Aholi turmush darajasi statistikasi
Aholi daromadlari statistikasi
Download 91.73 Kb.
|
30 мавзу.AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI
Aholi daromadlari statistikasiSobiq SSSRning rejali iqtisodiyot tizimida aholining asosiy daromadi ishlayotgan xodimlarning mehnat haqlaridan iborat edi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lib bozor iqtisodiyotini tanladi. Bozor iqtisodiyoti aholining aql-zakovati, tadbirkorligini namoyon etish imkoniyatini tug‘dirib, qonunda ta’qiqlanmagan (qonunda ta’qiqlanganlari: qurol-yarog‘, narkotik moddalar ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanish va shu kabilar) barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanib, daromad olish mumkinligini yaratdi. Hozirgi paytda aholi ishlab mehnat haqqi (barcha ustamalari bilan), turli tadbirkorlik, hunarmandchilik qilib daromad, mulkini ijaraga berib – ijara haqqi, qimmatbaho qog‘ozlar sotib olib, ulardan dividend (foiz), dehqonchilik, chorvochilik bilan shug‘ullanib daromad olmoqdalar. Aholining daromad oladigan manbalari ko‘pligi sababli, iqtisodchi olimlar ularni guruhlashni – tasniflashni tavsiya etganlar. Professor Yo.Abdullayev oila daromadini 3 guruhga: mehnat bilan olingan daromad, mulkdan kelgan daromad, davlatning birlamchi daromadi kabilarga bo‘ladi.1 Professor M.K.Pardayev oila daromadlarini 5 guruhga bo‘lishni maqsadga muvofiq deb, quyidagilarni ko‘rsatadi2: Mehnat qilish yo‘li bilan olinadigan daromad; Tadbirkorlik yo‘li bilan olinadigan daromad; Mulkni ishlatish orqali olinadigan daromad; 7 Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T.: «Mehnat», 1998 y. 182-183 betlar. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T.: «Mehnat», 1998 y. Pardayev M.K., Shodiyeva G.M. Oila xo‘jaligi iqtisodiyoti va tadbirkorligi. Samarqand SamKI. 2001, 25 bet. Davlat tomonidan beriladigan daromad; Huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan xayriyalar, sovg‘alar va boshqa muruvvatlar. Bizlar aholi daromadlari guruhlanishini keltirish bilan ularning turlari ko‘p ekanligini ta’kidlamoqchimiz xolos. Aholi daromadlarining asosiy turlaridan biri mehnat haqqidir. Xodimlar bajargan ishlarining miqdori va sifatiga qarab, vaqtbay yoki ishbay shakllarida ish haqqi oladilar. O‘zbekistonda yagona tarif setkasi (YATS) joriy qilingan bo‘lib, budjet qaramog‘idagi muassasalar xodimlari YATS asosida mehnat haqqi oladilar. Nodavlat sektorida faoliyat yurituvchi xodimlarga mehnat haqqi hisoblashda ham YATSga asoslaniladi, lekin korxonaning moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lsa, YATSga nisbatan ko‘proq maosh to‘lashi ham mumkin. YATSda barcha ishlarga haq to‘lash 0 dan 22 razryadgacha bo‘lingan bo‘lib, har bir razryadga tegishli ta’rif koeffitsiyenti belgilangan. Vaqtbay shaklida oylik maosh oladigan xodimlarga ish haqqi razryadiga to‘g‘ri keladigan ta’rif koeffitsiyentni amaldagi minimal ish haqqi miqdoriga ko‘paytirib topiladi. Minimal ish haqqi miqdori Respublika Prezidenti farmoni bilan bir necha bor oshirib kelinmoqda. Quyida minimal ish haqqining keyingi yillarda qanchalik oshirilganligini jadvalda ko‘raylik. 15.1-jadval Download 91.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling