Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 98.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi98.61 Kb.
#1402716
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
601-сон 14.10.2022. Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
601-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-
oktabrdagi 601-son 
qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib
olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya
to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
 nizomda
:
a) 5-bandning 
to‘rtinchi xatboshisi 
quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p
miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlang‘ich badal bo‘yicha subsidiya to‘lovi uy-joy joylashgan
tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi”;
b) 
7-bandda
:
ikkinchi xatboshidan 
“Davlat kadastrlari palatasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi 
“aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, mahalla va nuroniylarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi va tuman (shahar)
hokimligi” so‘zlari “tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar
bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning 
uchinchi xatboshisi 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik
xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va
davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik
daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi”;
g) 
15-band 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida axborot
almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali
faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida ariza
beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash uchun mas’ul xodim ichki buyruq asosida
biriktiriladi.
Biriktirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun
komissiya kotibiga taqdim etiladi.
Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini
taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda
o‘rganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni:


tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir
turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq
alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning,
yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning
mavjudligini;
davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya
raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada
“Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno)
daromadlarini aniqlaydi.
Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha
ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat
ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga
tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy
sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda
joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun
kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini tasdiqlaydi”;
d) quyidagi tahrirdagi 15 -band bilan to‘ldirilsin:
“15 . Ariza beruvchini quyidagi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz
dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:
ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtinchalik
mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;
ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;
ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha
hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi”;
e) 
30-bandda
:
birinchi xatboshidagi 
“yakuniy xulosa beradi” so‘zlari “tasdiqlash uchun komissiyaga kiritadi”
so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi 
chiqarib tashlansin;
uchinchi
 va 
to‘rtinchi xatboshilar 
tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
j) 
39-banddan 
“(bir kalendar yilda ikki marta)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
z) 
1-ilovaning 
III bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


Download 98.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling