Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Davlat byudjeti daromadlari deb nimaga aytiladi? Nima uchun davlat byudjeti daromadlari oraliq xarakteriga ega? Davlat byudjeti daromadlari nima uchun zarur? Davlat byudjeti daromadlari qanday jarayonda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o‘zida ifoda etadi? Davlat byudjeti daromadlari qanday organlarning ixtiyoriga kelib tushadi? Mamlakatlarning davlat tuzilishiga bog‘liq ravishda davlat byudjeti daromadlari bir-biridan qanday farq qiladi? Miqdoriy jihatdan qaysi tushuncha katta: davlat daromadlarimi yoki davlat byudjeti daromadlari? Nima uchun? Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan shaklini nimalar tashkil etadi? Davlat byudjeti daromadlarining asosiy moddiy manbaini nima tashkil etadi? Davlatning ehtiyojlarini qondirishga milliy boylik ham jalb etilishi mumkinmi? Qanday hollarda? Milliy daromadning muayyan qismini davlat ixtiyoriga o‘tkazish qanday usullar yordamida amalga oshiriladi? Davlat kreditiga qanday holatlar inobatga olingan holda murojaat qilinadi? Davlat kreditini olishning qanday ikki yo‘li mavjud? Qanday vaziyatlarda davlat qog‘oz pullar emissiyasiga murojaat qiladi? Davlat byudjeti daromadlari kategoriyasining namoyon bo‘lish shakllari nimalardan iborat? Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari o‘zida nimani ifodalaydi? Davlat byudjeti daromadlarining absolyut hajmi va salmog‘i qanday omillarga bog‘liq? Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining asosiy prinsiplarini bilasizmi? Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi tufayli bu jarayonda ularga nisbatan qanday prinsiplardan foydalaniladi? Davlat byudjeti daromadlari qanday mezonlar asosida tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin? Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? Davlat byudjetining soliq daromadlari tarkibini aytib bering. Davlat byudjetining soliq xarakteriga ega bo‘lmagan daromadlari tarkibiga nimalar kiradi? Tushumlarning qanday turlari (ko‘rinishlari) davlat byudjeti daromadlarining tarkibiga olinishi mumkin? Amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda tasniflanayapti (klassifikatsiya qilinayapti)? To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib bering. O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjeti daromadlari qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin? Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjeti daromadlari qanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin? Yuridik nuqtayi nazardan, davlat byudjeti daromadlari qanday guruhlardan tashkil topadi? Davlat byudjeti daromadlariga qanday daromadlar kiritiladi? O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti qanday daromadlarni o‘z tarkibiga oladi? Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi mumkin? Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriktirilishiga qarab, qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin? Davlat byudjeti daromadlari qay tarzda (shaklda) jalb qilinishi mumkin? Qanday metodlarni qo‘llash evaziga subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti? Hozir davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday? Milliy iqtisodiyotda qo‘llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari tizimining samaradorligi bevosita qanday omillarga bog‘liq va u o‘z ichiga nimalarni oladi? “Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromadlari” tushunchalari o‘rtasiga tenglik belgisini qo‘yish mumkinmi? Soliqning ta’rifi qanday? Soliqlarning ijtimoiy mazmunini bilasizmi? toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to‘lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish; 2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to‘lash va ularni saqlab turish xarajatlari; hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar; qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek‚ geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to‘lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari; atrof-muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar; «Sof ichimlik suvi» jamg‘armasi orqali ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar. respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini; 415 qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar); qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta’minoti va ularga haq to‘lash, hukumatning alohida qarorlariga ko‘ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros obyektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari; fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o‘tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari; davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari; respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash xarajatlari; bolalikdan nogironlarga va bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to‘lash uchun vakolatli organga mablag‘lar ajratish xarajatlari; Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayrim 414
Soliqlarning moddiy asosini nimalar tashkil etadi?
Soliqlar qanday xarakterli belgilarga ega? Soliqlar qanday funksiyalarni bajaradi? Soliqlarning fiskal funksiyasining mazmunini nimada? Soliqlarning tartibga solish (rag‘batlantirish) funksiyasiga xarakteristika bering. Soliqlarning asosiy elementlari tarkibini aytib bering. Soliq subyekti nima? Soliq obyektini tushuntirib bering. Soliq manbai tarkibini aytib bering. Soliqqa tortish birligi qanday ataladi? Soliq stavkasi nima va uning qanday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin? Soliq imtiyozlari deyilganda nimalar tushuniladi? Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) nima? Soliq okladi deyilganda nima nazarda tutiladi? Soliq tizimi tushunchasini tushuntirib bering. Soliq mexanizmining ta’rifini aytib bering. Unitar davlatlarda soliq tizimi o‘z ichiga qanday soliqlarni oladi? Federativ davlatlarda soliq tizimi necha bo‘g‘indan tarkib topadi? Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan qanday asosiy soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi? Zamonaviy soliq tizimining vazifalarini aytib bering. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi qanday belgilar bilan xarakterlanadi? Soliqqa tortish jarayonlari bilan tartibga solinadigan soliq tizimining asosiy prinsiplarini aytib bering. Sizningcha, hozirgi sharoitda soliq tizimida qanday nuqsonlar bor? Yangi sharoitda soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tushuntirib bering. Mamlakatning soliq tizimi qanday belgilar va omillarga muvofiq tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi)? Soliqqa tortishning obyekti hamda soliq to‘lovchi va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liq ravishda soliqlar qanday guruhlarga bo‘linadi? Nega soliqlarning bir guruhi to‘g‘ri (bevosita) va ikkinchi guruhi esa egri (bilvosita) soliqlar deb yuritiladi? Qanday soliqlar to‘g‘ri (bevosita) soliqlarning tarkibiga kiradi? Egri (bilvosita) soliqlarning tarkibi nimalardan iborat? Foydalanilishi bo‘yicha soliqlar qanday soliqlardan iborat bo‘lishi mumkin? Yig‘ilishi va tegishliligi qaysi organga bog‘liqligiga qarab, soliqlar qanday soliqlarga bo‘linadi? Umumdavlat soliqlari nima va ularning tarkibiga qanday soliqlar kiradi? Qo‘shilgan qiymat solig‘i deganda nima tushuniladi? Boshqa soliqlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i qanday afzalliklarga ega? Kimlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi? Qo‘shilgan qiymat solig‘i orqali soliqqa tortishda qanday soliq imtiyozlari ko‘zda tutiladi? Odatda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashning qanday muddatlari belgilanishi mumkin? Aksiz solig‘i nima va qanday mahsulotlarga aksiz solig‘i solinadi? Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning ahamiyati nimadan iborat va kimlar uning to‘lovchilari hisoblanadi? Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq uchun soliqqa tortish obyekti bo‘lib nima xizmat qiladi va uning tarkibi qanday elementlardan tashkil topgan? Korxonalarga tegishli bo‘lgan daromad (foyda)ni soliqqa tortishda qanday soliq imtiyozlari beriladi va soliqni hisoblashda soliqqa tortiladigan baza qanday summalarga kamaytiriladi? Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qanday o‘rnatilgan progressiv stavkalarda undiriladi va bu soliq yordamida soliqqa tortishning qanday ikki tizimi mavjud? Kimlar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi va u qanday shakllarda to‘lanishi mumkin? Mahalliy soliqlar va yig‘imlar nima va ularning tarkibi qanday? Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatiga, o‘zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish davriga qarab mahalliy soliq va yig‘imlar qanday guruhlarga bo‘linadi va ular har birining tarkibi qanday? nuqtayi nazardan, davlat byudjeti xarajatlari uch guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi: Davlat byudjeti xarajatlari; Respublika byudjeti xarajatlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning xarajatlari. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik nuqtayi nazardan, davlat byudjeti xarajatlari ikki guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi: Respublika byudjetining xarajatlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning xarajatlari. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling