Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish


“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun


Download 98.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi98.61 Kb.
#1402716
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
601-сон 14.10.2022. Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun
fuqarolarga subsidiya to‘lash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar)
davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani
elektron tarzda istalgan vaqtida to‘ldiradi.
Yil davomida
(haftaning dushanba
— juma kunlari soat
9.00 dan 18.00 gacha)*
2-bosqich
Tuman (shahar) davlat
xizmatlari markazi
1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tuman
(shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxat
bo‘yicha qabul qilinadi.
2. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi arizalarni
qayd qilinishi navbatligiga ko‘ra tuman (shahar) tibbiyot
birlashmasi, davlat soliq inspeksiyasi, tuman (shahar) oila
va xotin-qizlar bo‘limiga elektron shaklda taqdim etadi.
1 ish kuni mobaynida


3-bosqich
Tibbiyot birlashmasi
Ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali
kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida
xonada 
yashashga 
muhtoj 
bo‘lgan 
shaxslarning
mavjudligi, ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi
guruh nogironi mavjudligi, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka
olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvar?
sh�ayotgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotni dasturiy
ta’minotga kiritadi va tasdiqlaydi.
10 ish kuni m?baynida
Davlat soliq inspeksiyasi
Soliq 
to‘lovchining 
jismoniy 
shaxsning 
shaxsiy
identifikatsiya raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi
va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada
ko‘rsatilgan 
holatlarda) 
daromadlarini 
dasturiy
ta’minotga kiritadi va �asdiqlaydi.
10 ish kuni mobaynida
Tuman (shahar) oila va
xotin-qizlar bo‘limi
Ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan
xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz
oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan
muhtoj onalar toifasiga mansubligini dasturiy ta’minotga
kiritadi va tasdiqlaydi.
10 ish kuni mobaynida
Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi
(subsidiya.idm.uz
dasturiy tizimida
avtomatlashtirilgan
tarzda)
1. Ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida
ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat
faoliyatini amalga oshirayotganligini (oshirganligini)
aniqlaydi.
2. Ariza beruvchining yosh oilalar toifasi�a mansubligini
va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligini aniqlaydi.
3. Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush
o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari
miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki
mavjud emasligini aniqlaydi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Komissiya raisi
Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki
ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror
qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron
tarzda ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kuni mob?ynida


5-bosqich
Talabgor
O‘zining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib
mo‘ljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish
bo‘yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan
shartnoma tuzadi.
Subsidiya berish
to‘g‘risidagi qarorni
olgandan so‘ng
Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish
uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga
kvartira sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi
xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib
olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan
shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal
mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan
belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
Xabarnoma amal
qilish muddatining
oxirgi kunigacha
Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-
joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan
belg�langan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
Kadastr hujjatlari
taqdim etilgandan
so‘ng 3 ish kuni
mobaynida
6-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat
banki
Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini
o‘rganib chiqadi.
5 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat
banki
1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida
shartnoma 
imzolaydi 
hamda 
ipoteka 
kreditini
rasmiylashtiradi.
2. Talabgor tomonidan sotib olinadigan uy-joy
(kvartira)ning kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng
tijorat banki tuman (shahar) moliya bo‘limlariga
boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun
kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiya
summasini to‘lashga buyurtmanomani yuboradi.
1 ish kuni ichida
8-bosqich
Hududiy moliya bo‘limi
Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan
ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir
qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki
tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
4 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat
banki
Ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnoma va unga
ilova (to‘lovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda
to‘lab borish uchun subsidiya ajratilishi bo‘yicha
tegishliligiga ko‘ra bank bosh ofisi orqali Moliya
vazirligiga yuboradi.
Ipoteka krediti taqdim
etilgandan so‘ng
birinchi to‘lov kuniga
qadar
Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-
joylar kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng ipoteka
krediti foizini har oyda to‘lab boradi.
1 ish kuni mobaynida
10-bosqich
Moliya vazirligi
Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun
mablag‘larni markazlashgan tartibda o‘tkazib boradi.
Har oyning 25-
kunigacha
”.
l) 5-ilovaning 
matni
quyidagi tahrirda bayon etilsin:



Download 98.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling