Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet119/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

17.5. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar fiskal nuqtayi nazardan yyetarli darajada samarali bo‘lmagan va ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan soliqlar va yig‘imlardir. Mamlakatning soliq
399
(foyda)larning tarkibiga boshqa korxonalarning faoliyatiga hissali ishtirok etishdan, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromad (foyda)lar hamda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olingan boshqa daromad (foyda)lar kiradi.
Korxonalarga tegishli bo‘lgan daromad (foyda)ni soliqqa tortishda soliq imtiyozlari muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan soliqni hisoblashda soliqqa tortiladigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:
      • ishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishga, xuddi shu maqsadlar uchun olingan va foydalanilgan bank kreditlarini qaytarishga (foizlarini ham qo‘shgan holda) yo‘naltirilgan daromad (foyda)ning summasiga;


      • iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari uchun uy-joy qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan daromad (foyda)ning summasiga;


      • mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq ravishda ijtimoiy-madaniy soha obyektlari va uy-joy fondini saqlashga yo‘naltirilgan korxonalarning haqiqiy xarajatlari summasiga;


      • xayriya fondlariga badallar summasi va boshqalarga.


Korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjetining asosiy parametrlari to‘g‘risidagi Qarorlariga muvofiq o‘rnatiladi. Bu soliq joriy etilgan dastlabki yilda uning stavkasi 38% darajasida belgilangan bo‘lsa, uning darajasi 2007-yilda 10% ga teng bo‘lgan. 2019-yilda esa uning darajasi 12,0% qilib belgilangandir (tijorat banklari uchun esa 20% darajasida).


Soliqning summasi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida (yil boshiga nisbatan o‘sib borish tartibida), mustaqil ravishda aniqlanadi. U byudjetga soliq to‘lovchi tomonidan choraklik hisob-kitoblar bo‘yicha choraklik buxgalteriya hisobotini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan besh kunlik muddatda, yillik hisob-kitoblar bo‘yicha esa yillik buxgalteriya hisoboti va balansini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan o‘n kunlik muddatda o‘tkaziladi. Chorak davomida bu soliqni to‘lovchilar har oyning 15-kunidan kechiktirmasdan choraklik soliq summasining 1/3 qismi miqdorida avans to‘lovlarini amalga oshirishlari kerak.
398
soliq imtiyozlarini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish evaziga qo‘lga kiritilayapti.
Soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar o‘ziga xos o‘ringa ega. Qo‘shilgan qiymat solig‘i Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida amal qiladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlardan faqat AQSh va Yaponiyada bu soliq qo‘llanilmaydi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bojxona bojlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular tovarlar eksporti va importida olinadigan soliqlardir. Keyingi yillarda dunyo xo‘jalik hayotining globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining yanada rivojlanishi natijasida bojxona bojlarining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish manbai sifatidagi roli ham birmuncha pasayib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar byudjetlari daromadlarining o‘rtacha 1-4% shu soliq hisobidan tarkib topayapti.
Davlat fiskal monopoliyalari yoki fiskal monopol soliqlarda davlat ommaviy iste’molga ega bo‘lgan qandaydir bir mahsulotni (aroq, sigareta va shunga o‘xshashlar) ishlab chiqarish va uni sotish ustidan monopoliya o‘rnatadi va o‘rnatilgan monopol bahodan tadbirkorlik daromadi bilan bir qatorda yirik soliqlar ham undiradi. Davlat byudjetiga kelib tushadigan fiskal monopol soliqlar Fransiya, Italiya, GFR va Yaponiya kabi mamlakatlarda qo‘llaniladi.
Mahalliy byudjetlarga fiskal nuqtayi nazaridan yyetarli darajada samarali bo‘lmagan va ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar biriktiriladi. Mahalliy byudjetlarning ixtiyoriga kelib tushadigan soliqlarning asosiysi mol-mulk solig‘idir.
Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlatlarda federatsiya a’zolari byudjetlarining daromadlariga tegishli bo‘lgan masala turlicha hal qilingan. Masalan, AQShda shtatlarning byudjetlari egri (bilvosita) soliqlarga tayangan bo‘lib, ularning orasida sotuvdan olinadigan soliq asosiy o‘rin tutadi. GFRda esa aholidan olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar ma’lum foizlarda federal va yer byudjetlari o‘rtasida bo‘linadi. Juda ko‘p mamlakatlarda mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladigan soliqlarga nisbatan ustamalar (qo‘shilmalar) qo‘llash amaliyoti joriy etilgan.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan mahalliy hokimiyat organlarining o‘z funksiyalarini to‘liq amalga oshirishlari uchun soliqlar, aksariyat hollarda, yetarli emas. Shu sababli mahalliy byudjetlarga yuqori byudjetdan dotatsiya, subvensiya, subsidiya, kredit va boshqa shakllarda mablag‘lar yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston hududida qirqdan ortiq soliq va yig‘imlar undiriladi. Ular sonining ko‘pligi xilma-xil vazifalarni hal qilish va turli-tuman funksiyalarni bajarish imkonini bersa-da, bir vaqtning o‘zida bu holat, ularni undirish bo‘yicha xarajatlarning ortishiga olib keladi va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga sharoit yaratadi.
Zamonaviy soliq tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi:
      • davlat byudjeti daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida jalb qilinishini ta’minlash. Aks holda, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirish mumkin emas;


      • yoppasiga va xo‘jalik yuritishning alohida sohalari bo‘yicha ishlab chiqarish va iste’molni tartibga solish uchun sharoit yaratish. Bunda aholining turli guruhlari daromadlarini shakllantirish va qayta taqsimlashning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi kerak.


O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:


      • huquqiy asosga egaligi va nisbatan bo‘lsa-da, barqarorligi (soliqlar va soliqqa tortishning barcha masalalariga nisbatan emas); daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq barcha iqtisodiy munosabatlarga kirib boradi. Barcha soliqlar va yig‘imlarni joriy etish va ularni bekor qilish faqat davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi;


      • soliqlarni hisoblash va undirishning yagona prinsiplari va mexanizmi. Barcha soliqlar va yig‘imlar ustidan yagona nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan amalga oshiriladi;


      • yangi soliqlarning joriy qilinganligi (qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqalar) hamda soliq imtiyozlari va oldin amal qilgan soliqlar bazasini hisoblash tartibida keskin o‘zgarishlarning sodir etilganligi;


      • soliq kalendariga muvofiq qonunchilik yo‘li bilan soliqlarni to‘lashda aniq ketma-ketlik o‘rnatilganligi. Masalan, yuridik shaxslar birinchi navbatda umumdavlat soliqlarini, undan keyin esa mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘lashadi;


      • barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan teng talablarning qo‘llanilishi va soliqlar ro‘yxatini aniqlash, stavkalarni unifikatsiya qilish, imtiyozlar va ularni taqdim etish mexanizmini tartibga solish hamda mablag‘lardan foydalanish huquqiga aralashmaslik yo‘li Aksiz solig‘i byudjetga oyning aksiz to‘lanadigan mahsulot sotilgan 10 kunligi tugaganidan keyin (agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) uch kundan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim.





Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling