Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi


Download 1.86 Mb.
bet117/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

17.2. Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi
Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiyiqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o‘z manbalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
      • soliq shaklidagi daromadlar;


      • soliq bo‘lmagan daromadlar;


      • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari.


Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.


Soliq bo‘lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
      • davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);


      • davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan to‘lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);


      • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yyetkazilgan zararlarni tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar va majburiy undirilgan boshqa mablag‘lar;


      • moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);


      • soliq xarakteriga ega bo‘lmagan boshqa daromadlar.


Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:


      • davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar;


      • kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar;


      • davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;


      • qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq;


      • davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar;


      • davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);


      • davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.


Davlat byudjetining daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari tarkibiga kiradi.


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda70
      • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;


      • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;


Soliq usul uchun mablag‘larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o‘rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismi davlat ixtiyoriga o‘tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqalar kiradi.


Soliq xarakteriga ega bo‘lmagan daromadlar davlatga tegishli bo‘lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to‘lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan mablag‘lar ham davlat byudjetining daromadlari bo‘lishi mumkin. Biroq ayrim to‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag‘larni sarf etsa-da, bu mablag‘larni belgilangan muddatlarda va to‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday davlat byudjeti daromadlarining ko‘rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini sotishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtayi nazaridan kiritilishi mumkin.
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriktirilishiga qarab ikkiga bo‘linishi mumkin:
      • davlat byudjetining o‘z daromadlari;


      • davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari.


Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli byudjetga to‘liq yoki qisman biriktirilgan daromadlar davlat byudjetining o‘z daromadlari deyiladi. Ularga tegishli byudjetlarga biriktirilgan soliqlar va soliq xarakeriga ega bo‘lmagan daromadlar kiradi.


Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, odatda 3 yildan kam bo‘lmagan holda) uchun boshqa darajadagi byudjetlarga ajratmalar normativi o‘rnatiladigan soliqlar va boshqa to‘lovlar davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari deyiladi.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtayi nazaridan oldindan mo‘ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi
379
Masalan, davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining to‘lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag‘lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat byudjeti daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga o‘tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i va boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo‘natmalarini, meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mol-mulklarni sotishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan undiriladigan yig‘imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun yig‘imlar, o‘lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o‘tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.
Davlat byudjeti daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi mumkin. Daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to‘lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini sotishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir mablag‘lar belgilangan muddatlarda byudjetga o‘tkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu to‘lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi to‘lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko‘zda tutadi. Bu holat davlat byudjetining ijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, mablag‘larni to‘liq va o‘z vaqtida byudjetga jalb etishga xizmat qiladi.
Subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil usulni qo‘llash evaziga olinishi mumkin: 1) soliq usulida; 2) soliq bo‘lmagan usulda.
378
      • meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;


      • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;


      • rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar;


      • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari71 quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda: 1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:


      • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;


      • yagona soliq to‘lovi;


      • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;


      • qo‘shilgan qiymat solig‘i;


      • aksiz solig‘i;


      • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.


        1. bojxona bojlari;


        2. qo‘shimcha foyda solig‘i;


        3. mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi; 5) boshqa daromadlar.


Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to‘lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‘lovlari jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar, aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda72:
        1. belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:


      • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;


      • yagona soliq to‘lovi;


      • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;


      • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;


      • qo‘shilgan qiymat solig‘i;


      • aksiz solig‘i;


      • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;


      • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;


        1. mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan:


      • benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;


      • mol-mulk solig‘i;


      • yer solig‘i;


      • yagona yer solig‘i;


      • ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im;


        1. yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;


        2. bozorlardan tushadigan daromadlar;


        3. boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aksiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o‘tkazib beriladi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjeti daromadlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin: – xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar; – aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; – davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlar; – aholidan olinadigan mablag‘lar.
Davlat byudjeti daromadlarining yuqorida sanab o‘tilgan har bir guruhlari daromadlarning manbalari, to‘lovlarning turlari va hokazolar bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linishi ham mumkin.
377
qonunchiligiga, davlat hokimiyati organlarining qarorlariga va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining me’yoriy-huquqiy aktlariga muvofiq o‘rnatiladigan hamda tegishli mahalliy hududda to‘lanishi shart bo‘lgan soliq va yig‘imlar mahalliy soliqlar va yig‘imlar deyiladi.
Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatiga, o‘zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish davriga qarab mahalliy soliq va yig‘imlar ikkiga bo‘linadi:
      • hokimiyatning qonunchilik organi tomonidan joriy etiladigan va mamlakatning barcha hududlarida amal qiladigan mahalliy


soliqlar va yig‘imlar;


      • mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qaroriga muvofiq joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlar.


Birinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig‘imlarning tarkibi quyidagilardan iborat:


      • jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq;


      • yer solig‘i;


      • savdo qilish huquqi uchun yig‘im;


      • va boshqalar.


Mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha ushbu konkret stavkalar davlat hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ularni undirish va to‘lash tartibi tegishli organ (masalan, Davlat soliq qo‘mitasi) tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.


O‘z navbatida, ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig‘imlarning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
      • avtomobillarni olib-sotganlik uchun soliq;


      • avtotransportlar to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im; • fuqarolarning boshqa maqsadli yig‘imlari;


      • va boshqalar.


Ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig‘imlarga nisbatan yagona yo‘riqnomaning bo‘lishi mumkin emasligi sababli tegishli vakolatli organlar (Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqalar) alohida olingan mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha namunaviy nizom (yo‘riqnoma) ishlab chiqishlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishda undan foydalanish tavsiya etilmog‘i maqsadga muvofiq.


400
daromadlarning ortib borishiga qarab soliqning stavkasi ham ortib boradi. Progressiyalar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy progressiyada soliqning stavkasi daromadning barcha qismi uchun ortadi (oshadi). Murakkab progressiyada esa soliq to‘lovchining daromadi qismlarga bo‘linadi va uning har bir qismiga nisbatan tegishli soliq stavkasi qo‘llaniladi;
      • soliq tizimi – mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar, ularning tuzilishi usullari va prinsiplari majmui.


      • soliq imtiyozlari – amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq to‘lovchini soliq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilish;


      • soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) – unga nisbatan soliq stavkasi qo‘llaniladigan daromad. Soliq to‘lovchining yalpi daromadidan amaldagi qonunchilik bo‘yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi;


      • soliq okladi – uning subyekti tomonidan to‘lanadigan soliq summasi.





Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling