Qog‘oz va karton idishlarning xususiyatlari
Afzalliklari:
Tashishga nisbatan chidamli;
Engil;
Kompaktli (ixcham);
Juda ko‘p turdagi mahsulotlarni qadoqlash imkoni mavjud;
YUqori ekologikligi – karton 100% parchalanadi va atrof muhitga qorilib ketadi.
YUqori darajada oppoq (toza);
SHaffof emas;
YAxshi nashr qilish xususiyati mavjud;
Issiqlikka chidamli.
Kamchiliklari:
Gaz, bug‘, aromat (hid)ga nisbatan qarshilik xususiyati past;
YUqori darajada gigroskopligi va bo‘kuvchanligi;
Namlik holatida mustahkamligini yo‘qotishi (namga chidamligi past);
Termo payvandlashning imkoni yo‘qligi (faqat elimlash mumkinligi).
Qadoqlash materiallarining asosiy turlari: qog‘oz va tekis yupqa karton, ba’zan uni qalinligi va zichligi bo‘yicha qiyin farqlanadi. qog‘ozning qalinligi 1m2 dagi massa birligi bilan ifodalanadi. qog‘ozga nominal massasi 170-250 g/m2 (qalinligi 0,3 mm dan yuqori)gacha bo‘lgan, lekin shartli bo‘linish chegarasi 250 g/m2 bo‘lgan mahsulotlar kiradi. YUpqa karton mahsulotlariga 170 g/m2dan yuqori massaga ega materiallar kiradi. qalin va pishiq kartonlar 400dan 1200 g/m2 gacha massaga ega bo‘ladi.
Qadoqlash sanoatida qog‘oz va karton quyidagi guruhlar bo‘yicha sinflanadi:
yorliqlash qog‘ozi – yorliq ishlab chiqarish uchun;
o‘rama qog‘oz, uning turlari va xillari – oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun;
qog‘oz qop (xalta), uning turlari va xillari – yumshoq tarnsport idishi ishlab chiqarish uchun;
turli guruhdagi listli karton – iste’molga oid idish ishlab chiqarish uchun;
turli xil va markadagi gofrirlangan karton – asosan transport (tashish) idishlarini ishlab chiqarish uchun, shuningdek iste’molga oid nooiziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |