Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjetining roli va ahamiyati


-rasm Maktab ta’limi jamg’armasi mablag’larini shakllantirishning asosiy


Download 348.5 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi348.5 Kb.
#1571062
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulzoda Moliya mms 66

3-rasm Maktab ta’limi jamg’armasi mablag’larini shakllantirishning asosiy
moliyaviy manbalari4

O‘tish davri dastlabki bosqichining moliyaviy oqibatlari ta’lim tizimini rivojlantirishga hali ham ta’sir kohsatmoqda, yangi moliyaviy manbalar izlash, mavjud mablag`lardan unumli foydalanish zaruriyati doimo dolzarb masala boiib qoladi.


3. Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi
Loyiha aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda samarali idoralararo muvofiqlashtiruvchi tizimni yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarining manzilligi va samaradorligini oshirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish, bolalarni himoya qilishni yanada yaxshilash, gender tengligini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadi ilgari surilgan.
Loyihada 2022 yil 1 avgustdan boshlab, byudjetdan tashqari Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan 5 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) tashkil etilishi ko‘zda tutilgan5.
Jamg‘armaning joriy faoliyatini yuritishi va saqlanishi, moddiy-texnik ta’minoti va boshqaruvi bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Jamg‘armaning asosiy maqsadi fuqarolarning kutilmagan holatlarda (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, baxtsiz hodisa, ish o‘rinlarining qisqarishi va boshqa holatlarda) daromadsiz qolishdan himoya qilishdan iborat.
Quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- rasmiy ishlovchi xodimlarda ijtimoiy sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda qonunchilikda belgilangan tartibda kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirilishini ta’minlash;
- Jamg‘arma tushumlari va xarajatlarini hisobini yuritish va monitoring olib borish;
- ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirib borish.

Download 348.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling