Aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish yo‘llari


Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash


Download 0.96 Mb.
bet5/5
Sana10.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1349104
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tadqiqot.

Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Ishsiz fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 49,3 ming nafar ishsizlarga Jahon banki loyihasi asosida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan 40,3 milliard so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlandi va to‘lab berilmoqda. Ishsizlik nafaqasi oluvchilar soni 2020-yilning shu davriga nisbatan 3,2 baravarga oshgan. 2021-yil 21-yanvardan ishsizlik nafaqasi uch barobarga oshirilgan miqdorda to‘lanmoqda.
Xullosa:
Respublikada har yili aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta’minlashga, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini ro'yobga chiqarish hamda fuqarolarga tegishli kafolatlarni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi: mehnat bozorini tahlil etadi va istiqbolini belgilaydi hamda aholini ish bilan ta'minlash darajasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. aholini ish bilan ta'minlash masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va mahalliy mehnat organlariga uslubiy va amaliy yordam ko'rsatadi; Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi mablag'laridan ishsiz shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, yangi ish joylari yaratish, ish bilan band bo'lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish uchun foydalanishning yo'nalishlarini belgilaydi. Aholi bandligi masalalari har doim jamiyatimizning e'tibor markazidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. O'zbekistonning ilk mustaqillik yillarida birinchi qabul qilingan qonunlar qatorida “Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida”gi qonunning borligi fikrimizga yaqqol misol bo'la oladi. Albatta, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi islohotlar jarayoni aholi bandligini munosib darajada ushlab turishda, mazkur sohani boshqarishda va tartibga solishda davlatning rolini yanada oshirishni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan O'zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to'g'risida”gi qonuni qabul qilinishi o'ylaymizki, birinchi o'rinda, ijtimoiy ahamiyatga egadir. Xulosa o'rnida bugungi kun talablaridan kelib chiqib qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to'g'risida”gi qonuni ish o'rinlarini yaratish orqali fuqarolarimizni moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga, shu orqali, ularning hayotiy farovonligiga erishish imkoniyatini beradi, degan umiddamiz. Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida qayd etib o‘tilgan metodikani ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish orqali mehnat resurslari, bandlik va aholini, ilk marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirishni har tomonlama, sifatli va ob'yektiv tahlil qilish, ish bilan bandlik darajasini oshirish uchun zamin yaratiladi. Bu esa, an'anaga ko‘ra har yil ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish va amaliyotdagi samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.

Adabiyotlar ro`yxati:


https://pravacheloveka.uz/oz/news/aholi-bandligi-jamiyatimizning-etibor-markazidagi-muhim-masala
https://mineconomy.uz/uz/node/1242
https://lex.uz/docs/-6130265
https://lex.uz/docs/-5354947

  1. X.АBDURАHMОNОV N.T.SHOYUSUPOVA

AHOLI ISH BILAN BANDLIGI
O’QUV QO’LLANMA.
Manba:https://lex.uz/docs/-5394867
https://mehnat.uz/oz/pages/azbuka-trudovyh-otnosheniy
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling