Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati nimadan iborat? Sug‘urta qanday pul munosabatlarining yig‘indisi hisoblanadi? 665
imtiyozli to‘lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joykommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to‘lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar;
sug‘urta qoplamalari – ko‘zda tutilmagan sabablar bo‘yicha sug‘urta hodisasi ro‘y bergandagi to‘lanmalar; moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko‘chib o‘tganlarga bir martalik to‘lanmalar va boshqalar. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra ijtimoiy to‘lanmalarning quyidagi ko‘rinishlari bor: barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar: respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va nogironlarini, jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-lari; mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan – mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qo‘shimchalar; byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining byudjetlaridan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan – mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiyalar; Ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k. korxonalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar – pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va boshqalar; kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar – oilaviy holatlarga ko‘ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar. Yaxlit olinganda uy xo‘jaliklari daromadlarining sotsial to‘lanmalar ko‘rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, boshqa sotsial va sug‘urta tushilmalarini o‘zida birlashtiradi. Sotsial to‘lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko‘ra uch ko‘rinishga ajratish mumkin: pul mablag‘lari bilan yordamlashuv; imtiyozlar; natural ko‘rinishdagi yordam. 688
nazorat;
tartibga solish; • rag‘batlantirish; ijtimoiy. Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular o‘zlarining namoyon bo‘lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin. Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini oxirgi bosqichgacha, ya’ni aniq individgacha yoki uy xo‘jaligining har bir a’zosigacha yetkazadi. Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari fondini shakllantirishni taqozo etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi. Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog‘at yoshiga yetmaganlar yoki yetgan bo‘lsa-da, turli sabablarga ko‘ra ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy xo‘jaliklarining hissasiga to‘g‘ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida u yoki bu nisbatlarda (proportsiyalarda) taqsimlanadi. Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib, har bir shaxsni (kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo‘lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir oqibatda, ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda taqsimlash funksiyasining ta’sir obyekti uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi. Taqsimlash jarayonining subyektlari sifatida esa uy xo‘jaliklarining barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli shakllarda, jumladan, investitsion-taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Uning bu (investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan xarakterlanadiki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslarni asosiy yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi bu funksiya bajarilishining moddiy asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik hollarda uy xo‘jaliklarining investitsion funksiyasi faqat kapitallashtiriladigan daromadlarning salmog‘i, ya’ni daromadning jamg‘arma sifatida foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq bunday yondashuv bir tomonlamalik xarakteriga ega. Haqiqatda esa, o‘z navbatida, iste’mol salmog‘ining oshishi ham iqtisodiyotga investitsiyalarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi va shuningdek, uy xo‘jaliklarining pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Bu yerda uy xo‘jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida rol o‘ynaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining o‘sishi jamiyatdagi takror ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaliklari a’zolarining turmush darajasi uning hissasiga to‘g‘ri kelayotgan daromadning miqdoriga to‘liq bog‘liqdir. Turli omillar ta’siri natijasida bu hajm ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. Shuning uchun ham iste’molning odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi ustidan nazorat qilishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuningdek, uy xo‘jaliklarining farovonligini qo‘llab-quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish uchun ular byudjetlarining holatlari, ularga tegishli bo‘lgan daromadlarning taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi ustidan nazorat ham obyektiv ravishda zarur. Ana shularda uy xo‘jaliklari moliyasining nazorat funksiyasi o‘zini namoyon etadi. Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish funksiyasining namoyon bo‘lishini quyidagi ikki nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiq: makroiqtisodiyot; mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiy yondashuv nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi, bir vaqtning o‘zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning obyekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib, davlat, eng avvalo: bozor munosabatlariga xos bo‘lgan daromadlarni differensiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini kamaytiradi; uchun MHTMM tegishli byudjetlar hisobidan, boshqa subyektlar uchun esa ularning o‘z manbalari hisobidan ta’minlanadi. Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga haq to‘lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog‘langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash jarayoni ustidan to‘liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo‘qligi va boshqalar) bog‘liqdir. Ijtimoiy to‘lanmalar (sotsial transfertlar) o‘zining ahamiyatiga ko‘ra uy xo‘jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va asoslar bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiya qilish) mumkin. Xususan, tasniflash me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o‘tish maqsadga muvofiqdir: iqtisodiy mazmuniga ko‘ra; • ijtimoiy to‘lanmalarning shakli bo‘yicha; moliyalashtirish manbalariga ko‘ra. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ijtimoiy to‘lanmalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: mehnat pensiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar - mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar; ijtimoiy xarakterdagi to‘lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola parvarishi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha); individual foydalanish xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar – sog‘liqni saqlash, maorif, boshqa notijorat tashkilotlar xizmatlarini to‘lash; cheklangan harakatga ega bo‘lgan to‘lanmalar – ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar. O‘zlarining shakli bo‘yicha ijtimoiy to‘lanmalar quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin: pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar; nafaqalar – kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa va boshqalar; stipendiyalar – oliy, o‘rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o‘quvchilariga, tayanch doktorant va doktorantlarga stipendiyalar; 687
va boshqalar.
Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy o‘rinni egallaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo‘lgan sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o‘rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bo‘ldi. Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning yetarli darajada samarali bo‘lmagan davlat siyosati, xufyona iqtisodiyot hajmining o‘sishi mehnatga haq to‘lashning yashirin, rasmiy ravishda hisobga olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi127. Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xo‘jaligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo‘yicha ish haqining tabaqalanishi128 o‘tkir muammoga aylangan. Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o‘rnatiladi va uni davlat mehnatga haq to‘lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar 686 aholi daromadlari manbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi (o‘zgarishidagi) tendentsiyalarni shakllantiradi; iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi; uy xo‘jaliklarining investitsion salohiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy yondashuv nuqtayi nazaridan esa uy xo‘jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o‘rtasidagi yetarli darajada murakkab bo‘lgan munosabatlar kompleksiga asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining xilma-xil darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy xo‘jaliklarining sog‘lom (normal) rivojlanishi sodir bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda “ularni tartibga solish” deyilganda, uy xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad bir qismining o‘zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyani – iqtisodiy birlik sifatida uy xo‘jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini – bajarishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli shakl va mazmunda o‘zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o‘z o‘sib boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o‘sib borishi obyektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan oshirishga intilish tufayli namoyon bo‘ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga asoslangan bo‘lmog‘i lozim. Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi aholi real daromadlarining o‘sishiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag‘batlantiruvchi moliya mexanizmini yaratish orqali amalga oshiriladi. Uy xo‘jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy jihatlari unga tegishli bo‘lgan yuqoridagi barcha funksiyalarning tahlilida kuzatiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy funksiyaning uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda, yetarli darajada asoslangan deb hisoblash mumkin. Chunki uy xo‘jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalari aholi va uning alohida guruhlari sotsialiqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shu ma’noda, uy xo‘jaliklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsimlashdagi bog‘liqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy indikatorlar (masalan, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keluvchi pul daromadlari, aholi daromadlarining differensiatsiyalanish (tabaqalanish) koeffitsiyenti, yashash minimumi, minimal ish haqi va boshqalar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat ijtimoiy siyosatining ishlab chiqilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatning farovonlik darajasini baholashga imkon beradi. Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uy xo‘jaliklaridagi moliyaviy munosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo‘lishi xilma-xilligining to‘liqligi va ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog‘liqdir. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling