Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.86 Mb.
bet139/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
        1. Davlat byudjeti xarajatlarining mazmuni nimada va ular o‘zida qanday munosabatlarni ifodalaydi?


        2. Davlat byudjeti xarajatlari qanday xarakterli belgilarga ega?


        3. Davlat byudjeti xarajatlari aniq turlarining xilma-xilligi qanday omillar bilan izohlanadi?


        4. Davlat byudjeti xarajatlari qanday belgilarga ko‘ra tasniflanadi?


        5. O‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari qanday xarajatlarga bo‘linadi?


441
iqtisodiy siyosatning umumiy yo‘nalishlari muammolari bo‘yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. Masalan, AQShda Prezident Amerika xalqiga Byudjetnoma bilan murojaat qilib, unda moliya-pul siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi.


Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da quyidagi maqsadlar kun tartibiga qo‘yiladi:
        1. iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda byudjetning faol ta’sirchanligini ta’minlash;


        2. moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va ijtimoiy dastur-bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish;


        3. mablag‘larni sarflashda zaruriy proporsiyalar va ustuvorliklar o‘rnatish;


        4. davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib topish.


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini:


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti loyihasini tayyorlash uchun — davlat byudjeti mablag‘larini
taqsimlovchilarga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralardan Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo‘yicha takliflar so‘raydi.
Davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini olgandan so‘ng uch ish kuni ichida tegishli davlat byudjeti so‘rovlarini tuzish to‘g‘risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari qarorlar qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini:
464
yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
        1. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;


        2. vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda banklarning davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;


        3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromad qismining ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazadi;


        4. davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


        5. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.




Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining davlat byudjeti sohasidagi vakolatlari esa quyidagilardan iboratdir85:
        1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul qiladi;


        2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;


        3. mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.


        4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va joylardagi davlat hokimiyat organlari ham davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida bir necha vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vakolatlar xosdir86:


        1. tegishli davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;


        2. davlat byudjeti so‘rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;


        3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;


        4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi;


        5. Moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;


        6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar


Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;


        1. Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;


daromadlarni davlat byudjeti tizimining bo‘g‘inlari o‘rtasida


taqsimlash.
        1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari va kelgusi moliya yili uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari asosida tuziladi.


Davlat byudjetining loyihasini tuzish bo‘yicha ishlar yangi davlat byudjeti yilining boshlanishidan, masalan, GFR da – 6 oy, Yaponiyada – 8 oy, Fransiyada – 14 oy, AQShda – 18 oy, O‘zbekistonda – 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiya hokimiyat organlari, odatda, Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir87:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so‘ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini qabul qilish to‘g‘risida taklif kiritishga haqli.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasini tuzish99:
        1. davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini yuborishni;


        2. davlat byudjeti so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; • davlat byudjeti so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni;


        3. byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.


Ba’zi bir mamlakatlarda davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat ijroiya hokimiyati boshlig‘ining kelgusi yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-


463
        1. pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;


        2. davlat va mahalliy nazorat organlari;


        3. davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari; • davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar va boshqalar.


Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga rioya qilinadi:


        1. yagonalik;


        2. mustaqillik;


        3. balans usuli.


Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona davlat byudjeti klassifikatsiyasi, mamlakatning konsolidatsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo‘ladigan statistik va davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi.


Mustaqillik prinsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning har bir ishtirokchisi uchun mustaqil bo‘lish imkoni berilganligi bilan belgilanadi. Unga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning o‘z va tartibga soluvchi manbalari hamda ulardan foydalanishning yo‘nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga egadirlar.
Balans usuli prinsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlar o‘rnatishda gavdalanadi. Unga rioya qilinishi davlat byudjetining barqarorligini va xo‘jalik sohalari o‘rtasida mablag‘larni taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi kerak. Bu metodning muhim sharti davlat byudjeti xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishidir. Bu prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling