Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir


Polimer idishlarning umumiy xarakteristikasi


Download 328.26 Kb.
bet5/11
Sana23.03.2023
Hajmi328.26 Kb.
#1288590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tomat qadoq kurs loyiha

Polimer idishlarning umumiy xarakteristikasi.
Plastmassa – yopishqoq-oquvchan yoki yuqori elastik holatdagi buyum ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan xususiyatga ega bo‘lgan asosiy komponenti polimer va ularning aralashmasidan iborat material.
Polimer – asosiy komponentlari yuqori molekulyar birikmalar bo‘lgan materiallar guruhi.
Sopolimer – boshqa xususitli guruhlar yoki monamerlarning singishi hisobiga ko‘rinishi o‘zgargan gomopolimerlar.
Gomopolimerlar – bir xil monomerlardan iborat polimer.
Monomer – bu polimerning asosi hisoblanadigan past molekulyar modda.
Polimer idishlar quyidagi turdagi polimerlardan tayyorlanadi:
Sun’iy polimerlar:
-Sellofan (SL);
-Sellyuloza ishlab chiqaradigan efirlar.
Sintetik polimerlar:
-Polietilen;
-Polipropilen (PP);
-Polivinilxlorid (PVX);
-Polietilentereftalat (PETF);
-Polistirol (PS);
-Poliamid (PA);
-Poliuretan (PU);
-Polikarbonat (PK).
Endi ushbu polimerlarga tavsif beramiz:
Sellofan (SL) –ssellyulozani kimyoviy qayta ishlab olinadi. Plyonka va tola ko‘rinishida qo‘llaniladi. Afzalliklari: yuqori gigienik xususiyatli, nisbatan past darajada gaz o‘tkazuvchan, suv bug‘larini yuqori darajada o‘tkazuvchi, yog‘larga chidamli. Kamchiliklari: nam holatida mustahkamligi past, yuqori darajada namlikka bo‘kuvchan. Keng darajada qo‘llaniladigan turli xil plyonkalar olinadi,ssellofanning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib ishlatiladi.
Sellyuloza ishlab chiqaradigan efirlar -ssellyulozani eterifikatsiyalab olinadi. Jumladan, diatsetatlar, triatsetatlar, atsetobutiratlar va boshqalar olinadi. Ularning asosida olingan plyonkalar bosma yozuvni yaxshi oladi va shuning hisobiga ular bezaladi (pardozlanadi).
Polietilen (PE) – birinchi marta etilen gazini polimerizatsiya qilish yo‘li bilan olingan. Ishlab chiqarilishi bo‘yicha eng ko‘p hajmdagi va arzon polimer hisoblanadi.
Polietilen uch xil markada ishlab chiqariladi:
1) YUqori bosimdagi polietilen (YUBPE) – 1500 atmosfera bosimi va 2000S haroratda olinadi. Zichligi ancha pastligi, molekulalarning sertarmoq shakldaligi, elastikligi, yumshoqligi, gigienikligi bilan ajralib turadi. U asosan plyonka va tolalardir.
2) Past bosimli polietilen (PBPE) – 6 atmosfera bosimi va oddiy havo haroratidassigler Natt katalizatori ishtirokida olinadi. YUqori darajada zichligi, molekulalarining to‘g‘ri chiziqli ekanligi, qattiqligi, yuqori bosimli polietilenga nisbatan past darajada gigienikligi bilan ajralib turadi. CHelak, kanistr va boshqa qattiq idishlar tayyorlanadi.
3) O‘rta bosimli polietilen - 30-40 atmosfera bosimda olinadi.
Umuman polietilen ancha sovuqqa chidamli, issiqlikka kam darajada chidamli, eskirishga moyil, shu sababli unga aminlar ko‘rinishidagi stabilazatorlar qo‘shiladi. qattiq idish va bir qavatli yoki kombinirlangan plyonkali qadoq idishi ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. YUqori bosimli polietilenlar ko‘pincha iste’molga oid idishlar ishlab chiqarishda, past bosimli polietilenlar esa transport idishlari (bochka, yashik va boshqalar) ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Polipropilen (PP) – Propilen gazinissigler Natt katalizatori bilan birgalikda polimerizatsiyalash yo‘li bilan ishlab chiqarila boshlagan. Polietilendan juda shaffoligi, silliqligi, yorqin sirti, mustahkamligi va qattiqligi, shuningdek issiqlikka chidamliligi, sovuqqa chidamsizligi bilan ajralib turadi hamda tayyor buyumlari sovitilganda kam darajada kichrayib qoladi va eskirishga yuqori darajada moyil. Ushbu sifatlar polipropilenning keng ko‘lamda qo‘llanilishini ta’minlaydi.
Orientirlangan va ikki o‘qli orientirlangan polipropilen ishlab chiqariladi.
Polivinilxlorid (PVX) – vinilxlorid suyuqligini polimerizatsiyalab olinadi. Ikki turda ishlab chiqariladi:
mustahkam viniplast – konstruksion material sifatida ishlatiladi.
PVX plastikat – PVX smolasiga 50-60% miqdorda plastifikator qo‘shib olinadi. U plyonka ishlab chiqarishda qo‘lanilmoqda.
Polivinilxloridning quyidagi sopolimerlari mavjud:
PVX va akrilonitril – qadoqlash uchun oziq-ovqat plyonkalari;
PVX va vinilidenxlorid – xlorli vinil sopolimeridan olingan plyonka, bunday plyonkalar murakkab shakldagi mahsulotlarni termoqadoqlash uchun ishlatiladi.
PVX va vinilatsetat – bunda yumshoq smola olinib plyonka, lok-bo‘yoq materiallari, elimlar, gramplastinkalar va boshqalarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Umuman polivinilxlorid issiqlikka chidamsiz (Q 700S gacha). Uning sovuqqa chidamliligi plastifikatorning turiga bog‘liq, katta kimyoviy barqarorlikka ega, yaxshi dielektrik xususiyati mavjud. Ushbu polimerni qo‘llanilish doirasi uning xususiyatlariga bog‘liq.
Polistirol (PS) – stirol polimerizatsiya qilinib olinadi. Klassik polistirol juda shaffof bo‘lib, yuqori yorug‘lik sindirish xususiyatiga, kimyoviy barqarorlikka ega, lekin mo‘rt va issiqlikka chidamsiz (Q 800S gacha). Qadoq idishi ishlab chiqarish uchun yuqori molekulyar massaga eaga bo‘lgan polistirol ishlatiladi. U yuqori optik xususiyatlarga, shaffoflikka, namlik ta’siri, kislota va eritmalarga chidamlilikka, ba’zi organik eritmalarga bardoshlilikka egadir. Polistirol plyonkalari shaffof, lekin qattiq, shuning uchun ko‘pincha polistiroldan qattiq idishlar tayyorlanadi. Polistirol engil shaklga keladi, yaxshi dekaratsiyalanadi va payvandlanadi.
Polistirolning quyidagi sopolimerlari ishlab chiqariladi:
1)zarbga bardosh polistirol va akrilonitril, butadienli kauchuk. Santexnika vositalari ishlab chiqariladi.
Akrilbutadienstirol – qattiq, zarbga bardoshli, maishiy asbob-uskunalar va telivizorlarning bloklari tayyorlanadi va materiali engil bo‘yaladi.
Polistrol va uning sopolimerlari stirol (zaxarli modda) ajratib chiqaradi. SHuning uchun uning miqdori cheklanadi. Polistirolning “oziq-ovqat uchun” va “nooziq-ovqat uchun” markalari ishlab chiqariladi. Polistirol o‘zining sovuqqa chidamli va issiqlikka chidamlililik xususiyatlari hisobiga sovitiladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qattiq idishlar ishlab chiqarish keng tus olgan.
Polietilentereftalat (PETF) – poliefirlar sinfiga kiradi, tereftalli kislota va etilenglikol yoki etilenglikol va dietilenglikol aralashmasini sintez qilishi yo‘li balan olinadi. U kimyoviy inert bo‘lib, kimyoviy guruhga kiruvchi tovarlar uchun idish ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Polietilentereftalatdan tayyorlangan plyonkalar juda mustahkam, shaffof, haroratning turli xil darajada o‘zgarib turishiga chidamli va shuning hisobiga juda sovitiladigan yoki sterilizatsiya qilinadigan mahsulotlar uchun ishlatilishi mumkin. Kombinatsiyalangan plyonkalar ishlab chiqarilishi mumkin: lavsan, PE, PE, PP va boshqalarning sopolimerlari. Ular plyonkaning payvandlanishida harorat tushishiga imkon beradi, mos ravishda tovarlarning keng guruhlarini qadoqlash uchun ishlatiladi. PETFning yana bir afzalligi karbonat angidrid gazini juda kam o‘tkazadi. Natijada PETF dan tayyorlangan butilkalar gazlangan ichimliklarni qadoqlash va saqlashda keng foydalaniladi.
Poliamidlar (PA) – qutbli polimerlar bo‘lib, yuqori mexanik mustahkamligi, ayniqsa orientirlangan holatda, elastikligi, termo, yog‘ va kimyoviy bardoshliligi, past darajada gaz o‘tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi, biroq uning yuqori gigroskopiklagi va bug‘ o‘tkazuvchanligi uning kamchiligi hisoblanadi. Poliamidlar oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, hayvan va o‘simlik moylarini qadoqlash, kolbasa va sosiska qobiqlarini ishlab chiqarish uchun plyonkalar tayyorlashda keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Poliamidlarning yuqori barerlik xususiyatlari hisobiga ularni ko‘p qavatli plyonkalarda oraliq qavat sifatida ishlatish mumkin.
Polikarbonat (PK) – kimyoviy tuzilishi bo‘yicha is gazi ishlab chiqaruvchan bo‘lib, bunda vodorod atomlari organik radikallarga aralashib ketgan. Undan tayyorlangana plyonkalar yuqori mustahkamlik ko‘rsatkichlariga, past darajada bug‘ va gaz o‘tkazuvchanlikka, haroratning katta intervalda (-1000S dan Q2000S gacha) o‘zgarishiga, egilishga chidamlilikka ega. Poikarbonatning bu xususiyatlari qo‘llanilish sohasini cheklaydi. Ular sterilizatsiya qilinadigan, muzlatiladigan hamda mikroto‘lqinli pechlarda qizdiriladigan mahsulotlarni qadoqlashda keng ishlatiladi.
Poliurenatlar (PU) – diizotsianitlar (yumshoq blok) va poliefirlar (yumshoq blok)ni sintez qilish yo‘li bilan olinadi. Ular yuqori plastik yoki qattiq shishasimon holatda bo‘lishi mumkin. Poliuretanlar (porolon) tarnsport idishlarining amortizatorlarini, tagliklarini va yordamchi jixozlarini ishlab chiqarshda ishlatiladi.

Download 328.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling