tashkilot mintaqalarning iqlimi, demografik holatni, hamda urf-odat va milliy qadriyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan 2,3,4,5 xonali uylarning namunaviy loyihalarini tayyorladilar. qurilayotgan uylarni mahalliy qurilish materiallari bilan ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada joylarda pishiq g‘isht, tomni yopish, devorbop materiallar ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Keyingi yillarda “zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalar, yog‘och pol, deraza panjaralari tom yopish va boshqa materiallar ishlab chiqaradigan 60 dan ziyod korxona tashkil qilindi.
Qurilayotgan uy-joylarni moliyalashtirish maqsadida Respublika Prezidentining 2009-yil 30-martdagi qaroriga binoan “Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
Ushbu bank va boshqa banklar aholiga uzoq muddatli kam foizli imtiyozli kreditlar bermoqda. Hududlarda maxsus uy-joy quruvchi pudratchi tashkilotlar ko‘paydi. Natijada 2009-2012-yillarda namunaviy loyiha asosida mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanda 650 ta yangi qishloq uy joy massivi barpo etildi, umumiy maydoni
3.2 million kvadrat metr bo‘lgan 23.6 mingdan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurildi. 2012 yilda 82 mingdan ko`proq kvartiralar qurilgan bo`lsa, 2016 yilda 93 ming kvartiralar qurildi. Uy-joy qurilish yilda-yilga jadal sur’atlar bilan ko`paymoqda. Ularning 99%dan ko`prog`i nodavlat sektorlarga to`g`ri keladi.
Qurilishga investitsiyalar Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Jahon banki kabi xalqaro moliya institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida kommunal xo‘jaligida amalga oshirilgan xususiylashtirish natijasida ko‘pgina oila o‘zlari yashayotgan davlat tasarrufidagi uylarni shaxsiy mulk qilib olishgan edi. Shunday qilib, aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasi 1990 yilda har bir kishiga 12,1 kvadrat metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda bu raqam 15,2 kvadrat metrga yetdi yoki 1,26 barobar oshdi. Mamlakatimizdagi oilalarning 77,4 foizi alohida uy va kattejlarda istiqomat qilmoqda.



    1. Download 91.73 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling