Aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish yo‘llari
Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)
Download 0.96 Mb.
|
Tadqiqot.
Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)2021-yil 1-fevral holatiga respublika bo‘yicha mavjud 523,4 mingta ish beruvchi vazirlik, tashkilot va korxonalar tomonidan 4,8 million nafar xodim to‘g‘risida ma’lumotlar “YaMMT” IDAKga kiritilib, elektron bazasi shakllantirildi. Bugungi kunda, mazkur tizim orqali 187,7 mingta, shundan davlat tashkilotlarida 81,2 mingta, xususiy subyektlarda 106,5 mingta bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlandi. Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish.mehnat.uz va ish2.mehnat.uz saytlarida ommaga e’lon qilib borilmoqda. Shuningdek, aholi ish bilan ta’minlash maqsadida respublika bo‘yicha 2021-yilning yanvar—mart oylarida 628 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi. Ushbu yarmarkalarda 19 991 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 166,6 mingta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkalarda 13 456 nafar fuqarolarga ishga joylashishga yo‘llanmalar berildi, ulardan 5 848 nafar ayollar, 6 557 nafari yoshlar, 506 nafar mehnat migrantlari va 72 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslardir. Yarmarka jarayonida 4 043 nafar ishsizlar kasbga o‘qitish kurslariga yuborildi, 3 434 nafari haq to‘nadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 34 608 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi. 2021-yilda ish bilan band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan 250 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 33,3 ming band bo‘lmagan aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi uchun 26,5 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Jumladan: 23,8 ming nafar tuman (shahar) aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, tozalash, oqlash, madaniy obyektlar, ziyoratgohlarni tozalash kabi) ishlarga; 2,9 ming nafar chorva-nasl markazlari texnik osemenatorlar; 512 nafari patronaj xizmati, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, bemorlar va boshqalarni parvarishlash ishlariga jalb qilindi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling