Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘G‘risida


VIII. Ijtimoiy ta’minot dasturlari yo‘nalishida


Download 108.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana07.10.2023
Hajmi108.35 Kb.
#1695107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PF-82-сон 01.06.2023

VIII. Ijtimoiy ta’minot dasturlari yo‘nalishida:
ijtimoiy sug‘urta tizimida yagona davlat siyosatini yuritish;
aholini ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mexanizmlarini ishlab
chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi
PF-82-son 
Farmoniga 
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan
vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yo‘nalishlari


T/r
Vazirlik va idoralar
Faoliyat yo‘nalishlari
1. Kambag‘allikni qisqartirish va
bandlik vazirligi
Mehnat bozorida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan
ta’minlash bo‘yicha faol va qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish
Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularga manzilli yordam
ko‘rsatish
2.
Ichki ishlar vazirligi
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini
muvofiqlashtirish
Jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan
bolalarga, boquvchisini yo‘qotgan, zo‘ravonlikdan aziyat chekkan bolalarga,
jabrlanganlar va jinoyatlar guvohlariga, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga
yetgan bolalarga yordam berish
3.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun sog‘liqni saqlash
muassasalarida tibbiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj
guruhlarini erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
raqamlashtirish
Nogironlikni erta aniqlash hamda nogironlikdan chiqarish
4.

Download 108.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling