Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda davlat byudjetining rolini oshirish
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARINI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Download 66.75 Kb.
|
Молия мустақил иш
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARINI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, jumladan kam ta’minlangan bolali oilalarni aniq yo‘naltirilgan tarzda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod vakillari manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida: 1. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilsin: a) yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 300 ming so‘mdan; Toshkent shahrida — 400 ming so‘mdan. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan boshqa organlar orqali pensiya oluvchilarga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan shartlarda va miqdorlarda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi; b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga — 200 ming so‘mdan. Bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab beriladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Markaziy bank va tijorat banklari mazkur qarorda belgilangan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarining ikki hafta muddatda to‘liq to‘lanishini ta’minlasin. 3. Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur qaror bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Pensiya jamg‘armasiga hamda tegishli vazirlik va idoralarga ajratilishini ta’minlasin. 4. Ushbu qarorga muvofiq ko‘rsatilayotgan bir martalik moddiy yordamning maqsadli va manzilli yetkazilishini ta’minlash yuzasidan quyidagilar mas’ul etib belgilansin: Pensiya jamg‘armasi — bir martalik moddiy yordam uchun shakllantirilgan to‘lov qaydnomalari bir kunda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki, boshqa pensiya va nafaqa tarqatuvchi tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya tayinlovchi vazirlik va idoralar — tegishliligi bo‘yicha bir martalik moddiy yordam pullari egalariga o‘z vaqtida manzilli yetkazilishini tashkil etish bo‘yicha; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — bir martalik moddiy yordamning o‘z vaqtida manzilli tarqatilishini ta’minlash hamda nazorat qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha; Moliya vazirligi — zarur mablag‘larning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda pensiya tayinlovchi tegishli vazirlik va idoralarga to‘liq va o‘z vaqtida ajratilishi bo‘yicha. Belgilansinki, uyida vaqtincha bo‘lmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra bir martalik moddiy yordam pullarini o‘z vaqtida ololmagan fuqarolar to‘lanmagan moddiy yordam pullarini 2022-yil 1-sentabrga qadar olish huquqiga ega. Download 66.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling