Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Davlat byudjetini muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)


Download 1.86 Mb.
bet147/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

20.3. Davlat byudjetini muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini hamda soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qiladi.


Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo‘lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi.
Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus qo‘mitalar va komissiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Ular davlat byudjeti loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zarur hollarda o‘zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda davlat byudjetining loyihasiga xulosa beradilar.
Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul qilinganidan so‘ng, har ikki palata o‘rtasida davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lmasa, mamlakat parlamentining davlat byudjeti to‘g‘risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o‘rtasida davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan iborat bo‘lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak.
Parlamentda davlat byudjeti loyihasini muhokama etish (ko‘rib chiqish)da davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Davlat byudjeti tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan taqdim etilgan davlat byudjeti loyihasiga nisbatan o‘zgartirishlar kiritish huquqi nazarda tutiladi95.
Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi.
Davlat byudjetiga muvofiq:
        1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga doir qaroriga muvofiq, qaror qabul qilingandan so‘ng bir haftalik muddatda tegishincha


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qabul qilgan qarorlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘n ish kuni ichida:
        1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning cheklangan miqdorlarini;


        2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlariga umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalarning normativlarini. Umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratmalarning normativlari ayni shu soliqlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratmalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan normativlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadi;


        3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlarini;


        4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo‘yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi.


473
        1. turli maxsus jamg‘armalar ko‘magida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish.


Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bevosita davlat ixtiyorida bo‘lsa-da, alohida shaklda faoliyat yuritadi va davlat tomonidan moliyaviy resurslarini daf’atan olib qo‘yishga ruxsat berilmaydi. Ularning Davlat byudjeti va unga tenglashtirilgan jamg‘armalardan farqli tomoni shundaki, bu jamg‘armalarning moliyaviy resurslaridan foydalanish qat’iy maqsadli xususiyatga ega. Maqsadga erishgandan keyin daromad olish maqsadida boshqa tijorat obyektlariga muddatli investitsiya qilish ham mumkin.


Amaliyotda har bir Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasining moliyaviy manbalari har xil bo‘ladi. Lekin shartli ravishda ularning quyidagi guruhlardan tashkil topishi jahon tajribasida namoyon bo‘ladi:
        1. mos ravishdagi jamg‘armalar uchun davlat tomondan o‘rnatilgan maxsus maqsadli soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar;


        2. xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy-moliyaviy samarasidan ajratmalar;


        3. Davlat byudjeti mablag‘lari;


        4. jamg‘armalarni yuridik shaxs sifatida tijorat faoliyati (moliya bozori)dan olgan foydalari;


        5. tijorat banklarining kredit resurslari.





Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling