Turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri sifatida aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarilishi (A+SH dollari yoki yevroda) qo’llaniladi. Biroq faqat bu boradagi ko’rsatkichlarning o’zi turmush tarzi haqida yetarlicha ma’lumot bera olmaydi. SHu sababli undan xalqaro taqqoslashlarda juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. - Turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri sifatida aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarilishi (A+SH dollari yoki yevroda) qo’llaniladi. Biroq faqat bu boradagi ko’rsatkichlarning o’zi turmush tarzi haqida yetarlicha ma’lumot bera olmaydi. SHu sababli undan xalqaro taqqoslashlarda juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
- Turli mamlakatlarning statistika amaliyotida aholining turmush tarzini o’rganish uchun ko’pincha quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
- nominal va real ish haqi;
- aholining nominal va real daromadlari;
- aholi xarajatlari va jamg’armalari;
- aholining uy-joy va uzoq muddat foydalaniladigan jihozlar bilan ta’minlanganligi;
oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlarini iste’mol qilish darajasi; - oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlarini iste’mol qilish darajasi;
- bandlik va ishsizlik darajasi;
- mehnat sharoitlari ko’rsatkichlari;
- ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, turizm va dam olish ko’rsatkichlari.
- Xalqaro statistikada o’rtacha ish haqi bir ishchiga emas, balki bir odam-soatga nisbatan hisoblanadi. Bu jahonning ko’p mamlakatlarida ishchilarning katta qismi to’liqsiz ish vaqti bilan band ekanligi bilan izohlanadi.
- Aholining daromadlari ish haqidan tashqari boshqa manbalardan olingan barcha pul va natural ko’rinishdagi daromadlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar mansub :
- 1. Ish haqi shaklida bo’lmagan mashg’ulotlardan olinadigan daromadlar (choychaqa, qalam haqi, shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olingan daromad, yakka tarzda mehnat faoliyatini yuritish tufayli olingan daromad).
Do'stlaringiz bilan baham: |