Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet202/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

25.3. Uy xo‘jaliklari daromadlari
Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turli manbalardan tashkil topadi.
Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
        1. uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari;


        2. uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.


Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘zo‘zini ta’minlashga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:


        1. tomorqadan olingan mahsulotlar;


        2. uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan olingan natural to‘lovlar.


Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi sotsial transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtayi nazardan, bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo‘la olmaydi va ular pul mablag‘larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi.


Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarida natural daromadlarning salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, uning salmog‘i alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzalliklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan qayd etish joizki,
683
(parametrlardan) tashqari uy xo‘jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda sotsial va psixologik jihatlar muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi:
        1. davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo‘lgan ishonch darajasi;


        2. o‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti-harakat tajribasi va uning subyektiv bahosi;


        3. asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;


        4. qo‘yilmalarning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga egalik qilish.


Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklari moliyaviy xatti-harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari jamg‘arma strategiyalarining elementlari va turlarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Uy xo‘jaligining har qanday jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bo‘lgan uch komponetdan tarkib topadi:


        1. jamg‘arish me’yori, ya’ni uy xo‘jaligi jami daromadining jamg‘arishga yo‘naltiriladigan ulushi asosida jamg‘arishning amalga oshirilishi;


        2. risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish miqdorlarini hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;


        3. pul mablag‘larini joylashtirish muddatlari.


Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning kombinatsiya qilinishi uy xo‘jaligining jamg‘arish strategiyasini belgilab beradi. Uning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:


        1. “0”li strategiya – jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriladi;


        2. yuqori risk strategiyasi – qo‘yilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy aktivlarga yo‘naltiriladi;


        3. real strategiya – mablag‘lar past va bo‘lishi mumkin bo‘lgan riskli aktivlarga qo‘yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi.


Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug‘urta ishi va shu kabilarning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadlik darajasida bir-birlariga yaqinlashish tendensiyasi paydo


682
salohiyatini o‘rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xattiharakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir bo‘layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib boriladi.
Uy xo‘jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo‘lishidan qat’iynazar, baribir ularning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan quyidagi bloklarni qamrab oladi:
        1. uy xo‘jaligining daromadlarini shakllantirish;


        2. iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy xo‘jaligining iste’mol fondi);


        3. jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.


Yuqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar, ko‘rinib turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni qamrab oladi. Endi har bir blokka (yo‘nalishga) tegishli bo‘lgan uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.


Yakuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xo‘jaliklarida daromadlarni shakllantirish jarayoni129 prinsipial jihatdan muhim ahamiyatga ega. Daromadlar qancha ko‘p bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng bo‘ladi. Moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi davr daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham tegishli bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklarining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga nisbatan bo‘lgan mulkchilik daromadlarni funktsional (birlamchi) taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xo‘jaliklari moliyaviy salohiyatining o‘sishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bir vaqtning o‘zida daromadning funktsional taqsimlanishi yollanib mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining sotsial maqomi bir tarzda (bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni fuqarolar o‘rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi. Chunki zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyati sotsial maqomning aralashib (qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi. Unga ko‘ra, yollanma ishchilar qimmatli qog‘ozlarning turli ko‘rinishlarini egallab, kapitalning egasiga aylanishi, ko‘chmas mulkka ega bo‘lib, o‘zining biznesini tashkil qilishi mumkin. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
        1. mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul shaklida) imkoniyatining mavjudligiga;


        2. uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – uy xo‘jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi va h.k;


        3. uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson kapitalidan foydalanishga;


        4. uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga.


Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu yerda cheklanmalar sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlari majmuini belgilab beradi. Ana shu nuqtayi nazardan uy xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin:


        1. hayotiy minimum byudjeti; • minimal iste’mol byudjeti;


        2. optimal iste’mol byudjeti.


Hayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari to‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.


Minimal iste’mol byudjeti uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi doirasida inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga ajratish mumkin: • o‘rtacha darajadagi etarlilik byudjeti; • yuqori darajadagi etarlilik byudjeti.
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi va uning umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga etadigan bo‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo‘jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o‘zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot kechirishning moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z-o‘zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda-chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Daromadlarning o‘sishi bilan iste’molning hajmi oshadi va uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o‘sish sur’atlari daromadning o‘sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns130 tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo‘jaligi iste’mol fondi va jamg‘armalar yo‘nalishini optimallashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
        1. ega bo‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug‘urta rezervlari yaratishning zarurligi;


        2. uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlar darajasini oshirish uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi;


        3. pensiya rezervlarining lozimligi;


        4. uy xo‘jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi.


Daromadlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda umumiqtisodiy o‘lchamlardan


681
Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to‘lash (iste’mol xarajatlari) o‘z ichiga nimalarni oladi?
        1. Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi sifatida majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallarning o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi qanday omillar bilan bog‘langan?


        2. Davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi dorasida jismoniy shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar qanday muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi?


        3. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari qachon paydo bo‘ladi va uning asosida qanday ziddiyat yotadi?


        4. Jamg‘arma munosabatlari sohasida qanday ko‘p tomonlamali aloqalar, manfaatlar, maqsadlar vujudga keladi va qo‘shilib ketadi?


        5. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish nimalar bilan belgilanadi?


        6. Jamg‘armalar hajmining o‘zgarishiga qanday holatlar ta’sir ko‘rsatadi?


        7. Jamg‘armalarni qanday turli belgilarga ko‘ra tasniflash mumkin?


        8. Jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra jamg‘armalarni nimalarga ajratish mumkin?


        9. Sabablari nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining qanday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin?


        10. To‘plash shakllari bo‘yicha uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining qanday shakllari mavjud?


        11. Jamg‘armalarning bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari qanday turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin?


        12. Hozirgi paytda uy xo‘jaliklarida mablag‘larni jamg‘arish jarayonida ko‘zga tashlanayotgan ijobiy tendensiyalarni tushuntirib bering.


704
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng kamida quyidagi uch vazifaning yechilishini ko‘zda tutadi:


        1. imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o‘zgartirish (natural imtiyozlarni pul kompensatsiyalari bilan almashtirish) va byudjet resurslarining cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji bo‘lmagan ko‘plab imtiyozlarni bekor qilish;


        2. obyektiv ravishda muhtoj bo‘lgan, kasbiy me’zonlari va alohida xizmatlari belgilari bo‘yicha manzilli qo‘llab-quvvatlashga o‘tish;


        3. sotsial qo‘llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini qat’iy chegaralash.


Yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishi sotsial transfertlarni (to‘lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga o‘tishning samarali adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi.


Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbatdagi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy biznesni yuritish va uy xo‘jaligida to‘plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari doirasida vujudga keladi.
Keyingi yillarda uy xo‘jaliklarining daromadlari tarkibida mulkdan olinadigan daromadlarning salmog‘i oshib borayotir. Bunday daromadlar uy xo‘jaliklarining mulkida bo‘lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat. Bunda moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag‘larini bank omonatlariga, qimmatli qog‘ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan uy-joy binolari va yer uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari quyidagi ko‘rinishlarda amal qiladi:
        1. foizlar;


        2. dividendlar;


        3. rentalar.


Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bo‘lgan xususiy mulkchilikning rivojlanishi uy xo‘jaliklari daromadlarining umumiy summasida mulkdan olinadigan daromadlarning yanada o‘sishiga olib kelishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda daromadlarning tabaqalanishi juda ko‘p obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ularning eng asosiylari quyidagilardir:
        1. mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);


        2. oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, a’zolar soni, ijtimoiy maqomi, to‘plangan boyligi;


        3. inson kapitaliga qo‘yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati, ularning o‘sish salohiyati).


Farovonlikning umumiy darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos. Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishidagi notenglikni Jini koeffitsiyenti (daromadlarning kontsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol ko‘rsatadi. Uning umumiy ko‘tarilishi (yuqoriligi) jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bo‘linganligidan darak beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda barqaror ijobiy tendentsiyalarning shakllanishi, daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning samarali instrumentlari, kambag‘allikni ogohlantirish mexanizmlari uy xo‘jaliklarida ega bo‘lingan real pul daromadlarining o‘sishiga, daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling