Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining klassifikatsiyasi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari


Download 1.86 Mb.
bet148/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining klassifikatsiyasi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini o‘zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko‘ra ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin:
1.Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi jamg‘armalar. Bularning tarkibiga Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va boshqalar kiradi;
2.Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg‘armalar. Bularning tarkibi Respublika Yo‘l jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019-yil 1- yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil
496
Yuqoridagilarni inobatga olib aytish mumkinki, davlat byudjetidan moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan xarajatlarning umumiy summasi moliya yili davomida qabul qilingan davlat byudjeti ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
Ba’zi hollarda davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati paydo bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritish bir davlat byudjeti mablag‘larini oluvchi uchun davlat byudjeti mablag‘larining kamaytirilishi boshqa davlat byudjeti mablag‘larini oluvchisi uchun davlat byudjeti mablag‘larining tegishli ravishda ko‘paytirilishini nazarda tutgan tartibda:
1) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining 10% ga qadari:
        1. davlat byudjetida ko‘rsatilgan davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;


        2. Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;


        3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno);


2) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining 10% dan ortig‘i:


        1. davlat byudjetida ko‘rsatib o‘tilgan davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan;


        2. Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;


        3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar uchun – tegishli moliya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.


Davlat byudjeti mablag‘ini oluvchining so‘roviga binoan moliya yili uchun unga nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar ayrim moddalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur mablag‘larni oluvchi uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy hajmi saqlab qolingan holda dastlabki hajmining 10% ga qadar kamaytirilishi mumkin. Bu holda byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar:


        1. Respublika byudjetidan ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lariga – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;


        2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lariga – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.


Davlat byudjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish alohida ahamiyatga ega. Shu sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari davlat byudjeti taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib ketishiga olib keladigan bo‘lsa, davlat byudjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat qilishga haqli emaslar. Shunga mos ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar bo‘yicha davlat byudjeti daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar bo‘yicha daromadlarni ko‘paytirish va (yoki) davlat byudjeti xarajatlarining tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak bo‘lgan moddalar nazarda tutilgan taqdirdagina, qabul qilinishi va amalga kiritilishi mumkin.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli davlat byudjeti xarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari ko‘payishiga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i jamg‘arma ichida, jamg‘armalararo va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari o‘rtasida ko‘p qirrali moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Amaliyotdagi bunday moliyaviy munosabatlar bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bo‘lishi mumkin.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling