8. Qarz chiqarilgan paytda belgilangan (o‘rnatilgan) qarzni qaytarish muddatlariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha qarzdorning majburiyatlariga muvofiq:
Moliyaviy bozorda keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan paytda qarz majburiyatlarini muddatidan oldin qaytarish (uzish) masalasi alohida dolzarblik kasb etadi. Masalan, qarz oluvchi yillik qat’iy daromadli 12%li obligatsiyalar chiqargan va bir yildan so‘ng foiz stavkasi pasayib, 6%ga teng bo‘lgan bo‘lsin. Bunday vaziyatda qarzdor keskin yo‘qotishlarga, investor esa aksincha, katta yutuqlarga ega bo‘ladi. Agar obligatsiyalar muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega holda chiqarilgan bo‘lsa, yangi qarzni chiqarish va ularni
573
bir yildan o‘n yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq muddatlar uchun mablag‘larni jalb qilish, odatda, obligatsiyalar yordamida amalga oshiriladi.
5. Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab:
garovli;
garovsiz bo‘ladi
Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. Xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi. Garovsiz obligatsiyalarda aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning ta’minlanish asosi bo‘lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari, odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda yuqori bo‘lganligi uchun ular qo‘shimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi.
6. To‘lanadigan daromadning xarakteri bo‘yicha:
Yutuqli obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarning to‘lanishi lotareyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligatsiyalar katta talabga ega emas. Chunki investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar. Yutuq olishni istaganlar esa lotareya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarz majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo‘lib, ular bo‘yicha daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to‘rt marta to‘lanadi. Investorlarning ko‘pchiligi ana shunday qarz majburiyatlarini ma’qul ko‘rishadi.
Davlatning qisqa muddatli qarz instrumentlari kuponlarga ega emas. Ular nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal bo‘yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarz majburiyatlari ham kuponlarga ega bo‘lmasligi mumkin. Ular bo‘yicha barcha daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda to‘lanadi. Xuddi qisqa muddatli obligatsiyalar singari ular ham nominalidan chegirmalash orqali sotiladi va nominali bo‘yicha sotib olinadi. Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |