Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish


Download 98.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi98.61 Kb.
#1402716
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
601-сон 14.10.2022. Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
AHOLIGA IPOTEKA KREDITI VA UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH
JARAYONLARINI SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga
qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-377-son
qarori
ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarga ipoteka krediti va subsidiya ajratish jarayonidagi
byurokratiyani keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab:
a) subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyalar tarkibi
maqbullashtirilib, undan Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i va tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori chiqariladi;
b) subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari
palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari va
tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish (baholash) tartibi bekor qilinadi. Bunda mazkur
tashkilotlarning ma’lumotlari “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda
shakllantiriladi;
v) subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari
doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:
yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat
faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr
agentligi 2022-yil 1-noyabrga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Labor —
migration” dasturi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geografik
axborot tizimi portali “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minotiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Bunda:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholining “Labor — migration” dasturida
ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan aholining nomida
respublikaning barcha hududlaridagi o‘z mulkida bo‘lgan uy-joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
“subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minotiga real vaqt rejimida taqdim etib borilishi nazarda tutilsin.
3. Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda
qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar
yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilinsin.
4. Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi 2022-yil 1-noyabrga qadar 2020 — 2022-yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida
xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay
qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralarini ko‘rsin.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021-
yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy
ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida
sotib olish huquqini berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
6. Belgilansinki, 2022-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan
fuqarolarga ipoteka krediti to‘lov layoqati va boshqa shaxslarni jalb qilish huquqidan kelib chiqib,
tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorigacha ajratiladi.


7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 
1-ilovaga
muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Belgilansinki, mazkur qarorga 
1-ilova 
2022-yil 1-dekabrdan boshlab kuchga kiradi, 1-ilovaning 1-
bandi “
a
”, “
e
” va 
“j” kichik bandlari 
hamda 
2-bandi 
bundan mustasno.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
2-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 98.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling