Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Davlat byudjetidan moliyalashtirish ta’rifi


Download 1.86 Mb.
bet131/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

18.2. Davlat byudjetidan moliyalashtirish ta’rifi:
prinsiplari, usullari, shakllari va metodlari
Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjetdan mablag‘larni taqdim etish (mablag‘lar berish) tizimi tushuniladi. U pul mablag‘larini ajratishning o‘ziga xos shakl, usul va prinsiplari yordamida amalga oshiriladi. Byudjetdan moliyalashtirishning shakl, usul va prinsiplari bu tizimning tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali byudjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish prinsiplari muhim rol o‘ynaydi. Amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo‘lish mumkin. Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag‘ oladigan barcha subyektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy prinsiplar esa subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda davlat byudjeti mablag‘larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:


      • minimum xarajat qilib, maksimum samara olish. Davlat byudjeti mablag‘lari ulardan foydalanishning eng yuqori samarasi ta’minlangandagina taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini hal etish, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilarning daromadlari o‘sishi hisobidan pul mablag‘larining byudjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin;


      • davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi. Yuridik shaxslar oldindan maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan davlat byudjeti asosida byudjetdan mablag‘ olishi mumkin. Bu prinsipga qat’iy rioya qilish davlat byudjeti mablag‘laridan samarasiz foydalanishga to‘sqinlik qiladi;



      • Download 1.86 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling