Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet180/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar majmui tushuniladi.
Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni yechish ko‘zda tutiladi:
        1. qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish;


        2. bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to‘lib ketishiga va ular kursining keskin tebranishiga yo‘l qo‘ymaslik;


        3. jalb qilingan mablag‘lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;


        4. kreditlarning o‘z vaqtida qaytrilishini ta’minlash;


        5. moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish.


Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi.


23.4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar
Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqningboshqa subyektlari oldida vujudga kelgan hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. O‘zbekiston
575
joylashtirish hamda eski qarzni qaytarib, investor o‘z yo‘qotmalarini kamaytirishi mumkin.
Qarzlarni qaytarishning ikki usuli bo‘lishi mumkin:
        1. bir vaqtning o‘zida;


        2. qismlarga bo‘lib.


Agar qarzlar qismlarga bo‘linib qaytarilayotgan bo‘lsa, qaytarish muddatlari bo‘yicha qarz summalarining taqsimlanishiga ko‘ra quyidagi uch variant bo‘lishi mumkin:


        1. aniqlangan davr, masalan, 4 yil ichida teng qismlarga bo‘lib qaytarish. Bu holda, masalan, qarzning summasi 10 mln. so‘m


bo‘lsa, har yili 2,5 mln. so‘mdan qaytariladi;


        1. oshib boriladigan qismlarda. Masalan, birinchi yil 1 mln. so‘m, ikkinchi yilda – 2 mln. so‘m, uchinchi yilda – 3 mln. so‘m va to‘rtinchi yilda – 4 mln. so‘m. Qarzdorning daromadlari yildan-yilga o‘sib (oshib) borayotgan paytda bu tizim juda qulay hisoblanadi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, ishbilarmonlik faolligining oshishi natijasida soliq tushumlari o‘sishi ko‘zda tutiladi yoki qurilishga qarz mablag‘lari jalb qilingan obyekt, sekin-astalik bilan o‘z quvvatiga ega bo‘la borib, yildan-yilga kattaroq summada foyda keltira boshlaydi;


        2. pasayib boradigan qismlarda. Masalan, birinchi yilda – 4 mln. so‘m, ikkinchi yilda – 3 mln. so‘m, uchinchi yilda – 2 mln. so‘m va h.k. Bunday tizim qarzdorning daromadlarini pasayishi yoki xarajatlarining ortishi kutilayotgan paytda afzalliklarga ega va ustuvor ahamiyat kasb etadi.





Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling