Aholida milliy g‘oyani shakllantirishda fan va ta’lim muassasalarini o‘rni va ahamiyati mundarija: Kirish I bob. Milliy ta’lim-tarbiyaning g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish imkoniyatlari


Download 58.24 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi58.24 Kb.
#1587897
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AHOLIDA MILLIY G\'OYANI SHAKLLANTIRISHDA FAN VA TA\'LIM MUASSASALARINI O\'RNI VA AHAMIYATI



AHOLIDA MILLIY G‘OYANI SHAKLLANTIRISHDA FAN VA TA’LIM MUASSASALARINI O‘RNI VA AHAMIYATI
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I bob. Milliy ta’lim-tarbiyaning g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish imkoniyatlari……………………………………………………………………...5
1.1. Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishda yangi pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari……………………………………….5
1.2. Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda innovatsion g‘oyalar va qarashlar…………………………………………………………………………..15
II bob. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining samaradorligi tushunchasi, uning ta’rifi va tavsifi……………………………………………………………………21
2.1. Aholida milliy g‘oyani shakllantirishda fan va ta’lim muassasalarini o‘rni va ahamiyati………………………………………………………….………………21
2.2. Milliy g‘oya va zamonaviy ta’limni hayotga tatbiq etish………………….…26
Xulosa…………………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35

Kirish
Jamiyat hayoti turli-xil g‘oya va mafkuralar bilan bog‘liq holda rivojlanib, o‘zgarib kelgan. Bu holat hozirgi globallashuv davrida ham o‘ziga xos namoyon bo‘lmoqda. G‘oya va mafkuralar maydoni keng jamoatchilik xususan yoshlar ongiga, ishonch va mayillariga o‘zining turli-xil ta’sirini ko‘rsatmoqda. Uning natijasi g‘oya va mafkuralarning maqsadi, mo‘ljallariga hamda insonning ma’naviy dunyosi, ishonchiga bog‘liq.
SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan ozuqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” 2 ligini alohida ta’kidlaydi. Hozirgi zamonda mafkura targ‘iboti sohasida yangi texnologiyalar tobora takomillashib bormoqda, Undan turli-xil nosog‘lom maqsadlarda foydalanishga urinishlar kuchaymoqda. Bu, O‘zbekiston jamiyatini milliy g‘oya va ma’naviy- ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish uchun yangi texnologiyalarga tayanib ish ko‘rishga undaydi. Uni hisobga olish ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi.
Hamda O‘zbekistonning mustaqil tarraqqiyot yo‘lidan rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Milliy g‘oya tarig‘boti texnologiyalari fanining maqsadi – yoshlarga milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, uni amalga oshirish yo‘llari va sohalari bo‘yicha tushunchalar berish orqali globallashuv jarayonlarida g‘oyaviy mafkuraviy kurash va ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oya negizlari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, ishonch va e’tiqodni mustahkam bo‘lishini targ‘ibot texnologiyalariga, targ‘ibotchining faolligiga bog‘liqligini ko‘rsatishdan iborat. U milliy g‘oyani targ‘ibot qilishning yangi texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarni joylarda va interfaol, zamonaviy uslublarda tashkil etishga e’tiborni qaratgan holda, yoshlarning Vatanga mehr-muhabbatlarini, tarixiy-madaniy xotiralarini, milliy-madaniy meros, urf-odatlar va an’analarimizga tayanib, turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga, o‘zlikni anglashiga alohida e’tibor berishni taqazo etadi.
Mafkuraviy kurashlar davom etayotgan hozirgi sharoitda, milliy g‘oya targ‘ibotida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish va uni takomillashtirish milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur fanni o‘rganish milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan mutaxassis kadrlarga mo‘ljallangan. CHunki, bu sohadagi mutaxassis kadrlar sifatida, ulardan milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini bilishlarini, undan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lishlarini taqozo etadi. SHuningdek, milliy g‘oya va mafkura targ‘iboti texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va o‘zgarishlar ta’lim-tarbiya hamda ma’naviy-ma’rifiy sohaning takomiliga xizmat qiladi. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalarini hayotga tadbiq etishda ta’lim-tarbiya sohasi muhim ahamiyatga ega. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, mavjud ta’lim standartida, fanning namunaviy o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturida aniqlab berilgan uning targ‘iboti amalga oshiriladi.


Download 58.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling