Aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2


Download 7.19 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi7.19 Kb.
#1820144
Bog'liq
Milliy unv


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI KAFEDRASI
GEOGRAFIYA MUTAXASSISTLIGI 2-BOSQICH MAGISTRANTI
ERGASHEV MUHRIDDINNING TAYYORLAGAN
Taqdimot loyiha
Aholining turmush tarzi geografiyasi
Turmush tarzi — kundalik hayot kechirish yoʻli. Lotin tilida modus vivendi deyiladi. Turmush tarzi shaxs dunyoqarashini aks ettiradi. Masalan, diniy dunyoqarashli shaxs turmush tarzi din normalari (spirtli ichmaslik, ibodat qilish) bilan belgilansa, ekologiyaga berilgan shaxs turmush tarzi atrofni kirlatmaslikka tirishish bilan xarakterlanadi.
Aholining Turmush tarzi 
Turmush tarzi — shaxs, ijtimoiy guruh, elat, millat, xalqning kundalik hayotini ifodalovchi tushuncha. Turmush tarziga turli jihatlar: falsafiy, sotsiologik, ijtimoiyiqtisodiy, ijtimoiyguruhiy va boshqa nuqtai nazardan yondoshiladi. Shaxs, ijtimoiy guruh Turmush tarzi muayyan davr shartsharoitlarining butun majmuasi bilan belgilanadi. Turmush tarzi ijtimoiy kategoriya. U turmush darajasi deb ataladigan iqtisodiy kategoriyaga nisbatan kengdir. Turmush darajasi, asosan, miqdor koʻrsatkichiga ega boʻlsa, Turmush tarzi ning mohiyati, mazmuni va namoyon boʻlish shakllari koʻp holatda kishilarning hayot kechirishi, mehnati, sogʻligi va hatto xulqatvori bilan ifodalanadi. Muayyan elat, millat va xalqning Turmush tarzi ularning yashash joylari bilan bogʻliq holda shakllanib oʻzgarib boradi. Oʻzbek xalqi oʻz gʻayot faoliyatida kamtarlik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, bagʻrikenglik, sofdillik kabi axloqiy xislatlarga alohida eʼtibor beradi. 
Aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan.
Qashshoqlik (Kambagʻallik) — bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning iqtisodiy holatining oʻziga xos xususiyati boʻlib, bunda ular mehnat qobiliyatini saqlab qolish, koʻpayish kabi hayot uchun zarur boʻlgan minimal ehtiyojlarning maʼlum bir doirasini qondira olmaydilar.
“Turmush darajasi” atamasining ta'rifi va guruhlari
O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko'rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo'llaniladi. Unga to'liq ilmiy ta'rif beradigan bo'lsak, bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Ma'lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar va iste'mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi.
Bozor sharoitida asosiy ish joyidan beriladigan ish haqi aholining aksariyat qismi uchun etakchi daromad manbai hisoblanadi. Aks holda u funksional rolini bajara olmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi aholi jami daromadining 60-80 foiziini tashkil etadi, ya'ni ularning me'yoriy hayot faoliyatini ta'minlash asosi bo'lib xizmat qiladi.
Birlashgan millatlar tashkilotining tavsiyasiga ko'ra, tug'ilish, o'lim, umr ko'rish davomiyligi, sanitar-gigiyenik sharoitlarning mavjudligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol darajasi, uy-joy, ta'lim olish va madaniy imkoniyatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste'mol narxlari, transport vositalari bilan ta'minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish, ijtimoiy ta'minot, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi yo'nalishlar turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar tarkibiga kiradi.
BMT tavsiyasi.
Dunyo mamlakatlarida aholini hayot darajasi sivilizatsiya, urbanizatsiya va FTI sababli doimiy ko’tarilib bormoqda. Aholini hayot darajasi bir necha ko’rsatgichlar bo’yicha belgilanadi va o’rganiladi. Shulardan ba’zilari haqida to’xtalib o’tamiz. Aholini hayot darajasini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkich bu YaIM ni aholi jon boshiga AQSH dollorida ko’rinishidi
Eng yuqori daromadli ya’ni aholi jon boshiga 50 000 AQSH dollorlaridan ortiq YaIM to’g’ri keluvchi davlatlar rio’yxatida birinchi o’rinda AQSH emas, balki Qatar davlati turadi. Bu davlatda 2018- yil aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM 126 600 AQSH dollorlaridan ortdi. Sabablari: “neft - gaz dollori” ni doimiy ko’payib borishi, aholi sonini ko’p emasligi (2,9 mln. 2020-yil ). Qatardan so’ng 2- o’rinda AQSH (62 600 AQSH $), keyingi o’rinlarda Saudiya Arabistoni (55 100 AQSH $), BAA, Quvayt, Baxrayn, Avstraliya, Shvetsariya, Luksemburg, Norvegiya, Irlandiya kabi davlatlar turadi.
Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM miqdori eng kam (1000 AQSH dolloridan kam) bo’lgan davlatlar: Somali (400 AQSH $), Yaman, Avg’oniston, KDR, MAR, Papua -Yangi Gvineya kabi rivojlanayotgan davlatlardir
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda internetdan foydalanish ko’rsatkichi va salmog’i yuqori. Masalan, Quvaytda har 1000 aholidan 1000 tasi, Islandiyada 983 tasi, Qatarda 974 tasi internetdan foydalanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 7.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling