Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjetining roli va ahamiyati


Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Download 348.5 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi348.5 Kb.
#1571062
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulzoda Moliya mms 66

1. Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimida maxsus himoya va ijtimoiy kafolatlardan ayniqsa mehnat layoqati cheklanganlar foydalanishlari lozim. Ijtimoiy sohadagi qonunchilik nafaqaxo‘rlami, kasalmandlami, ishsizlami, yoshlarni va bolali ayollami manfaatlarini kuchli himoya qiladi. Ijtimoiy sohalami mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi tufayli aholining turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldi olindi, shuningdek, respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi.


Byudjet tizimi — davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meʼyorlarga asoslangan majmui. Oʻzbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va boshqalar) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurta byudjeti ham davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonun (2000-yil, 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Oʻzbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va boshqalarda tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.
Bugungi kunda aholining tarkibi respublikamizdagi barcha ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatmoqda va bu sohadagi muammolami o‘tkirlashtirmoqda. Bu esa ijtimoiy masalalarni, jumladan, ijtimoiy yordam, pensiya ta’minoti, maorif va sog`liqni saqlash jarayonlarini isloh etishning ustivor yo‘nalishlar ekanligini belgilab bermoqda.
Qonun bilan 2023 yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solindi.
Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarining belgilangan miqdorlari qonunga o‘zgartish kiritilmasdan ko‘paytirildi.
O‘zbekiston budjet tizimi budjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan;
3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshirildi.
O‘zbekiston nomidan va O‘zbekistonning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.
2023 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
Qonunga ko‘ra, jumladan soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkazildi:

  • jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

  • mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan, shuningdek YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;

  • noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Qonun 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan.
O‘zbekiston Respublikasidagi bozor islohotlarining o‘ziga xos jihati ulaming inson taraqqiyotiga qaratilganligidir. Hozirgi sharoitdagi ta’lim majmuini, kadrlar tayyorlash ko‘p darajali tizimini rivojlantirish, bu borada yangi kontseptsiyani ro‘yobga chiqarish, iqtisodiyotda zarur siljishlami amalga oshirishga, jumladan, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - insonni taraqqiy qildirish, uning iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlarga doimiy moslashuvini ta’minlashni amalga oshirishga imkon beradi.
Mazkur kontseptsiyada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni mablag‘ bilan ta’minlashning turli yo`llari taklif etilgan, ta’limda o‘tkazilayotgan islohotlami moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish muammolarini hal qilish ham nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishda xarajatlami byudjet korxonalari va tashkilotlari , talabalar va ulaming homiylari o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ta’lim kreditlari olish va ulami qaytarish, kam ta’minlangan oilalaming farzandlariga va iste’dodli yoshlarga imtiyozlar berishning samarali tizimi yaratildi.
Mazkur dastumi amalga oshirishning zaminida ijtimoiy himoyani kafolatlash masalasini yechish, oliy ta’limni butun choralar bilan takomillashtirish, mazkur tizimni yangi tarixiy sharoitlarda yangicha talablar asosida qayta qurollantirish vazifasi ko‘ndalang qo‘yilmoqda. Bulaming barchasi ta’lim tizimida keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni kuchli bilimdon kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.



Download 348.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling