Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir
Qadoqlash tarixi va bugungi ahamiyati
Download 328.26 Kb.
|
tomat qadoq kurs loyiha
1.1. Qadoqlash tarixi va bugungi ahamiyati
Yer yuzidagi aholi soni har xaftaga o’rtacha 1 mln. 200 ming kishiga ortib bormoqda va 2021 yil 3 yanvardagi ma’lumotlarga ko’ra 7 836 525 000 kishini tashkil etgan. Butun jaxon bankining ma’lumotiga ko’ra 2019 yilda yer yuzining aholisi 7,674 milliarni tashkil etgan. Birlashgan millatlar tashkilotining 2019 yildagi prognoziga ko’ra XXI asr oxiriga kelib yer yuzining aholisi o’sishdan to’xtab 2100 yil oxiriga kelib 10,9 milliard kishini tashkil etadi. Hozirgi kunda inson bir kunda 800 gr.ga yaqin oziq – ovqat va 2 l suv iste’mol qilmoqda. Yer yuzi aholisining sutkalik oziq-ovqatga bo’lgan ta’labi 4 mln. tonnani tashkil etadi. Bundan tashqari olib borilgan hisoblarga ko’ra qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sur’atlari aholi sonining o’sib borish sur’atidan orqada qolib boradi. Bu holat hozirgi kunda dunyo aholisining oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi yetishtirilayotgan mahsulotga nisbatan 60 mln tonna ortiq ekanligini inobatga olsak ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi hom – ashyosi va oziq – ovqat mahsulotlarini saqlab qolish asosiy vazifalardan biri ekasnligini anglab yetamiz. Saqlash – bu mahsulotni bir holatdan boshqa holatga o’tkazish bosqichi bo’lib, bunda mahsulotning miqdori va sifatida minimal o’zgarishlar sodir bo’lishi ta’minlanadi. Biroq oziq – ovqat mahsulotlarini saqlashda yo’qotishlar sodir bo’ladi. Ishlab chiqarilgan oziq – ovqat mahsulotlarini saqlashda sodir bo’ladigan yo’qotishlar barcha mamlakatlarda sezilarli iqtisodiy ziyonlar keltirib chiqaradi. Masalan FAO ning ma’lumotiga ko’ra yer yuzida har yili ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 30% gacha bo’lgan qismi yig’ishtirib olish, saqlash, tashish, hamda realizatsiya va iste’mol qilish vaqtida yo’qotiladi yoki tashlab yuboriladi. Global iqtisodiyot bundan yiliga 1 trln $ zarar ko’radi. Eng ko’p yo’qotishlar (20% dan ortiq) markaziy va janubiy Osiyoga to’g’ri kelmoqda. Eng ko’p yo’qotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari guruxiga ildizmevalilar, tuganaklilar, moyli o’simliklar (24% dan ortiq), meva va sabzavotlar (20% ga yaqin) go’sht mahsulotlari (12% dan ortiq) kiradi. Donli ekinlarning yo’qotilishi 6% ni tashkil etmoqda. Oziq – ovqat resurslarini saqlash usullarini yaratish bo’yicha izlanishlarni insoniyat qadim zamonlardan buyon olib boradi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarida ishlab chiqarishdan so’ng sodir bo’ladigan jarayonlarni bilmasdan turib, saqlash rejimlarini, hamda oxirgi saыlash muddati va saыlash xususiyatlarini bilmasdan mahsulotni to’g’ri va sifatli saqlash imkoniyatini yaratib bo’lmaydi. Har bir oziq – ovqat mahsuloti o’ziga xos saqlash rejimlari va xususiyatlarni talab qiladi. Qadoq idishlari tovarlarning harakatlanishida bog’lovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Qadoq idishi tashiladigan mahsulotning saqlanuvchanligini ta’minlashi, transport vositalari va yuklash – tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirishda qo’llaniladigan vositalaridan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini, hamda mahsulotni sotish va sotib olishda qulayliklar yaratishi lozimdir. SHu bilan birgalikda qadoq idishi iste’molchiga sotib olingan mahsulotni tegishli qo’rinishda yetkazib berishda xizmat qiluvchi ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi xisoblanadi. Qadim zamonlardan buyon insonda oziq – ovqat mahsulotlari zaxiralarini saqlash va tashishda idishlardan foydalanishda ehtiyoj mavjud bo’lgan. Buning uchun hayvon terilari, daraxt kovaklaridan foylanilgan bo’lsa, o’rovchi materiallar sifatida daraxtlarning yirik barglari va po’stloqlardan foydalanilgan. Qadimdan inson tomonidan idish yasash uchun foydalanilgan materiallardan biri yog’och, keramika va shisha hisoblanadi. Mahsulotlarni saqlash uchun birinchi idishlar loydan yasalgan bo’lib, so’ngra yog’ochdan turli idishlar, bochqalar va savatlar tayyorlangan. Qadimgi zamonda loy barcha o’troq xalqlar uchun idish tayyorlashda material vazifasini bajargan. Avvalo loy bilan novdalardan tayyorlangan savatlarda suyuqlikni saqlash uchun suvalgan bo’lsa, keyinchalik loydan idishlar tayyorlana boshlangan. Loydan tayyorlangan birinchi idishlar Qadimgi SHarqda eramizdan avvalgi 4-3 ming yillikda kulolchilik dastgoxi va ko’zalarni kuydirish uchun kulolchilik ko’rasi ixtiro qilingandan so’ng boshlangan. Bizgacha yetib kelgan loydan tayyorlangan eng qadimi keramik idish 1922 yili g’arbiy Eron tog’larida shumerlar qo’nim topgan joylarda olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan bo’lib, topilmaning yoshi 5 ming yildan kam emas deb xulosalangan. Topilgan idish tubidagi qoldiqlar tahlil qilinganda idishda pivo ichimligi saqlanganligi ma’lum bo’lgan. Bunday ko’zalardan shumerlar sharobni saqlashda foydalanganlar. Biroq sharob uchun mo’ljallangan ko’zalar pivo saqlashda foydalanilgan ko’zalarga o’xshab vertikal holatda emas, balki “yotqizib” qo’yilgan. SHarob achib qolmasligi uchun ko’za og’zi kuydirilmagan loy bo’lagi bilan berkitilgan. Ko’za idishlar sirtida belgili tasvirlar tushirilgan bo’lib, ushbu belgilarga ko’ra idishda nima saqlanayotganligini bilish mumkin bo’lgan. Masalan sharob uchun mo’ljallangan ko’zada uzum shingili, pivo uchun esa xmel o’simligi, dengiz mahsulotlari uchun mo’ljallangan ziravorlar uchun esa baliq tasviri tushirilgan. Bir yarim ming yildan so’ng qadimgi Yunonistonda loydan tayyorlangan idishning yana bir turi – amfora yaratilgan bo’lib, bunday idish odatda 30 litr hajmga ega bo’lgan. Amforalarning tubi yumaloq bo’lib, bu hozirgi zamonaviy PET-shishalar singari unga quyilgan suyuqlik bosimini bir me’yorda bo’lishini ta’minlaydi. Amforalar qadimgi logistika nuqtai nazaridan ideal idish hisoblangan. Bu idishlar kemalarning yuk ortiladigan osti qismida bir necha qavt qilib joylashtirish imkonini bergan bo’lsa, og’zi tomonidagi kichik o’lchamli dastalari ularni bir biriga bog’lab yuklash-tushirish ishlarini osonlashtirgan. Amforalarda turli tuman mahsulotlar tashilgan va saqlangan, ko’pincha suyuq mahsulotlar: sharob, moy, suv va h.k. Sirlangan amforalardan ko’p marotaba foydalanilgan bo’lsa, sirlanmagani bir marta ishlatilgan va ishlatilganidan so’ng sindirib tashlangan. Italiya poytaxti Rim yaqinidagi Monte Testachcho tepaligida 53 million sindirilgan amfora bo’laklari bizning davrgacha saqlanib qolgan. Eramizdan avvalgi 1500 yil oldin amforalarda zamoniy etiketkalardan qolishmaydigan markirovkalar paydo bo’la boshlagan. Masalan sharob solinadigan amforalar yuzasiga sharobning yoshi, uzumning navi va yetishtirilgan xududi, hamda sharobning turi to’g’risida batafsil ma’lumotlar qayd etilgan. Bunday yangilik oldi – sotti jarayonini soddalashtirgan bo’lib, shu vaqtda markirovka sifatni kafolatlagan bo’lib, bu holat hozirgi kunda ham o’z dolzarbligini saqlab turibdi. Yog’ochdan tayyorlangan bochka inson tomonidan tayyorlangan eng qadimiy yog’och idishi hisoblanadi. Qadimgi Rim olimi va tarixchisi to’ng’ich Pliniy bochka Pemonta aholisi tomonidan ixtiro qilinganligi bayon etgan bo’lsa, boshqa ma’lumotlarda qadimgi Yunoniston faylasufi Spevsipp Afinskiy eramizdan avvalgi 4 asrda eman yog’ochidan bochqa tayyorlash texnologiyasini kashf etganligini bayon etishadi. Bochkalardan katta bosimlarga bardosh beruvchi idish sifatida keng foydalanilgan bo’lib, undan sochiluvchan, suyuq va pastasimon mahsulotlarni saqlash va tashish jarayonida keng foydalanilgan. Yog’och bochkalar o’zining shakliga ko’ra ularni dumalatish mumkin bo’lganligi sababli yuklash – tushirish ishlarini qo’lda bajarish mumkinligi bilan ham keramik idishlarga nisbatan afzalliklarga ega. XVI –XVII yuz yillikga kelib bochkasozlik yuqori darajada rivojlangan bo’lib, buning isboti sifatida XV asrda Landau (Germaniya) shaxrida sig’imi 130 ming litr sutga mo’ljallangan, balandligi 8,23 metrni tashkil etgan bochkaning tayyorlanganligini aytib o’tishimiz mumkin. Inson tomonidan ixtiro qilingan eng qadimiy qadoqlash materiallaridan biri shisha hisoblanadi. Undan tarixgacha bo’lgan vaqtlardan buyon oziq – ovqat va boshqa mahsulotlar uchun idish tayyorlangan. SHisha idishlarni yasash 5 ming yil avval qadimgi Misr aholisi tomonidan boshlangan deb hisoblanib, dastavval loy idishlar sirlangan haolda tayyorlanib, so’ngra shisha idishlar ishlab chiqarish texnologiyasi o’zlashtirilgan deb hisoblanadi. Topilgan eng qadimiy shisha idishlar eramizdan avvalgi 1500 yillarga ta’luqli bo’lib, o’sha davrlarda shishadan dori, balzam, xushbo’y moddalar uchun mayda shishalar, hamda sharob va boshqa suyuqliklar uchun butilkalar tayyorlangan. Mayda shisha idishlar o’z shaklini antik davrdan 18 asrgacha saqlab qoldi va ularda aptekachilar dori, balzamlar, moylarni sotib kelishgan. Qadimgi shisha butilkalar tubi ichiga konussimon xolda bosib kiritilgan, og’zi ingichka sharsimon shaklda tayyorlangan. Keyinchalik shisha butilkalar ichidagi suyuqli to’kib olishni osonlashtirish maqsadida og’zi tashqi halqasimon devorli qilib tayyorlana boshlandi. 16 asrga kelib Germaniyada og’zi kalta to’rt burchakli shisha butilka ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bo’lib, keyinchalik ushbu idish butun Yevropaga tarqalgan. Bunday shisha butilkani kezib yuradigan aptekachilar orqasiga osib yuradigan yashikga joylashtirish qulay bo’lganligi uchun keng foydalanishgan. Rossiya, Ukrainadi bunday turdagi shisha butilkalar shtofa deb atalgan. 17 asrning oxirlariga kelib sharsimon shakldagi shisha butilkalarni tsilindr shakldagi butilkalar muomaladan siqib chiqardi. SHisha butilkalar bilan bir paytning o’zida ularning og’zini maxkamlash uchun tiqinlar (probka) ham paydo bo’la boshladi. Ular turli materiallardan tayyorlangan: daraxt po’stlog’i, loy va h.k.. Bizgacha qadimdan yetib kelgan eng yaxshi tikinlar (probkalar) “probkali” eman po’stlog’idan tayyorlangan. Ushbu daraxt po’stlog’i nafaqat shisha og’zini zich yopishi bilan, balki suyuqlik bilan ta’sirlanishida namiqib shishish xususiyatiga xam ega bo’lib suyuqlik va gazlarni uzoq muddat chiqib ketmasligini ta’minlagan. Hozirgi kunda pivo, gazlangan suv, sharbat va boshqa ichimliklar qadoqlangan shishalar og’zini berkitishda keng qo’llanilayotgan metalli probka-qopqoqlar “kronen-probka” deb nomlanadi. “Kronen-probka” Irlandiyada tavallud topgan Vilyam Peynter tomonidan ixtiro qilingan bo’lib 1892 yil 2 fevralda o’z ixtirosiga patent olgan. Paytner 1893 yili “Crown Cork and Seal Company” kompaniyasiga asos solgan bo’lib hozirgi kunda ushbu kompaniya kronen-probka ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Download 328.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling