Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjetining roli va ahamiyati
-rasm Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari
Download 348.5 Kb.
|
Gulzoda Moliya mms 66
1-rasm Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari1
Markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qaf iy maqsadli xususiyatga ega moliyaviy mablag’lar yig’indisidir Har bir alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi Moliyaviy mablag’laming sharllanishi, taqshnlanishi va resurslardan maqsadli foydalanish bevosita moliyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi Ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni qayta taqsimlash orqali tashkil Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora- tadbirlami o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslaming bir qismini moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari ixtiyoriga jalb qiladi Maqsadli byudjetdan tashqari fondlar tartibga ko‘ra davlat hokimiyat organlari tasarrufida boiadi. Ammo ulaming operativ boshqarilishi turli maxsus tuzilgan ma’muriy bo‘g‘inlar tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvchi tizimlar qonunda ko‘rsatilgan muayyan bu fondlardan foydalanish bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlaming izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. Ayni paytda byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablagiarini xarajat qilishi lozim, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal bandligini ham ta’minlashi zarurdir. Chunki, 0‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsad aholi turmush farovonligini yaxshilashdir. Rivojlangan mamlakatlaming ilg‘or tajribasiga tayangan holda Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari quyidagi shartli ikki yoi orqali tashkil etiladi: 1. Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan muhim iimumjamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan muammolarni hal etish uchun ma’ium bir xarajatlarni tashkil etish; 2. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasini shaxsiy, maxsus ajratma va badal mablag‘lari hisobidan shakllantirish. Moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari kabi Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishning moddiy manbalari milliy daromad hisoblanadi. Bunday jamg‘armalaming aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi. Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadini shakllantirishning asosiy metodlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar; 2. Davlat byudjeti mablag‘lari va zayomlar. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlarini tashkil etishning asosiy metodi maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar hisoblanadi. Ushbu manbalar hisobidan jamg‘armalar daromadlarining 80-90 foiz va xatto 100 foiz ham shakllanishi mumkin. Davlat byudjeti hisobidan shakllanayotgan mablag‘lar amaliyotda qaytarib bermaslik sharti bilan dotattsiya va subvensiya ko‘rinishida beriladi. Ayrim hollarda fond daromadlariga har xil muddat va qiymatda (foizli, foizsiz) bo‘lgan zayomlar ham berilishi mumkin. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bir qator vazifalami bajaradi. Ularning ko‘lami keng, ammo asosiylari quyidagilardan iborat: ■ Iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo‘shimcha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash (ekologiya fondlari, ilmiy Bitiruv malakaviy ish va tajriba- konstruktorlik ishlari va boshqalar); ■ Har xil maxsus jamg‘armalar ko‘magida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bevosita davlat ixtiyorida boMsada, alohida shaklda faoliyat ko‘rsatadi va davlat tomonidan moliyaviy resurslarini o‘z-o‘zidan olib qo‘yishga ruxsat berilmaydi. Ulaming Davlat byudjeti va unga tenglashtirilgandan farqli tomoni shundaki, bu fondlaming moliyaviy resurslaridan foydalanish qaf iy maqsadli xususiyatga ega. Download 348.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling