Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
20.2. Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)
Davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat byudjeti jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda quyidagi masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi: • davlat byudjetining hajmi; navbatdagi (kelgusi) yil uchun soliq va pul-kredit siyosati; davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va davlat byudjeti defitsitini qoplash usullari; 462 davlat byudjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘z navbatida, mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol o‘ynab, u bu sohada quyidagi vakolatlarga egadir88: Davlat byudjeti hamda soliq va davlat byudjeti siyo-satining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini tayyorlaydi; davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalarini ko‘rib chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari prognozini har chorakda yetkazadi; davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi; davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va jamlanma xarajatlar smetalari, shtat jadvallarini, shuningdek‚ ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi; O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi; Moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqadi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek‚ davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi; byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi; Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi; davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi; davlat byudjeti ssudalarini beradi; davlat tomonidan mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi; davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi; davlat byudjeti tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi; davlat byudjeti tizimi byudjetlarining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini boshqaradi; dasturlariga muvofiq davlat byudjeti daromadlari va ularning umumiy hajmini aniqlash; maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha, shuningdek, byudjetda ko‘zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda davlat byudjeti xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash (o‘rnatish); iqtisodiyotdagi inflyatsion tendensiyalar va pul-kredit tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan moliyaviy baqarorlashtirishning umumiy dasturini davlat byudjeti bilan muvofiqlashtirish; iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan manbalar hisobidan davlat byudjeti defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish; muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish; iqtisodiy mintaqalar, xo‘jalik sohalari va byudjetlar o‘rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo‘li bilan turli darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga solishni amalga oshirish; keng ko‘lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va proporsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli byudjetni rejalashtirishning rolini oshirish; soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash; zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar. Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi: mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat organlari; ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat subyektlarining yuqori mansabdor shaxslari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish bilan shug‘ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar); 461
Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling