Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir
Qog‘oz va karton idish ishlab chiqarish uchun xomashyo
Download 328.26 Kb.
|
tomat qadoq kurs loyiha
Qog‘oz va karton idish ishlab chiqarish uchun xomashyo
Asosiy xomashyo yog‘ochssellyuloza hisoblanadi. U ignabargli va yaproqli daraxtlar yog‘ochini kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan olinadi. Ikki xil usuli mavjud: sulfatli va sulfitli usullari. Sulfatli usulda barcha turdagi daraxlarning yog‘och xom ashyosi ishlatiladi. Payraxa holiga keltirilgan yog‘och tarashalariga 9–10% NaOH sulfat ishqorida 165–170 °S haroratda va 0,6–0,8 MPa bosim ostida qaynatish yo‘li bilan ishlov beriladi. Bu eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi. Sulfitli usulda asosan igna bargli daraxtlar xomashyosi ishlatiladi. Payraxa holiga keltirilgan yog‘och tarashalariga tarkibiga oltingugurt kislota kiruvchi natriy, magniy, kalsiy va ammoniy gidrosulfitlari ishqorida 130–135 °S haroratda va 0,5–0,8 MPa bosim ostida ishlov beriladi. Ikkala usulda ham qaynatish kamida 5-7 soat davom etadi. SHundan so‘ngssellyuloza massasidan mexanik aralashmalar ajratiladi, agar lozim bo‘lsa, oqartirish uchun qo‘shimcha kimyoviy ishlov beriladi. Oqartirish tarkibiga faol kislorod kiruvchi xlorli oksidlovchi moddalar (xlor yoki uning kislotalarining angidritlari) yoki bog‘lovchilari yordamida amalga oshiriladi. Ushbu ishlov berish jarayoni ekologik jihatdan toza hisoblanadi. Bu operatsiya sifat nuqtai nazaridan muhimdir, chunki oqartirilganssellyuloza yuqori sifatli qog‘oz va karton navlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. YOg‘och qipig‘idan olinganssellyulozaga ishlov berish davomida qog‘ozning qattiqligini oshiruvchi, lekin qog‘oz va boshqa moddalarning sifatini pasaytiruvchi lignin moddasining katta qismi ajratiladi. Ishlov berilgandan keyinssellyulozaning chiqishi 50-60%ni tashkil qiladi. Sulfatlissellyuloza qog‘oz va karton idishlarni ishlab chiqarishda yarimfabrikat vazifasini bajaradi, uning miqdori ko‘p hollarda idishning pishiqlik darajasini belgilaydi. U sulfitlissellyulozaga nisbatan qimmat va to‘q rangda bo‘ladi (aqartirish jarayonigacha). Sulfatlissellyuloza – qopli (xaltali) va A markadagi o‘rama qog‘oz ishlab chiqarishdagi asosiy yarim fabrikat hisoblanadi (yuqori pishiqlik xususiyatlariga ega). Arzonlashtirish uchun pulpa tarkibiga yog‘ochli massa – yog‘och qipig‘i va termomexanik ishlov berilgan mayda qilib tuyilgan yog‘och massasi qo‘shiladi. Uning qo‘shilishi qog‘ozga mayinlik, berchlik xususiyatlarini beradi, pishiqlik xossalarini, mustahkamligini, sinish ko‘rsatkichlarini pasaytiradi. YOg‘ochli qo‘shimcha massa pachkali va karobkali karton ishlab chiqarishda foydalaniladi. SHuningdek, qo‘shimcha sifatida yarimsellyuloza (yog‘och xomashyosiga to‘liq ishlov berilmagan maydalangan xomashyo), tabiiypaxta tolasi, zig‘irpoya tolasi, kanoptola va jutlar ham ishlatiladi. Ishlab chiqarishda mahsulot tannarxini arzonlashtirish uchun qog‘oz makulaturasi ishlatiladi. U tolalarning necha marta ishlatilishi bilan farqlanadi. qog‘oz ishlab chiqarishining dastlabki yoki qaytgan chiqitlari - bu eng toza xomashyo hisoblanadi. Poligrafik ishlov berishdan o‘tgan ikkinchi bo‘g‘in makulatura poligrafiya chiqiti sanaladi. Maishiy qattiq chiqitlardan tozalangan yoki retsikling makulaturasi eng iflos makulatura hisoblanadi. U maxsus sanitariya ishlovini talab qiladi. qog‘oz yoki kartonning oziq-ovqat mahsuloti bilan tegib turgan qatlami tarkibida makulaturaning bo‘lishi mumkin emas. Karton ishlab chiqarish uchun xomashyo komponentlari va yarimfabrikatlar tarkibi karton turi va uning vazifasiga bog‘liq ravishda olinadi. Tekis karton ishlab chiqarish uchun dastlabki xomashyo – oqartirilgan va oqartirilmaganssellyuloza ishlatiladi. Kartonlarning tannarxini arzonlashtrish uchun uning komponentlariga tarkibiga tarkibi yaxshilangan qog‘oz makulaturasi va yog‘och qipiqli massa qo‘shiladi. Gofrirlangan karton ishlab chiqarishda sulfatli va sulfitli oqartirilmaganssellyuloza, yog‘och qipiqli massa,ssellyulozaning saralangandan keyingi chiqitlari, saralangan makulaturaning qog‘ozli massasi va saralanmagan makulatura ishlatiladi. Download 328.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling