Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


ko‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag‘larning foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti mablag‘larini taqdim etish


Download 1.86 Mb.
bet132/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

ko‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag‘larning foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti mablag‘larini taqdim etish. Byudjetdan moliyalashtirish ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liqligi moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;


  • davlat byudjeti mablag‘larining qaytariluvchan emasligi. Davlat byudjeti mablag‘lari subyektlarga ularni majburiy ravishda byudjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi;

    davlat byudjeti mablag‘larining tekinligi (bepulligi). Byudjetdan mablag‘lar subyektlarga foiz ko‘rinishida qandaydir daromadlarni davlatga to‘lamasdan yoki mablag‘larni to‘lashning boshqa ko‘rinishlarisiz ajratiladi.
    Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
          1. davlat byudjeti mablag‘larini faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga ajratish;


          2. davlat byudjeti mablag‘larining hajmini aniqlashda “qoldiq” yondashuvidan foydalanish;


          3. byudjetdan moliyalashtirishda rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit usuli orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;


          4. korxonalarning moliyaviy holatini davlat byudjeti orqali tartibga solish prinsipi va boshqalar.


    Davlat byudjeti mablag‘lari amaliyotida byudjetdan moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi ikki usulini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:


          1. netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish. Pul mablag‘larini taqdim etishning bu usuli shu bilan xarakterlanadiki, unga ko‘ra davlat byudjeti mablag‘lari tasdiqlangan byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi;


          2. brutto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish. Bu usul byudjetdan to‘liq moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar uchun qo‘llaniladi. Davlat byudjeti mablag‘lari bu holda davlat byudjeti tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning barcha turlari uchun ajratiladi.


    Pul mablag‘larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari byudjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi:


          1. davlat byudjeti tashkilotini saqlash uchun mablag‘lar;


          2. davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shartnomalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to‘lash uchun mablag‘lar;


          3. aholiga transfertlar;


          4. jismoniy va yuridik shaxslarga subvensiya va subsidiyalar;


          5. quyi byudjetlarga va davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga dotatsiya, subvensiya va subsidiyalar;


    425

          1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

          2. byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;


          3. byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;


          4. davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;


          5. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;


          6. o‘tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;


          7. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;


          8. Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda moliya yili mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;


          9. O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;


          10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.


          11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.





    Download 1.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   272




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling