Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
(moliyaviy) munosabatlar majmui uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi (1)
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
(moliyaviy) munosabatlar majmui uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi (1).
Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umum e’tirof etilgan. Bu o‘rinda gap “uy xo‘jaliklari moliyasi” kategoriyasining sotsial-iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida ketayotir. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham berish mumkin: o‘zlarining ijtimoiyiqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xo‘jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag‘lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi (2)121. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida va o‘zlariga nisbatan tashqi bozor subyektlari bilan moliyaviy munosabatda bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga bo‘lish mumkin: ichki;
tashqi.
Individlar – uy xo‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida zaruriy pul fondlarini (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini, investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va h.k.) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi. Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy subyektlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari orqali namoyon bo‘ladi. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga iqtisodiy resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo‘jaliklari yaratilgan mahsulotning qiymatidan o‘z hissalarini oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o‘zining yana bir 670 rivojlantirishga hamda sug‘urta operatsiyalarini kengaytirishga sharoit yaratadi. Mutaxassislar sug‘urta bozorini tahlil qilib, uni bevosita sug‘urta bozori va qayta sug‘urta bozoriga ajratishadi. Bevosita sug‘urta bozori – bu sug‘urta tashkilotlari bilan ularning mijozlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Biroq, bitta sug‘urta tashkiloti har doim ham sug‘urtalanuvchiga ishonarli sug‘urta himoyasini ta’minlab bera olmaydi, ayniqsa agar gap sug‘urta qiymati va xavfi katta bo‘lgan obyektlar haqida ketganda. Shuning uchun ham sug‘urta tashkilotlari muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish, moliyaviy barqarorligini oshirish va zimmasiga olgan majburiyatlarni to‘liq bajarish uchun qayta sug‘urtalash bozori xizmatlariga murojaat etadi. Har bir sug‘urta tashkilotining mijozi shuni bilishi kerakki, uning oldida sug‘urta qoplamasini to‘lashda, u bilan shartnoma tuzgan sug‘urta tashkiloti javobgar bo‘ladi. Zero O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida ko‘rsatilgandek: “Qayta sug‘urtalashda sug‘urta tovoni yoki sug‘urta pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi”. Bundan ko‘rinib turibdiki, qayta sug‘urtalovchi sug‘urtalovchiga, faqat, ulushi miqdorida zararni qoplashga kafolat beradi va sug‘urtalanuvchi bilan munosabatda bo‘lmaydi. Ba’zan, sug‘urta tashkiloti reklama sifatida sug‘urta qildiruvchiga risklari mashhur va ishonchli qayta sug‘urta tashkilotlarida sug‘urtalashini ma’lum qiladi. Lekin, bu holat sug‘urta tashkilotiga sug‘urta qoplamasini to‘lab bera olmaganda, qayta sug‘urtalovchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoplamasini talab qilish huquqini bermaydi. Qayta sug‘urta operatsiyalari faoliyati faqat qayta sug‘urtalashga ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotlari yoki bevosita o‘rnatilgan talablarga javob beradigan sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotlari xizmatidan foydalanadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotlari tashkil etilmagan. Hozirda O‘zbekistonda qayta sug‘urtalash ishlari, bevosita, belgilangan tartibda sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qayta sug‘urta, so‘zsiz, sug‘urta tizimida muhim ahamiyatga ega. Sug‘urtalanuvchi nuqtayi nazaridan, sug‘urtalovchining qayta sug‘urtalashda ishtirok etishi yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etishga, zararlarni o‘z vaqtida va to‘liq qoplashga ko‘mak beradi. U sug‘urtalovchining ishonchlilik darajasini oshiradi va shu bilan birga mijoz bilan o‘zaro munosabatlarini samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Sug‘urta sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish va sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini o‘zaro kelishilgan holda boshqa sug‘urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish) mumkin. Qayta sug‘urta aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko‘rinishga ega. Bundan tashqari, qayta sug‘urta nisbiy va nonisbiy shaklda bo‘ladi. Ayrim holatlarda, qayta sug‘urta operatsiyalari qayta sug‘urta brokeri - ikkita tomon, ya’ni sug‘urta tashkiloti va qayta sug‘urta tashkiloti o‘rtasida vositachilik qiluvchi shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Qayta sug‘urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida uning yangi shakl va turlari paydo bo‘ldi. Eng qadimiy qayta sug‘urta shartnomasi shakllaridan biri fakultativ qayta sug‘urta shartnomasidir. Fakultativ qayta sug‘urtalashda sug‘urtalovchi riskni, xohlasa qayta sug‘urtalashga beradi, xohlasa o‘zida olib qoladi va mos ravishda qayta sug‘urtalovchi xohlasa riskni o‘ziga oladi, xohlasa olmaydi122. Obligatorli qayta sug‘urtalash bir martalik qayta sug‘urtalashdan farqli, unda tomonlarning munosabatlari mustahkamlanadi. Obligatorli qayta sug‘urtalashning asosiy jihati ekstsedent qayta sug‘urtalash va ulush hajmini aniqlash bilan bog‘liq. Obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomasiga asosan sug‘urta tashkiloti o‘ziga qabul qilgan riskni qayta sug‘urtalash shartnomasiga asosan qayta sug‘urta tashkilotiga berishi shart, o‘z navbatida qayta sug‘urtalovchi bu riskni qabul qilishi shart. Obligatorli qayta sug‘urtalashda sug‘urta tashkilotining sug‘urta mukofotlarini, sug‘urta tariflarini, sug‘urta hodisalarini oldini olish va sug‘urta qoplamalarini to‘lash huquqi o‘zida qoladi. Lekin, ularning hammasi sug‘urtalovchining va qayta sug‘urtalovchining manfaatlarini ko‘zda tutgan holda bo‘lishi kerak. ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda123. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan farq qilish lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xaraktyerga ega ekanligini qayd etib o‘tmoq kerak. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi bo‘la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin. Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘la olmaydi. Buning ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan shaxslar guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim: birgalikda (bir joyda) yashash; umumiy byudjetning mavjudligi; iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. Uy xo‘jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy 669 Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling