Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir


Qog‘oz idish va kartonning sifatini nazorat qilish


Download 328.26 Kb.
bet10/11
Sana23.03.2023
Hajmi328.26 Kb.
#1288590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tomat qadoq kurs loyiha

Qog‘oz idish va kartonning sifatini nazorat qilish
Qog‘oz va karton idishlarning sifati shisha, yog‘och, polimer idishlarni nazorat qiluvchi barcha usullar bilan aynan bir xil ravishda, shuningdek, har bir qadoq idishi uchun me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoida va me’yorlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Kartonning sifati quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi:

  • 1 m2 dagi massasi va qalinligi;

  • ko‘ndalang yo‘nalishda statik egilish (bukilish)ning bikirligi;

  • qatlamlarga ajratilganda mustahkamlik chegarasi;

  • qatlamlarga ajralishga qarshiligi;

  • bog‘lanishlar energiyasi;

  • namlik.

Bu ko‘rsatkichlar iste’molbop idishlar uchun barcha karton guruhlariga qo‘laniladi. Xrom, xrom-erzats va elimlangan xrom-erzats uchun qo‘shimcha ravishda quyidagilar aniqlanadi:

  • qoplangan qatlam yuzasining yulib olinishiga chidamliligi;

  • bo‘rlangan qatlamning silliqligi;

  • ichki tomonining g‘adir-budirligi;

  • yuza qismining oppoqligi.

Namlik kartonning uzoq muddat saqlashga chidamliligini aniqlovchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. U bir qavatli karton uchun 12%dan va elimlangan turlari uchun 14%dan oshmasligi kerak. Iste’moldagi karton yashiklar (qutilar) sifati bo‘yicha ikki kategoriyaga bo‘linadi. Birinchi kategoriyadagi yashiklar tovarlarni remontsiz qadoqlash uchun ishlatilishi mumkin. Ular toza, begona hidlarsiz, butun klapanli, devorlari deformatsiyasiz bo‘lishi kerak. Ular tashqi tomondan teshikli shikastlanmasligi kerak. Ikkinchi kategoriyadagi yashiklar remont talab qiladi. Ular to‘rttagacha tashqi teshikli ishkastlanishi mumkin. Lekin bir tomon devori ikkitadan ortiq bo‘lmasiligi kerak. SHikastlanishlarning o‘lchami uzunligi va diametri bo‘yicha 5 smgacha yoki ochiq gofrirlangan kartonlarda diametri bo‘yicha 12 sm gacha va diametri bo‘yicha 6 sm gacha bo‘lishi mumkin. Standart talabalariga javob bermaydigan va I va II kategoriya talablariga javob bermaydigan karton yashiklari makulaturaga topshiriladi.
Qog‘oz va karton idishlarning assortimentlari
Qog‘oz paket, pachka, qop va mahsulotlarni qo‘lda va avtomatda qadoqlashda ishlatiladi.
Tekis va gofrirlangan karton qattiq iste’molbop idishlar (pachka, korobka, kombinirlangan idish) va tarnsport (yashik) ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Qog‘ozning quyidagi turlari mavjud:

  1. o‘rama qog‘oz (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini qo‘lda qadoqlash, paketlar tayyorlashda va guruhli qadoqlashni shakllantirishda ishlatiladi).

  2. oziq-ovqat mahsulotlarini avtomatlarda qadoqlash uchun;

  3. o‘simlikka oid pergament (suv va yog‘ni o‘ziga shimmaydigan qog‘oz);

  4. pergament osti qog‘ozi;

  5. parafinli qog‘oz;

  6. mikromum qavatli yorliq qog‘ozi;

  7. laminatsiyalangan qog‘oz;

  8. yozuv qog‘ozi;

  9. bosma qilinadigan qog‘oz;

  10. pergamin (oqartirilgan to‘ldiruvchilarsizssellyulozadan

  11. yarim shaffof elimlangan qog‘oz, kalka qog‘ozi ishlab chiqarishda va oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda ishlatiladi).

O‘rama qog‘ozlar oqartirilmaganssellyuloza va boshqa yarim fabrikatlardan ishlab chiqariladi. Turi, qo‘llanilish sohasi va sifat ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib qog‘oz 9 ta markaga bo‘lingan: A, B, V, G, 01, 02, D, E, J.
B, G, E, J markadagi qog‘ozlar agar ularning tarkibida makulatura va past navli xomashyo bo‘lmasa, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda ishlatiladi. Jumladan, ular asosan, nooziq-ovqat mahsulotlarini (“nooziq-ovqat” qog‘ozi) qadoqlashda ishlatiladi. Tolalari tabiiy rangga ega bo‘ladi.
Avtomatlarda oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashga mo‘ljallangan qog‘ozlar boqqollik, konditer, non-bulka mahsulotlarini, shakar, qand-rafinad, quyma muzaqaymoqni stakanchalarga qadoqlash, shuningdek, umumiy ovqatlanishda (bir martalik) ishlatish uchun pachka, korobka, paketlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. U quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: 0; A-I, A-II, B-I, D, E-I, E-II, B, G, PV-260.
Tarkibida yog‘ va suv bo‘lgan mahsulotlar qog‘ozning maxsus yog‘ga bardosh turlariga qadoqlanadi, ular pergament, podpergament va parafinli qog‘ozlardir. U maxsus turdagi qog‘ozni konsentrlangan kislota bilan 2-3 sekund davomida ishlov berish yo‘li bilan olinadi bu muddatda qog‘ozning ustki qismidassellyulozaning intensiv bo‘kishi ro‘y beradi. Bunda kislota qoldiqlari siqilganda bo‘kkanssellyuloza tolalar orasini to‘ldiradi, oxirgi yuvish va quritish amalga oshirilgach zich, g‘ovakligi past struktura shakllanadi va u pergamentning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Lominatsiya yoki metallizatsiyaning asosi sifatidagi oziq-ovqat, meditsina pergamentlari va yarimfabrikatlari ishlab chiqariladi. Podpergament – g‘ovakligi past, shartli ravishda yog‘ o‘tkazmaydigan qog‘oz turi bo‘lib, korobka yoki pachkaning ichki paketi uchun, shuningdek, konditer, go‘sht va boshqa mahsulotlarni qadoqlashda yashik ichiga to‘shash uchun mo‘ljallangan. Podpergamentning qo‘llanilishiga qarab bir necha xil markada ishlab chiqariladi: JV, PJ, P.
Parafinlangan qog‘oz maxsus qog‘ozdan parafin eritmasiga botirish yo‘li bilan olinadi. Parafinlash jarayoni qog‘ozning namlikka chidamliligini oshiradi. U karamel va konfetlarni avtomatda qadoqlash, pishloq-tvorogli mahsulotlar va boshqa odatdagi mahsulotlarni qadoqlash uchun mo‘ljallangan.
Iste’molbop karton tekis listdan iborat bo‘lib, pachka va korobkalarni tayyorlash uchun, qattiq kombinirlangan idishlarning korpusini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Iste’molbop idishlar uchun tekis kartonning quyidagi guruhlari ishlab chiqariladi:

  • Xromli karton;

  • Xrom-erzats;

  • Elimlangan xrom-erzats;

  • Korobka uchun;

  • Elimlanadigan korobka uchun.

Kartonning markirovkasi “karton” so‘zi, markasi, navi, 1m2 dagi nominal massasi (yoki qalinligi, mm da), me’yoriy hujjatdagi belgilaridan iborat bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha ravishda markasidan keyin “oziq-ovqat” yozuvi bo‘lishi shart.
Gofrirlangan karton tekis kartondan farqli ravishda o‘ziga xos konstruksiyaga ega va tekis va gofrirlangan qatlamlardan iboratdir. Tekis qatlami layner deb ataladi, to‘lqinsimon va qat-qat shaklga ega gofrirlangan qatlam esa flyuting deb ataladi. qatlamlarining soniga bog‘liq ravishda gofrirlangan karton uchta turda ishlab chiqariladi: D (ikki qavatli), T (uch qavatli) va P (besh qavatli).
Tekis elimlangan karton sariyog‘ va margarinni qadoqlash uchun yashiklar tayyorlashda ishlatiladi. Gofrirlangan kartondan farqli ravishda u kam miqdorda ishlab chiqariladi, lekin u yuqori mustahkamlik xususiyatlariga ega. Gofrirlangan karton gofrasining turidan farqlanadi: gofra profilining balandligi va uning qadami bilan farqlanadi: A, S, V, E. Yirik gofralar kartonning amartizatsiyalanish xususiyatlarini ta’minlasa, kichiklari mustahkamlik xususiyatlarini ta’minlaydi, shuning uchun T yoki P turdagi kartonlar yirik va kichik, kichik va o‘rtacha gofralarning kombinatsiyasidan iborat.

Download 328.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling