Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet152/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

muddatlarda;
        1. tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilganidan so‘ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etadi.


G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tegishli byudjetlarning kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni moliya organlariga taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari hisobot davri uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha:
        1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — u belgilagan




muddatlarda;
        1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilganidan so‘ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tuzadi.


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
        1. Davlat byudjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;


        2. Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni


hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha taqdim etadi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjelarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-apreligacha yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10- mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo‘mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan so‘ng tegishincha Qoraqalpog‘iston

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling